2. Firmaning tovar siyosati bu:
a) tovarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish bo‘yicha qarorlar majmui;
b) firma tuzadigan marketing harakatlari rejasi;
v) ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishga qaratilgan harakatlar;
g) tovarga bozorga kirib kelgan paytdan boshlab to u bozordan chiqib ketgunga qadar bo‘lgan vaqt.
3. Tovar raqobatbardoshligi quyidagilardan iborat:
a) arzon narx;
b) chiroyli o‘rov;
v) raqobat bozorida sotilgan bo‘lish qobiliyati;
g) tashqi bozorda sotilgan bo‘lish qobiliyati.
4. Bozor uchun yangilik tovar bu:
a) modifikatsiyalangan tovar;
b) yangi bozor uchun eski tovar;
v) pioner tovar;
g) tovar-lokomotiv.
5.Tovar o‘rovini sinab ko‘rish jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi:
a) funksional tavsiflarni baholash;
b) ranglar jilosini baholash;
v) mahsulot bilan taqqoslash;
g) assotsiativlik darajasi.
6. Korxona chiqarayotgan har bir tovar guruhida kamida 20 xil tovar turi bor. Gap nima haqida ketyapti:
a) assortiment kengligi;
b) assortiment chuqurligi;
v) assortiment to‘yinganligi;
g) assortiment uyg‘unligi.
7. Tovar sifatining qattiq va yumshoq ko‘rsatkichlarini baholashdagi farq shundan iboratki:
a) qattiq ko‘rsatkichlar texnologik va boshqa standartlar asosida miqdoriy baholanadi, yumshoq ko‘rsatkichlar – iste’molchilar yoki ekspertlar tomonidan baholanadi;
b) qattiq ko‘rsatkichlar o‘zgarmas sanaladi, chunki ular yagona standartlarga asoslanadi va o‘lchashga ehtiyoj sezmaydi;
v) qattiq ko‘rsatkichlar texnologiya bilan bog‘liq va tovar sifati tahliliga hech qanday aloqasi yo‘q;
g) qattiq ko‘rsatkichlar ekspertlar usuli bilan baholanadi, yumshoq usullar esa – qat’iy belgilanadi va bevosita o‘lchanadi.
8. Marka strategiyasiga quyidagilar kiradi:
a) marka chegaralarini kengaytirish;
b) boshqa segmentga o‘tish;
v) logotipni o‘zgartirish;
g) markaning bozor kuchini oshirish bo‘yicha kampaniya ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |