9-mavzu. Xususiy mexanik tebranishlar tekshirish uchun savollar 1


Download 0.58 Mb.
bet11/37
Sana20.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#108128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
1-амалиё тартиб рақами бўйича


14. Moddiy nuqtaning tebranishlari y=0.2sinπ(t+1/3) ko'rinishga ega. Vaqt t=0.5 s ga teng bo'lganda tezlik va tezlanishni qiymati va amplituda, davri, boshlang'ich fazasi topilsin.

15. Moddiy nuqtaning tebranishlar tenglamasi y=0.1sin π(t+1/3) (kattaliklar SI sistemasida berilgan). Tebranishlarning amplitudasi, davri, boshlang'ich fazasi , tezlik va tezlanishning boshlang'ich momentdagi qiymatlari topilsin.

16.Boshlang'ich vaqtda garmonik tebranish qilayotgan nuqtaning siljishi maksimal qiymatga ega bo'ladi. Amplitudasi A=2 sm, chastotasi ν=3 s-1. Tebranishlar tenglamasi yozilsin. Tebranishlar boshlangandan keyin t=0.4 s bo'lganda nuqtaning tezligi qanday bo'ladi?

17.Massasi m=25 g bo'lgan moddiy nuqtaning tebranishlar tenglamasi x=0.05sin3πt (SI-sistemasida). Tebranishlar amplitudasi, davri va boshlang'ich fazasi topilsin. Siljish x=4 sm ga teng bo'lganda elastiklik kuchning qiymati topilsin.

18. Nuqtaning xarakat tenglamasi x=sint. Tezlik va tezlanish maksimal qiymatga erishgan vaqt momenti topilsin.

19. Nuqta garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Boshlang'ich fazasi no’lga, amplitudasi A=50 mm va davri T=2 s ga teng. Muvozanat xolatdan x=25 mm ga siljigandagi vaqtda nuqtaning tezligi topilsin.

20. Garmonik tebranishlarning boshlang'ich fazasi nolga teng. Muvozanat xolatdan boshlanganda siljish x1=2.4 sm bo’lganda tezlik v1=3 sm/s ga teng, siljish x2=2.8 sm bo'lganda esa tezlik v2=2 sm/s ga teng bo’lgan. Tebranishlar amplitudasi va davri topilsin.

21. Nuqta x=Acos(ωt+φ) qonuniga bo'ysingan xolda tebranma xarakat qilmoqda va bunda A=4 sm. Agarda x(0)=2 sm; vo=x’(0)>0 bo'lsa, boshlang'ich faza φ topilsin. t=0 xolat uchun vektor diagrammasi chizilsin.

22. Nuqta x=Acos(ωt+φ) qonuniga bo'ysingan xolda tebranma xarakat qilmoqda va bunda A=4 sm. Agarda x(0)= -2 sm va vo=x’(0)<0 bo'lsa, tebranishlarning boshlang'ich fazasi φ topilsin. t=0 xolat uchun vektor diagrammasi chizilsin.

23. Nuqta x=Acos(ωt+φ) qonuniga bo'ysingan xolda tebranma xarakat qilmoqda va bunda A=4 sm. Agarda x(0)=-2sm va vo=x’(0)>0 bo'lsa, tebranishlarning boshlang'ich fazasi topilsin. t=0 xolat uchun vektor diagrammasi chizilsin.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling