9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 2-mavzu. Tovar siyosati. Reja
Download 47.41 Kb.
|
9.2-mavzu. Tovar siyosati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar
9-mavzu. Tovar va tovar siyosati (4 soat) 9.2-mavzu. Tovar siyosati. Reja: 9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir. 9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash. 9.3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari. 9.4. Yangi tovar ishlab chiqish. 9.5. Savdo markalarini boshqarish. Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Blis so‘rov”, “Aqliy xujum”, insert, diskussiya usullari, tarqatma materiallar, kompyuter texnologiyasi. 9-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Brennan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing Management. Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall, United States of America 2012 y. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b. Paramonova T.N. Marketing. Uchebnoe posobie. – M.: KNORUS, 2010.–190s. Solovev B.A., Meshkov A.A., Musatov B.V. Marketing. Uchebnik. – M.: INFRA-M, 2010.– 336 s. Keys stadi Siz qo‘l soatlari marketingi bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Bunda hal etilishi lozim bo‘lgan birinchi muammo bu – aynan qaysi soatlarga va qaysi xaridorlar toifasida talab yuqori bo‘ladi? Soatsozlik sanoatinig har bir mahsuloti o‘ziga xos tavsiflar to‘plamiga ega bo‘lib, ularni xaridor (iste’molchi) bu turdagi mahsulotlarga bo‘lgan o‘z talabidan, shuningdek, bunday mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha shaxsiy tajribasidan kelib chiqib baholaydi. Qo‘l soatlarining eng muhim tavsiflari quyidagilar: • soatni aniq ko‘rsatishi; • zarbaga chidamlilik; • chang va suv o‘tkazmaslik; • avtomatik quvvat olish; • signal qurilmasi; • boshqa qo‘shimcha qo‘rilma va funksiyalar; • dizayn; • bezak elementlari va xususiyatlari; • korpus shakli va hajmi; • vazni; • nufuzlilik. Qator tavsiflar bir nechta variantda bajarilishi mumkin: turli darajada batafsil axborot beruvchi kalendar mavjudligi; korpus shakli va hajmi; siferblat rangi va yorqinligi; raqamlar yoki ularning o‘rnidagi belgilar; qimmatbaho metall va toshlar borligi va vazni va h.k. Hattoki soatni ko‘rsatish aniqligi ham turlicha talab qilinishi mumkin. Iste’molchi uchun har bir tavsifning muhimligi quyidagi toifa va belgilar bilan baholanadi: «zarur» - 2; «maqsadga muvofiq» - 1; «farqi yo‘q» — 0. Download 47.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling