9 mavzu: Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari
Monoduragay chatishtirish. G.Mendel qonunlari
Download 76.01 Kb.
|
1 2
Bog'liq9 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Monoduragay chatishtirish. G.Mendel qonunlari.Mendel oʻz tajribalarida avval bir keyin ikki, uch va hokazo belgilar naslga oʻtishini alohida oʻrgandi. Mendel sariq donli ona oʻsimlik gulini kastrasiya qilib, yashil donli ota oʻsimlik changi bilan changlatadi. Olingan F1 birinchi avlod sariq donli bir xil ekanligini aniqladi. Bu hodisa ustun kelishlik (dominantlik) yoki birxillik qoidasi deb nomlanadi. Ustun kelgan belgilar - dominant belgilar, yengilgan (yoʻqolgan) belgilar resessiv belgilar deyiladi.
G.Mendel birinchi marta tajribani harflar bilan yozish usulini taklif qildi: tajribada ustun kelgan belgilar - A, yengilgan belgilar - a bilan yoziladi. Agar sariq va silliq donli noʻxot navlari oʻzaro chatishtirilsa, bu chatishtirish monogibrid deyiladi va quyidagicha yoziladi. Birinchi boʻg‘in duragaylari sariq boʻlib, yashil resessiv belgi esa rivojlanmaydi Mendel tajribasida olingan ikkinchi boʻg‘inda ham dominant ham resessiv belgiga ega boʻlgan oʻsimliklar 3:1 nisbatdan paydo boʻladi. Bu ajralish nisbati fenotip ajralish deyiladi. Demak birinchi boʻg‘in duragayidagi resessiv yashiringan yashil belgi yoʻq boʻlib ketmaydi, ikkinchi boʻg‘inda yana paydo boʻladi. Ikkinchi avlod duragaylarini genlar boʻyicha (genotip) taxlil qilinsa ular 3 xil 1AA : 2Aa : 1aa ekanligini koʻramiz, ya’ni genotip boʻyicha 1:2:1 nisbatda namoyon boʻladi. Biz ikkinchi boʻg‘inda duragaylarni tashqi koʻrinishi boʻyicha 3:1, irsiy imkoniyatlari boʻyicha esa 1:2:1 nisbatlarda ajralishni koʻrdik. Birinchi nisbat fenotipi, ya’ni tashqi koʻrinish boʻyicha, ikkinchi nisbat genotip, ya’ni irsiy qobilyati boʻyicha ajralishi deb ataladi.Organizmning barcha (ichki irsiy belgilar) genlar yig‘indisi gepotip deyiladi Genotipni tashqi muhim ta’sirida paydo boʻlgan belgilari fenotip deyiladi. Ular avloddan-avlodga jinsiy hujayralar orqali ota-ona xromosomalar orqali naslga oʻtar ekan. Belgilar namoyon boʻlishi shu xromosomalar orqali naslga oʻtgan DNK - uning ma’lum bir boʻlagi - genlar ta’sirida asta-sekin (belgilar) namoyon boʻladi. Demak har bir belgining rivojlanishi genlarga bog‘liq. Gomozigot organizmlar (AA va aa) turg‘un boʻlib kelgusi boʻg‘inda ajralish bermaydi, geterezigota (Aa) esa ajralish beradi. Gomologik xromosomaning ma’lum bir nuqtasida joylashgan juft genlar allel genlar deyiladi. Meyoz boʻlinish davrida jinsiy hujayralar yetilishida genlar har xil gametalarga tarqaladi. Nazorat savollari1.Turichida duragaylashda irsiyat qonunlarini aytib bering. 2.Monoduragay chatishtirish qanday olib boriladi. 3.Resiprok, takroriy va taxliliy chatishtirish qaytartibda olib boriladi. Download 76.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling