9-mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar Reja
Download 317.04 Kb.
|
9-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Таянч сўз ва иборалар
9-mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar Reja: 1. Хorijiy davlatlar ta’lim tizimi (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Angliya, Rossiya davlatlari misolida). Boloniya jarayoni. 2. Ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish va mustaqil ta’limini tashkil etish asosidagi innovasion ta’lim shakllari: modulli-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, Vebinar mashg‘ulotlar, “Assesment” texnologiyasi. Таянч сўз ва иборалар: texnologik yondashuv, tarbiya tizimi, ta’lim tizimi, modulli-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, Vebinar mashg‘ulotlar, “Assesment” texnologiyasi Modulli-kredit tizimi Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning yangidan yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib o‘tilganideq insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etniq diniy ziddiyatlarga barham berish va o‘zaro birliq hamkorliq hamjihatlikka erishishdir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yo‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Yevropa kengashining Yevropa madaniyati konvensiyasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa u jahonning ko‘plab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari faoliyatining o‘qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda1. Mazkur Konvensiya g‘oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda ko‘p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. Konvensiyani imzolovchi tomonlar o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan Yevropa hududida mavjud bo‘lgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini o‘rganish hamda o‘z hududida boshqalarga o‘z tili yoki boshqa tillarni o‘rgatish imkoniyatini yaratib berish2lari zarur edi.
Download 317.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling