9-mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar Reja


Download 317.04 Kb.
bet17/24
Sana18.02.2023
Hajmi317.04 Kb.
#1210230
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
9-мавзу

M
Маҳорат дарслари – очиқ ташкил этилиб, илғор педагогик тажрибаларни тарғиб этишга йўналтирилган самарали ўқитиш шакли


ahorat darslari.
Mahorat darslari zamonaviy ta’limning yana bir tobora ommalashayotgan shakli sanaladi.
Bu shakldagi o‘qitish bir martalik sanaladi.

Mahorat darslarini tashkil etishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega, shuningdeq samarali metodika yoki texnologiyaga ega innovator pedagoglarning kasbiy malakalari ochiq tarzda, interfaol muloqot asosida hamkasb pedagoglar hamda talabalarga namoyish etiladi. Malakali pedagoglar tomonidan mahorat darslarini tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:



  • muayyan muammo bo‘yicha tajribali, mahoratli pedagogning ish tajribasining ommalashtirilishi;

  • tajribali, mahoratli pedagog tomonidan izchil harakatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va izohli namoyish etish orqali pedagogik faoliyatda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish tartibining ko‘rsatilishi;

  • malakali, mahorali pedagogning metodik yondashuvlarini belgilangan muammoni hal etish usullari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;

  • mahoratli pedagog tomonidan o‘zining kasbiy malakalarining shogird (talaba)larga o‘rgatilishi;

  • talabalarning kasbiy takomillashuvlari uchun mahorali pedagog tomonidan yoram ko‘rsatilishi;

  • pedagog xodimlar o‘rtasida innovasion g‘oya, texnologiyalarni ommalashtirish;

  • mahorat darslari ishtirokchilari (talabalar)ning kasbiy kompetentliklarini oshirish;

  • mahorat darslarning har bir ishtirokchisida individual ijodiy pedagogik faoliyat uslubini shakllantirish.

Mahorat darslarini tashkil etish natijasi sifatida quyidagi mahsulotlar yaratilishi mumkin:
- pedagoglarning ijodiy ishlari mahsuli (dastur, metodik qo‘llanma); - mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar;
- pedagogik adabiyot va manbalar kartotekasi;
- ta’lim va tarbiyaning yangi shakllarini metodik jihatdan asoslash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni shakllantirish;
- malaka oshirish kurslari, seminarlar, praktikumlarning dasturlari;
- ijodiy va ommaviy xarakterdagi tadbirlar Nizomi va b13.


Download 317.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling