Ривожлантириш босқичи
Ўқув контентларини яратиш босқичи
Ишга тушириш босқичи
Жорий қилиш босқичи
Лойиҳалаштириш босқичи
Таҳлил босқичи
Амалга ошириш босқичлари
3-rasm. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.
Ayni o‘rinda Hni amalga oshirish bosqichlarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi.
1. Tahlil bosqichi (unda o‘quv muassasining Hni tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texniq dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).
2. Loyihalashtirish bosqichi (unda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriqlar loyihalashtiriladi).
3. Joriy qilish bosqichi (ushbu bosqichda H jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmua tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga muvofiq domen tanlanadi; H jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuadan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi xodimlarga ish o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi).
4. O‘quv kontentlarini yaratish bosqichi (unda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda Hning asosiy elementlaridan biri – o‘quv kontentlari yaratilib, ular ekspertlar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi).
5. Ishga tushirish bosqichi (unda H jarayoni ishga tushiriladi; o‘quv jarayoni doimiy nazoratga olinadi; tizim xavfsizligi monitoring qilib boriladi).
6. Rivojlantirish bosqichi (unda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |