9-mavzu: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari Reja


Download 27.87 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2023
Hajmi27.87 Kb.
#1341487
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU. ZAMONAVIY DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI. OBYEKTGA YO’NALTILRILGAN DASTURLASH TILLARI - копия


9-mavzu: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Obyektga yo’naltilrilgan dasturlash tillari
Reja:

  1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari..

  2. Dasturlash tillari va tizimlari, ularning ishlatilishi va tasnifi.

  3. Dasturlash tillarining asosiy modullari. Dasturlash tizimlarining o’rni, vazifasi texnik masalalarini yechishda qo’llanishi. JavaScript, Java, Python, Ruby, PHP, C++, CSS, C#, Objective-C dasturlash tizimlarida dasturiy ilovalar yaratish uslublarini o’rnatish.



Tayanch so’zlar va iboralar: dasturlash tillari, quyi darajadagi DT, o’rta darajadagi DT, yuqori darajadagi DT, protseduraga mo’ljallangan DT, Paskal, Basic, C++, C#, Java, C .


Zamonaviy dasturlash texnologiyalari.

Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog’liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi.


Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari kompyuterga bog’liq va kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.
Kompyuterga bog’liq tillar, o’z navbatida kompyuter tillari va kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi. Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Kompyuter tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili ―eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
Kompyuterga bog’liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi: birinchisi protseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga – muammoga mo’ljallangan tillar.
Protseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan. Shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib ―algoritmik tillar" deb ataladi. Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va kompyuterning turiga deyarli bog’liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi kompyuter tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari ma`lum.
Masalan: FORTRAN tili 1954 -yili ishlab chiqilgan bo’lib, formula translator - formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muhandis - texnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling