9-mavzu. Yuksаlish, rivоjlаnish va iqtisodiy siyosat Reja: Riv
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi
Download 42.09 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari tezlashishi alohida tashvishli holatdir.
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi sababli suv muammolari bilan bog’liq vaziyatning keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta’minlanganlik xususida O‘zbekiston eng noqulay tabiiy hududda joylashgan. Markaziy Osiyoda gidrografik suv manbalari ob’ektlarining notekis taqsimlangan. Sirdaryo daryosi xavzasi bo‘yicha ko‘p yillik o‘rtacha daryo oqimi yiliga 37,9 km~ tashkil etadi. shu bilan birga ko‘p yillar davomida o‘rtacha Qirg’izistonda yiliga 28,0 km3 (73,8 %), O‘zbekistonda - 5,59 km3(14,8 %) va Qozog’istonda - 4,08 km3(10,8) daryo resurslari shaklanadi. Amudaryo daryosi baseyni bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik resurslari 78 km dan ortikni tashkil etadi, ulardan 62,9 km (80 % dan ortig’i) Tojikiston hududida shakllanadi, O‘zbekistonda 4,7 km~ (6%) qismi shakllanadi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari tezlashishi alohida tashvishli holatdir.Bu fakatgina cho‘l hududining o‘sib borishidag’ina emas, balki biolog’ik mahsuldorlig’i o‘zgarish darajasida ham namoyon bo‘ladi. CHo‘lga aylanib borish er sathi biolog’ik mahsuldorligini kamayishiga olib keladi va uning oqibati -aholi uchun ekologik noqulayliklarning kelib chiqishiga, o‘simlik va hayvonlar dunyosi turlari nasli buzilishiga sabab bo‘ladi. Oxirgi yillarda Markaziy Osiyola yangi cho‘llar maydoni deyarli 100 ming km ga ortgan, ba’zi rayonlarning maxsuldorligi esa 50 % gacha qisqargan. Cho‘lga aylanib borish ma’lum darajada ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikka (chorvachilik mahsuldorligini kamayishiga va kasalliklar kelib chiqishining o‘sishiga) sabab bo‘ladi. Cho‘llashishning asosiy sababi-suvdan noto‘g’ri foydalanish va ma’lum darajada - iqlim o‘zgarishi sababli hududlar va akvatoriya suv rejimining o‘zgarishi hisoblanadi. Orol, Ustyurt tizimi, Qorakum va Qizilqum cho‘llarida, Tyan-shan va Pomir tog’ yon bag’irlarida ayniksa cho‘lga aylanish jarayonlari faoldir. Er resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan zararlanmoqda, shu jumladan suv erroziyasi - 2790 ming ga (sug’oriladigan -339 ming gektar), shamol erroziyasiga - 20478 ming ga (sug’oriladigan - 2262 ming gektar), 2005 ming ga (sug’oriladigan - 341 ming gektarda) bir vaqtning o‘zida ham suv, ham shamol erroziyasidan zararlanadi So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida mamlakatda ekologik vaziyatni, hamda xo‘jalik sub’ektlarini tekshirishni tartibga solish, sog’lomlashtirishga qaratilgan atrof-muhitni muhofazasi borasida qonunchilikka rioya qilish nazoratini ta’minlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lum ijobiy natijalarga erishildi. Olib borilgan faoliyat natijasida tabiiy muhitning ahvoli yaxshilandi, atmosferaga zararli tashlamalarni tashlash va ifloslangan oqava suvlarni tashlash qisqardi, chiqindilarni xom-ashyo sifatida ikkinchi bor ishlatish oshdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha kabaul kilingan atrof-muxitni muhofaza kilish xududiy Dasturi asosida uxoro viloyatida avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalarni kamaytirish maqsadida, qator transport vositalari gaz va dizel yoqilg’isiga o‘tkazildi. Toshkent viloyati Olmalik tog’-matallurgiya kombinatida ekologik toza KBP-2 (kislorod-barbotaj erituv) va SK-2 (oltingugurt kislotasi) majmuasi qurildi, “YAngi-Angren IES” da elektrfiltrlarni qayta jihozlash ishlari davom ettirildi. “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash hisobiga etilsiz benzin ishlab chiqarish xajmini yuqori foizga etkazish ishlari amalga oshirildi. Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan avtotransport korxonalaridagi ekologik holat ustidan davlat nazorati va avtotransport vositalaridagi ishlatilgan gazlarni toksiklik va tutunlikka tekshirish borasidagi qo‘mitaning muvofiqlashtiruv faoliyati yaxshilandi. Respublika bo‘yicha, tadbir davomida, ishlatilgan gazlar tarkibidagi zararli moddalarning miqdori belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgani aniqlandi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish ishlari yangi boskichga chiqdi. Buxoro viloyatida joylashgan “Jayron” ekologik parvarishxonasi maydoni qariyb 4,7 barobarga kengaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirish va ko‘mish joylari bo‘yicha davlat kadastrini aniq tahliliy materiallari asosida yuritish ishlari tashkil etildi. “2008-2015 yillarda Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimidan samarali foydalanish va uning ekologik holati barqarorligini ta’minlash harakatlar Dasturi”ning bajarilishi, o‘z amaliy natijasini berdi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga Ramsar Konventsiyasi doirasida Xalqaro muhofaza etiladigan ko‘llar maqomi berilib, mazkur qo‘llar tizimi Konventsiya Kotibiyati tomonidan 2008 yil 20 oktyabrda 1841-son bilan rasman ro‘yxatga olindi. 2008 yilda O‘zbekiston respublikasi va Birlashgan Arab Amirligi, Quvayt hukumatlari o‘rtasida, atrof-muxit muhofazasi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Mazkur memorandum doirasida Uzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yo‘rg’a-tuvaloqni sun’iy ko‘paytirish sharoitlarini yaratish, ularning genofondini saqlab qolish va turlarini ko‘paytirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Birlashgan Arab Amirliklarining tuvaloqlarini saqlash markazi bilan hamkorlikda Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlarida parvarishxonalar qurilishi yakuniga etkazildi, jo‘jalarni parvarishlashuchun to‘liq tarkibdagi horijiy jihozlik 14 ta konteynerlarning montaji yakunlandi (inkubatorlar, ozuqalarni tayyorlash uchun maxsus xonalar, veterinariya shifoxonalari, volerlar), tashqi elektr, suv, gaz va issiqlik ta’minoti tarmoklari qurildi. Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1.Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. 2. Qishloq, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. 3.Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to‘xtatish. 4. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta’minlagan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor. Download 42.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling