9-mavzu: yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik va informatsion asboblar


Elektr asboblarning ishlash prinsipi


Download 411.01 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi411.01 Kb.
#1158419
1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu

Elektr asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog‘liq bo‘lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o‘zgartirishga asoslangan. Bularga induktiv, sig‘imli, qarshilikli, pezoelektr va boshqa manometrlar kiradi.
Bosim o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit o‘lchamlari va massasi bo‘yicha ancha mukammal induktiv, sig‘imli, tenzorezistorli, pezoelektrik o‘zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo‘lishi o‘lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi.
Hozir mikroelementli texnikani keng joriy qilish hamda konstruktiv yyechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o‘lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o‘lchash o‘zgartkichlaridan (BO‘O‘) foydalanishdan to‘la voz kechish kerakligini anglatmaydi.




Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim ta’siridan o‘zgarishiga asoslangan.
3.11-rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana
1 o‘ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. O‘lchanayotgan bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr qarashiligini o‘zgartiradi. Agar g‘altakning aktiv qarshiligi, magnit oqimlari hisobga olinmasa va o‘zakda yo‘qotilsa, o‘zgartkich elementning L induktivligini quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlash mumkin.
L=W2µ0·S/δ (3.25)
bu yerda, W — g‘altak o‘ramlari soni, µ0 — .havoning magnit singdiruvchanligi, S — magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi, δ—havo
oraligining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o‘lchanayotgan bosimga mutanosibligini e’tiborga olib,
δ=K·P (3.26)
(3.26) tenglamani quyidagi ko‘rinishga keltiramiz:
L=W2·µ0·S/K·P (3.27)
(3.27) tenglama bosimni o‘lchash induktiv o‘zgartkichning statik harakteristikasini ifodalaydi.
L ni o‘lchash, odatda, o‘zgaruvchan tok ko‘priklari yoki rezonansli LC- konturlar tomonidan amalga oshiriladi. 0,5... 1,0 MPa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo‘lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashqil etadi. Induktiv bosim o‘zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5)%.

Download 411.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling