9-Mavzu. Tashkilotda liderlik strategiyasini ishlab chiqish va tanlash. Reja
Strategiyani amalga oshirishda maqsadlar asosida boshqarish uslubi
Download 43 Kb.
|
LSB 4-mavzu
2. Strategiyani amalga oshirishda maqsadlar asosida boshqarish uslubi.
Strategiya amalga oshirishda maqsadlar asosida boshqarish (inglizcha - management by obgectives) uslubi ham keng tarqalgan. Ushbu uslub rejalarni bajarishda vazifalarni birlamchi qilib belgilaydi. Jumladan rejalashtirish va ularni nazorat qilish vazifalari inson resurslarini boshqarish bilan bir yo`la hal etishga harakat qiladi. Maqsadlar asosida boshqarish o`z navbatida: maqsadlarni ishlab chiqish, harakatlar rejasini tuzish, tekshirish va baholash, tuzatuvchi choralari kabi ketma - ketlikda amalga oshiriladi. Jumladanharakatlarrejasi 6 quyi bosqichga bo`linadi. Maqsadlarga amaliy erishish imkoniyatini baholash. Asosiy faoliyat uchun zaruriy bog`lanishlarni aniqlash. Har bir faoliyatni amalga oshirish uchun zaruriy bo`lgan rollar, munosabatlar va tayinli vakolatlarni belgilash. Har bir jarayon va quyi jarayon uchun kerakli vaqtni aniqlash. Har bir jarayon uchun zaruriy resurslarni aniqlash. Muddatlarni tekshirish va harakatlar rejasini tuzish. Maqsadlar asosida boshqarish uslubi o`zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega va u ko`proq boshqarish muammolari sifatida tahlil etiladi. Lekin, bevosita tanlash, amalga oshirish va nazorat qilish, qolaversa, uning samaradorligi, boshqaruv tizimining izchilligiga bog`liqdir. Shu sababli har bir belgilanayotgan strategiya boshqaruv sub`ektlari tomonidan tanlanishi va amalga oshirilishi oqibatida, ularga quyidagi tafovutlar mavjud bo`lishi tabiiydir. Jumladan, strategiyaga: Baho berishda; Qaror qabul qilishda; Obrazlarni turli tumanligida; Strategiyalarni amalga oshirishni qo`llab - quvvatlashda; strategik nazoratda va sifatda namoyon bo`ladi. Ushbu muammolar boshqarish muammolari sifatida qaralsa ham firma mavqeini, tarzini (imidjini) shakllanishida, raqobat kurashidagi tavakkalchilik siyosatida, firma xodimlarining o`zaro hamkorligida, rejalarning o`z vaqtida va samarali bajarilishida yaqqol namoyon bo`ladi. Demak, strategiya amalga oshirishda, uning samarali va izchil bajarilishida boshqarish tizimining xususiyatlari va erishgan salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling