Битирув малака ишининг ҳимояси
Лаборатория машғулоти (кўрсатмали тренинг)
Веб-конференция (онлайн-конференция)
Амалий машғулот
Семинар-маслаҳат
Гуруҳли ишлашга асосланган семинар
Мавзули семинар
Маъруза-тақдимот
Қайтар алоқага асосланган маъруза
Асосий шакллари
7-rasm. Vebinar mashg‘ulotlarning asosiy shakllari.
Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali ta’minlanadi. Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) o‘z manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni og‘zaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog o‘z kompyuterida o‘quv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko‘rib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg‘ulot o‘tayotgan virtual auditoriya to‘la ravishda pedagogga ko‘rinib turadi.
Ta’lim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qo‘yilgan maqsadan kelib chiqib belgilanadi. Vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- талабалар томонидан ўқув материалининг пухта ўзлаштирилишини таъминлаш;
- талабаларнинг мавжуд билимларини мустаҳкамлаш;
- жамоада ишлаш методларини ўзлаштириш;
- ўзаро тажриба алмашиш;
- касбий фаолият кўникма ва малакаларини ўзлаштириш;
- билиш фаолияти мустақил ташкил этишда йўл қўйилган камчиликларини тўғрилаш
Odatda vebinar mashg‘ulotlar talabalar tomoni o‘quv moduli, uning muayyan bo‘limi, mavzulari mustaqil o‘rganilgandan keyin tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarning an’anaviy darslardan farqi – ularda har bir talaba, tinglovchi o‘quv materialini muhokama qilish va muayyan ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin. Mashg‘ulotning muvaffaqiyati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkillashtirishiga, auditoriyaning faolligiga va mashg‘ulot shaklining maqsali tanlanganligiga bog‘liq. Vebinar mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni (8-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |