7. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovasion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir oliy o‘quv yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarga telekommunikasiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televedeniye universiteti (China Central Radio and TV University)da Hning ushbu modelidan foydalaniladi.
8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, H kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan H kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach (tugatilgach) yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi).
Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ular (2-rasm):
Замонавий ахборот технологияларини қўллашнинг педагогик мақсадга эгалиги тамойили
Таълимнинг ошкоралиги ва ўзгарувчанлигини таъминлаш тамойили
Идентификациялаш тамойили
Таълимнинг аниқ вақтга асосланганлиги тамойили
Индивидуаллик тамойил
Do'stlaringiz bilan baham: |