9-mavzu: zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari. C++ Dasturlash tilining asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari. Reja
С ++ da chiziqli jarayonlarni dasturlash
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butun sonlar
- Haqiqiy sonlar
С ++ da chiziqli jarayonlarni dasturlash
Programmistlar doim programma ishlashi jarayonida xotiradan kamroq joy talab qilishligi haqida bosh qotirishadi. Bu muammolar programmadagi o’zgaruvchilar sonini kamaytirish, yoki o’zgaruvchilar saqlanadigan yacheyka hajmini kamaytirish orqali erishiladi. Biz butun va haqiqiy sonlarni e’lon qilishni bilamiz. Bulardan tashqari C++ da butun va haqiqiy sonlarni e’lon qilish uchun bir nechta toifalar mavjud. Ular bir - biridan kompyuter xotirasida qancha hajm egallashi va qabul qiluvchi qiymatlar oralig’i bilan farq qiladi. Butun sonlar Toifa ko’rinishi Qabul qiladigan qiymatlar oralig’i Kompyuter xotirasida egallagan hajmi unsigned short int 0..65535 2 bayt short int –32768..32767 2 bayt unsigned long int 0..42949667295 4 bayt long int –2147483648..2147483647 4 bayt int (16 razryadli) –32768..32767 2 bayt int (32 razryadli) –2147483648..2147483647 4 bayt unsigned int (16 razryadli) 0..65535 2 bayt unsigned int (32 razryadli) 0..42949667295 4 bayt Haqiqiy sonlar Toifa ko’rinishi Qabul qiladigan qiymatlar oralig’i Kompyuter xotirasida egallagan hajmi float 1.2YE–38..3.4YE38 4 bayt double 2.2YE–308..1.8YE308 8 bayt long double (32 razryadli) 3.4e-4932..-3.4e4932 10 bayt Boshqa toifalar bool true yoki false 1 bayt char 0..255 1 bayt void 2 yoki 4 Har xil toifadagi o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida turli hajmdagi baytlarni egallaydi. Xattoki bir toifadagi o’zgaruvchilar ham qaysi kompyuterda va qaysi operatsion sistemada ishlashiga qarab turli o’lchamdagi xotirani egallashi mumkin. C++ da ixtiyoriy toifadagi o’zgaruvchilarning o’lchamini sizeof funksiyasi orqali aniqlash mumkin. Bu funksiyani o’zgarmasga, biror toifaga va o’zaruvchiga qo’llash mumkin. O’zgaruvchilarning e’lon qilinishiga doir misollar: Int a=-5, A=15; float abs=36.7, d; double kasr_son; bool b,t; char BELGI=‘@’; Kompyuter uchun tuzilgan algoritm ijrochisi-bu kompyuterdir. Biror dasturlash tilida yozilgan algoritm kodlashtirilgan oddiy ko’rsatmalar ketma-ketliliga o’tadi va mashina tomonidan avtomatik ravishda bajariladi. Metodik nuqtai–nazardan qaraganda algoritmning birinchi ijrochisi sifatida o’quvchi (talaba) o’zini tanlashi mumkin. O’quvchi tomonidan biror masalani yechish algoritmi tuzilganda bu algoritmning to’g’ri natija berishini tekshirish juda muhimdir. Buning yagona usuli o’quvchi tomonidan algoritmni turli boshlang’ich berilganlarda qadamma - qadam bajartirib (ijro etib) ko’rishidir. Algoritmni bajarish natijasida xatolar aniqlanadi va bartaraf etiladi. Ikkinchi tomonidan, masalani yechishga qiynalayotgan o’quvchi uchun tayyor algoritmni bajarish – masalani yechish yo’llarini tushunishga xizmat qiladi. Algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: - chiziqli algoritmlar; - tarmoqlanuvchi algoritmlar; - takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar; - ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar; - rekurrent (rekursiv) algoritmlar; - takrorlanishlar soni oldindan noma’lum algoritmlar; - ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar. Algoritmda amallar bajarilish tartibi navbat bilan, ketma-ket tarzda amalga oshsa − bunday algoritmga chiziqli algoritm deyiladi. C++ tilida o’zgaruvchilarga qiymat berish yoki ifodalarni qiymatlash uchun “=” amalidan foydalaniladi. Uning sintaksisi quyidagicha: O’zgaruvchilarga klaviaturadan qiymat kiritish va natijani ekranga chiqarish uchun mos ravishda “iostream.h” kutubxonasida joylashgan “cin” va “cout” oqimli o’qish vayozish funksiyalaridan foydalaniladi. Ularning sintaksislari quyidagicha: cin>>o’zgaruvchi; cout< marta qo’llaniladi. Bulardan tashqari C++ tilida oqimdan formatli o’qish va yozishni amalga oshirishga mo’ljallangan funksiyalar ham mavjud. Quyida ular bilan tanishamiz. Bu funksiyalar − scanf() va printf()lar bo’lib, C tilidan vorislik bilan olingan. Ulardan foydalanish uchun «stdio.h» sarlavha faylini dasturga qo’shish kerak bo’ladi. Formatli o’qish funksiyasi scanf() quyidagi, int scanf (const char * prototipga ega. Formatlash satri − 1. To’ldiruvchi belgilar — bu ‘bo’sh joy’, ‘\t’,’\n’ belgilari. Bu belgilar formatlash satridan o’qiladi, lekin o’zgaruvchilarda saqlanmaydi. 2. To’ldiruvchi belgilardan farqli belgilar − bu ‘%’ belgisidan tashqari, qolgan barcha ASCII belgilari hisoblanadi. Bu belgilar ham formatlash satridan o’qiladi, lekin o’zgaruvchilarda saqlanmaydi. 3. Format aniqlashtiruvchilar − oqim maydonidagi belgilarni ko’rib chiqish, o’qish va adresi bilan berilgan o’zgaruvchilar turiga mos ravishda almashtirish jarayonini boshqaradi. Har bir format aniqlashtiruvchisiga bitta o’zgaruvchi adresi mos kelishi kerak. Agar format aniqlashtiruvchilari soni o’zgaruvchilardan ko’p bo’lsa, natija qanday bo’lishini oldindan aytib bo’lmaydi. Aks holda, ya’ni o’zgaruvchilar soni ko’p bo’lsa, ortiqcha o’zgaruvchilar inobatga olinmaydi. Format aniqlashtiruvchisi quyidagi ko’rinishga ega: %[*][ Format aniqlashtiruvchisi ‘%’ belgisidan boshlanadi va undan keyin jadvalda keltirilgan shart yoki shart bo’lmagan komponentalar keladi: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling