Бошланғич билимларга эгалик тамойили
Интерфаоллик тамойили
Устувор тамойиллар
2-rasm. Masofaviy ta’limining ustuvor tamoyillari.
Quyida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib beriladi.
1. Interfaollik tamoyili (u talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yuzaga keltiradi).
2. Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili (masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari, texnik vositalari – kompyuter, model, elektron doska va b. bilan ta’minlanishi, Internet aloqa tizimiga ulanishi, tizimda samarali ishlay olish malakalariga ega bo‘lishlar muhim).
3. Individuallik tamoyili (bu tamoyil real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazoratlari o‘tkazilishini, ularning natijalarini tahlili asosida individual o‘quv rejalari tuzilishini ifodalaydi).
4. Identifikasiyalash tamoyil (u masofaviy o‘qitish tizimida mustaqil ta’lim natijalarini nazorat qilish shakli bo‘lib, talabalarning BKM darajasini o‘rganishda bevosita muloqot videokonferensiyalaridan foydalanish, shu maqsadda samarali texnik vositalarni qo‘llashni nazarda tutadi).
5. Ta’limning aniq vaqtga asoslanishi tamoyili (unga ko‘ra o‘quv jadvali qat’iy rejalashtiriladi va rejalashtirilgan jadvalga qat’iy rioya qilinishi nazoratga olinadi).
6. Ta’limning oshkoraligi va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili (Hning yosh, ma’lumoti jihatidan turlicha bo‘lgan talabalar uchun qulayligini, o‘qitishning ochiq rejalashtirilishini; ta’lim vaqti, sur’ati va joyini erkin tanlash imkoniyati mavjudligini; o‘quv mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnasha olishini, izchilliq tizimliliq uzviylik nuqtai nazaridan o‘quv materiallarining muntazam o‘zgarib borishini ta’minlash imkoniyatiga egaligi tavsiflaydi).
7. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga egaligi tamoyili (unga ko‘ra H tizimini loyihalashtirish, yaratish va tashkil etishda mavjud texnik vositalarini maqsadga muvofiq qo‘llanilishi tahlil qilib borilishi hamda ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarning oldi olinishi lozim).
O‘quv yurtlarida Hning tashkil etilishi muayyan jarayon sifatida kechadi. Tabiiyki, har bir jarayon ma’lum bosqichlarda amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlar quyiagilardir: O‘quv muassasaslarida Hni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (3-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |