9 mavzu: Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari


Download 76.01 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi76.01 Kb.
#1201957
  1   2
Bog'liq
9 Mavzu

9 mavzu: Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari.


Monoduragay chatishtirish
Reja: 1.Turichida duragaylashda irsiyat qonunlari.

  1. Monoduragay chatishtirish. G.Mendel qonunlari.

  2. Resiprok, takroriy va taxliliy chatishtirish.





Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari.



  1. asr oxirlaridan boshlab zootexniklar va oʻsimlikshunoslar yangi zotlar va navlar yaratish maqsadida har xil oʻsimliklar va hayvonlarni

duragaylab ota-ona belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga oʻtish qonuniyatlarini oʻrgana boshladilar. Bu ishlar oʻz davrida genetika fanining rivojlanishi uchun asos boʻldi, lekin ular irsiyat qonunlarini toʻliq ochib beraolmadilar.
Irsiyatni oʻrganishning asosiy usulini 1865 yilda chex olimi G.Mendel ishlab chiqdi. U oʻzining noʻxot oʻsimligi ustida olib borgan tajribalarining natijasini 1866 yilda ―O’simlik duragaylari ustida tajribalar‖ nomli asarida e’lon qildi.
Bir biologik turga kiruvchi, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi formalarni chatishtirish tur ichida duragaylash deyiladi. G.Mendel ham noʻxat oʻsimligini (Risum Sativum) sariq va yashil donli navlarni chatishtirdi va olingan duragay avlodida shu belgilarni birinchi, ikkinchi va keyingi avlodlarda naslga oʻtishini kuzatib bordi. G.Mendel aniqlagan qonuniyatlar 1900 yilgacha olimlarga ma’lum boʻlmadi. Keyinchalik 1900 yilda De-Friz (Gollandiyada), K.Korrens (Germaniyada) va Chermak (Avstriyada) bir-biridan xabarsiz boshqa ekinlarda tajribalar oʻtkazib, Mendel aniqlagan xulosalarga keldilar. Shundan soʻng Mendelning ishlariga qiziqish ortib bordi va uning ochgan qonunlari fanda tan olindi. Mendel ishining muvoffaqiyatli chiqishiga sabab shunda ediki, uning ish uslubi boshqa olimlarning ishlaridan farq qiladi.
Noʻxot oʻsimligida olib borilgan tajribalarda Mendel qoʻllangan ish uslubi quyidagilardan iborat edi:

  1. Chatishtirish uchun olingan noʻxot navlari bir-birndan keskin farq qiluvchi belgilarga ega edi.

  2. Har bir oʻsimlikdan olingan avlodning yakka-yakka alohida ekib taxlil qilib oʻrganadi.

  3. Duragay oʻsimliklar avlodining belgilarini naslga oʻtishini miqdor jihatdan, bir-biridan farq qilishini hisoblab, ya’ni sanash yoʻli bilan kuzatib bordi.

Tajriba olib borishning bu usuli irsiyatning oʻrganishining yangi usuli edi. G.Mendel irsiyat qonunlarini oʻrganish uchun tajriba olib borgan noʻxot oʻsimligi oʻzidan changlanuvchi boʻlib, irsiy toza hisoblanadi va uning har xil navlari, su’niy yoʻl bilan oson chatishadi. Genetik taxlil oʻtkazishda, irsiy belgilarni nasldan-naslga oʻtishini oʻrganishda har xil jinsdagi ikki organizmni chatishtirish kerak.
Chatishtirishni yozish tartibi. Genetikada chatishtirishni ―x‖ koʻpaytirish belgigi bilan ifodalanadi. Chatishtirishni sxemasini yozishda doim birinchi oʻrinda ona, ikkinchi oʻringa ota belgisi yoziladi. Urg‘ochi jins -♀ (venera koʻzgugi), erkak jins - ♂ (marsning nayzasi va qalqon) belgisi bilan ifodalanadi. Chatishtirishga olingan ota-ona formalarni - R (lotincha - parentis - ota-ona soʻzining) harfi bilan ifodalanadi. Irsiyati har xil boʻlgan
organizmlar chatishtirib olingan avlod - duragay deyilib - F (lotincha filalis - bolalar soʻzining) bosh harfi, uning tagiga yoziladigan son duragay yoshini nechanchi boʻg‘in ekanligini koʻrsatadi. Chatishtirishga olingan organizmlar bir- biridan bir, ikki va uch juft belgilari bilan farq qilishi mumkin. Shunga koʻra duragaylash – monogibrid, digibrid va trigibrid chatishtirish deb nomlanadi.

    1. Download 76.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling