Mavzu: Ona tilidan tarqatma materiallar tayyorlash


Download 14.34 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi14.34 Kb.
#1138675
Bog'liq
3-Mavzu


Mavzu: Ona tilidan tarqatma materiallar tayyorlash.


O'rta ta’lim maktablarining 6-sinf “Ona tili”darslikligi mavzularini o’rganish uchun tarqatma materiallar tayyorlash
1.To‘g‘ri yozilgan so‘z va birikmalarni ko‘chiring.
maqtanchoqlik maxtanchoqlik
“G‘uncha” jurnali G‘uncha jurnali
shoyir shoir
xayol hayol
peshma pesh peshma-pesh
anglatsada anglatsa-da
savodim chiqqach savodim chiqgach
2.Hayotingizda bo‘lgan biror voqea asosida qiziqarli matn yozishga harakat qiling.
• Bu voqea qachon bo‘lgan?
• Voqea qanday sodir bo‘lgan?
• Hayotiy voqeadan chiqargan xulosangiz.
3.Berilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini yozing.
Kasal-
Amir-
Ranjimoq-
dam olmoq -
jazm qilmoq-
sog‘aymoq -
itoat-

4.Berilgan birikma tarkibidagi sifatlarni aniqlang. Ularga –roq qo‘shimchasi hamda juda, eng kabi so‘zlardan mosini qo‘shib, yozing.


-zaharli gaz
-issiq harorat
-nam havo
-xavfli qurg‘oqchilik
-sho‘r tuproq
-katta muzlik

5.Quyidagi so‘zlarning matn mazmuniga mos keluvchi izohlarini aniqlab, ularni daftaringizga ko‘chiring.



Ixtilof

aralashish, qo‘shilish, tartibsizlik

qarama-qarshilik, ziddiyat, kelishmovchilik

Migratsiya

aholining bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga ko‘chishi

xorijiy fuqarolarning ma’lum bir davlatga yashash uchun ko‘chib kelishi

Dinamika

jismlar mexanik harakatining ularga ta’sir qiladigan kuchlar bilan bog‘liqligini o‘rganuvchi bo‘lim

usti yopiq joyda hosil bo‘ladigan gazlarning ta’siri

, Issiqxona
gazlari

suv bug‘lari, karbonat angidrid, azot va metan gazlarining atmosferaga ta’siridan kelib chiquvchi muammo

muayyan harakat yoki voqea-hodisaning holati, o‘sishi, o‘zgarishi, rivojlanishi

Atmosfera

Yerni o‘rab turgan gazsimon qobiq

bosim o‘lchov birligi

Download 14.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling