Komponenta
Bo’lishi
shart yoki yo’q
Vazifasi
[*]
yo’q
Navbatdagi ko’rib chiqilayotgan
maydon qiymatini
o’zgaruvchiga
o’zlashtirmaslik
belgisi.
Kirish
oqimidagi
maydon
ko’rib
chiqiladi,
lekin
o’zgaruvchida saqlanmaydi.
[<
kenglik>]
yo’q
Maydon kengligining aniqlashtiruvchisi. O’qiladigan
belgilarning maksimal sonini aniqlaydi. Agar oqimda
to’ldiruvchi belgi yoki almashtirilmaydigan belgi
uchrasa funksiya nisbatan
kam sondagi belgilarni
o’qishi mumkin.
[F|N]
yo’q
O’zgaruvchi
ko’rsatkichining
(adresining)
modifikatori: F- far pointer; N - near pointer.
[h|1|L]
yo’q
Argument turining modifikatori.
bilan
aniqlangan o’zgaruvchining qisqa (short - h ) yoki
uzun (long -1,L) ko’rinishini aniqlaydi.
C++ tilida ifodalar
C++ tilida o’zgaruvchi qiymatini birga oshirish va kamaytirishning samarali usullari
avjud. Ular inkrement (++) va dekrement (--) unar amallarid ir. Inkrement va dekrement
amallarining prefiks va postfiks ko’rinishlari mavjud.
x = y++; // postfiks
x = --y; // prefiks
sanagich++; // unar amal, "++sanagich;" bilan ekvivalent
a--; // unar amal, "--a;" bilan ekvivalent
Quyida keltirilgan amallar bir xil vazifani bajaradi:
i++;
i = i + 1;
i--;
i = i - 1;
a += b;
a = a + b;
a -= b;
a = a - b;
a *= b - c; a = a * (b - c);
++i;
i++;
--c;
c--;
C++ da ifodalar quyidagi tartibda hisoblanadi:
1. Qavs ichidagi ifodalar hisoblanadi
2. Funksiyalar qiymati hisoblanadi. (sin(x), cos(x), sqrt(x) va xakazo)
3. Inkor amali ( ! - not )
4. Bo’lish, ko’paytirish kabi amallar (/,*, %, ...)
5. Qo’shish kabi amallar (+, -, or, xor )
6. Munosabat amallari (=, <>, <, >, <=, >= )
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Kompyuterga bog’liq tillar qanday tillarga ajiraladi?
2. Protseduraga mo’ljallangan tillar yana qanday nomlanadi?
3. FORTRAN tili qachon yaratilgan va vazifasi nimalardan iborat?
4.
Martin Richards tomonidan o`ylab topilgan tilni nomi nima va bu til qaysi tillarni
yaratilishiga asos bo’lgan?
5. Identifikator bu – .....?
6. Dasturlashda xizmatchi so’zlar deb nimaga aytiladi? C++ da xizmatchi so’zlarga misollar
keltiring.