9-mavzu. Yuksаlish, rivоjlаnish va iqtisodiy siyosat Reja: Riv


O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning yo‘nalishlari


Download 42.09 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi42.09 Kb.
#1375560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu

17.3.O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi:
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar ifloslantirishni to‘xtatish, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug’orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish.
2. Qayta tiklanadigan zahiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta’minlagan hamda qayta tiklanmaydigan zahiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zahiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish, tog’-kon sanoatining chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli holga keltirish.
3. Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zahiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzda o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, erning namini qochirish, suvchi qarshi tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish).
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang’ich baza sifatida saqlab qolish.
5. shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish.
6. Ekologik muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish, xalqaro tuzilmalarning zahiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish1.
Ekologik muammolarni hal qilish ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida O‘zbekistonda siyosat ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo qududi xavfli tabiiy jarayonlar va qodisalar keng doirasida ichidadir. Ulardan eng katta xavf tug’diruvchilari zilzilalar, suv toshqinlari, sel oqimlari va er ko‘chishlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududining iqlimi va geologik xususiyatlari hamda xalk xo‘jalik sohalarining infrastrukturasi favqulodda holatlar yuzaga kelishi yuksak ehtimolliklariga (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi favqulodda holatlar baxtsiz hodisalar va falokatlar) sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining yarmidan ortiq hududlari seysmik faol zonalarda joylashgan, bu erlarda 7-ballik kuchga ega er silkinishlari sodir bo‘lishi mumkin. Sanoat potentsialining 87,5% ushbu hududlarda jamlangan. Lekin shu bilan birga oxirgi 15-20 yillar davomida nisbatan ssysmik osoyishtalik kuzatilmoqda, bu ortiqcha seysmik energiyaning to‘planishi bilan ifodalanadigan xavotirli belgi hisoblanadi.
CHorvoq, Andijon (O‘zbekiston), Toktogul (Qirg’iziston), Qayroqum, (Tojikiston), Kattaqo‘rg’on, Janubiy Surxondaryo suv omborlari to‘g’onlari zararlanishida ayniqsa xavotirli vaziyatlar yuzaga kelishi, bularning oqibatida respublika hududida suv bosish zonalari kelib chiqishi mumkin. Tojikiston tog’larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan Sarez ko‘li alohida xavfli hisoblanadi. Bu uyum to‘sig’ini yorib o‘tilgan holda Bartog’, Pyandj va Amudaryo daryolari vodiylarida halokatli toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.
Mamlakatimizning tog’ yon bag’ri xududlarining barchasi, Farg’ona vodiysi. Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sel xavfi kuchli rayonlar hisoblanadi. Qorlar eriy boshlaydigan, uzok vaqt davom etadigan yomg’irlar davri aprel - iyun oylarida sellar yuzaga kelishi faollashishi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari faoliyat yuritmoqda, xolos.

Download 42.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling