9-mavzu. Yuksаlish, rivоjlаnish va iqtisodiy siyosat Reja: Riv


O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g’risida”gi qonuning ahamiyati, davlatning ekologik siyosatini takomillashtirish yo‘llari


Download 42.09 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi42.09 Kb.
#1375560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu

17.4. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g’risida”gi qonuning ahamiyati, davlatning ekologik siyosatini takomillashtirish yo‘llari.
Davlatning ekologik siyosatining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirishda ekologik nazoratni tashkil etish bo‘yicha davlat vakolatli organlarining vazifalari O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g’risida”gi qonunida belgilab berilgan.O‘zbekistonda ekologik siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekologik nazoratning samarali tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
-atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
-mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
-yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
-atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g’risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
-tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.
Ekologik nazoratning asosiy printsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
-fuqarolarning hayoti va sog’lig’i uchun qulay atrof muhitni yaratish;
-ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
-ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ekologik nazorat ob’ektlari er, er osti boyliklari, suvlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar, atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog’lig’iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlikdan iboratdir.Ekologik nazorat sub’ektlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

  • maxsus vakolatli davlat organlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

  • nodavlat notijorat tashkilotlari;

  • fuqarolar.

Ekologik nazoratning turlari davlat ekologik nazorati; idoraviy ekologik nazorat;ishlab chiqarish ekologik nazorati;jamoatchilik ekologik nazoratidan iborat.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
-ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
-davlat ekologik dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
-davlat ekologik nazoratini, shuningdek atrof muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
-idoraviy, ishlab chiqarish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g’risidagi, ekologik xizmat haqidagi, shuningdek ekologik nazoratning jamoatchi inspektori to‘g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
-ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida;
O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suvi ta’minoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi — sanoat xavfsizligiga va radiatsiyaviy xavfsizlikka rioya etilishi, er qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyoni qayta ishlashda er qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan ta’minlash yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — avtomototransport vositalarining ishlatilishida atmosfera havosining ifloslanishi yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi — sun’iy suv ob’ektlarining suvidan foydalanilishi va iste’mol qilinishi, o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi — erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, erlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida kelgusidagi ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- tabiiy resurslardan. shu jumladan suv, er, mineral xom ashyo, biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish, respublikaning butun hududi bo‘yicha atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini sanitariya-gigiena normalarigacha pasaytirish;
- ekologik talofat zonasi Orolbo‘yida, shuningdek mamlakatning ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan boshqa hududlarida ekologik holatni mahalliylashtirish, kayta tiklash va sog’lomlashtirishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
- muhofaza etiladigan yangi tabiiy hududlarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;
- respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash;
- ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan kayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni joriy etish;
- ekologiya sohasida ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirish hamda fan va texnika yutuklaridan foydalanish;
- ekologik monitoring, prognoz va axborotlarning kompleks tizimini amalga oshirish;
- respublika hududlarini atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanishini nazorat qilish va undan muhofaza etishning yagona xizmatini shakllantirish;
- ekologik qonunchilik, ta’lim madaniyat va aholini ekologik ruhda tarbiyalash, shuningdek ekologik bilimlarni targ’ib qilish tizimlarini takomillashtirish;
- ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish.
Ekologik siyosatni yanada takomillashtirish uchun quyidagilani amalga oshirish lozim bo‘ladi:
1.Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzda o‘zgartirish.
2. Daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, erning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish lozim.
3. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang’ich baza sifatida saqlab qolish kerak.
4. shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur.
5.Ekologik naoratni amalga oshirishda keng jamoatchilikni jalb etish, bu borada nodavlat, notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini kuchaytirish.
6.Aholining ekologik madaniyatini oshirish, bu madaniyatni shakllantirish uchun ommaviy axborot organlarining faoliyatini rivojlantirish. Keng targ’ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Download 42.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling