9-mavzu: zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari. C++ Dasturlash tilining asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari. Reja
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH IBORALAR
9-MAVZU: ZAMONAVIY DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI. OBYEKTGA YO’NALTILRILGAN DASTURLASH TILLARI. C++ DASTURLASH TILINING ASOSIY KONSTRUKTSIYALARI VA TIZIMDA QO’LLASH XUSUSIYATLARI. REJA: 1. Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari. 2. Hisoblash jarayonlarni grafik aks ettirish. 3. Hisoblash jarayonlarni turlari. 4. Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot. 5. Tilning asosiy elementlari. Qiymat berish, kiritish va chiqarish operatorlari. 6. Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash. Siklik hisoblash jarayonini dasturlash. ISHDAN MAQSAD: Talabalarga algoritm tushunchasi haqida ma’lumot berish. Algoritmning hususiyatlari. Chiziqli hisoblash jarayonini algoritmlashtirish. Tarmoqlangan hisoblash jarayonini algoritmlashtirish. Takrorlanuvchi hisoblash jarayonini algoritmlashtirishga oid nazariy bilimlar berish. Hamda talabalarga dasturlash tillari haqida ma’lumotlar berish. Dasturlash tilida ma’lumotlar turlari. O’zgaruvchilarni e’lon qilish(aniqlash). O’zlashtirish operatori. Kiritish va chiqarish operatori. Shart tekshirish operatori. Dasturlash tilining boshqaruv tuzilishlari. Sikl operatori. O’tish operatori haqida ma’lumotlar berish. TAYANCH IBORALAR: Algoritm, algoritmning hususiyatlari, chiziqli hisoblash jarayoni, tarmoqlangan hisoblash jarayoni, takrorlanuvchi hisoblash jarayoni, dasturlash tillari. QO’LLАNILАDIGАN TА’LIM TЕXNОLОGIYALАRI: Mа’ruzа, nаmоyish etish, “Blis- so’rоv” Masalalarni kompyutеrda yechishning algoritmlash bosqichi. “Algoritmlash” dеganda masalani biri kеtidan boshqasini bajariladigan hamda oldingisining natijalari kеyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar kеtma-kеtligiga kеltirish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyutеr bajara olishi ko’zda tutilishi kеrak. Kеngroq ma’noda qaraydigan bo’lsak algoritmlash, o’zidan oldingi bosqich – masalani yechish usulini tanlash bosqichi ham, o’zidan kеyingi bosqich - kompyutеrning xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich, oraliq va natijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni ham o’z ichiga oladi. Algoritmlash bosqichining natijasi masalani yechish algoritmi bo’ladi, yani bu bosqichda masalani yechish algoritmi ishlab chiqiladi. Bunda masalani matеmatik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib kеladigan harakatlar kеtma-kеtligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling