9-Mavzu: Tafakkur va nutqning psixologik tasnifi. Reja: Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Tafakkurning mantiqiy shakllari va turlari


Download 105.5 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1359356
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 -Mavzu Tafakkur va nutqning psixologik talqini

TAFAKKUR OPERATSIYALARI
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi.Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-obyektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi.Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning obyekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlaydi.nTahlil obyektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlami amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalami yechadilar.
Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir.Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlami, narsalami bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.Taqqoslash narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqni, teng yoki

tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi.Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkuming asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo‘l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron-bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to‘g‘risida hech qanday fikr qila olmagan bo‘lar edik.Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalami bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlami va narsalami ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. Shuningdek, oquvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog‘ochga yoki qog‘ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, metr bilan masofani, tarozi bilan og‘irlikni, tennom etr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o‘lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalaming barchasini bevosita aks ettirish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to‘planadigan bilimlarning aksariyati qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan kuzatish evaziga emas,balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o‘rtasida o‘xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi.Demak, inson olayotgan keng ko‘lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o‘ylayotgan narsalami fikran solishtirib ko‘radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o‘z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish-turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o‘xshashlik va tafovut borligini topadilar.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling