9-modul. Gruntlar deformatsiyasi 17-mavzu. Gruntlar deformatsiyasi va poydevorlar cho‘kishini hisoblash


Download 168.93 Kb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi168.93 Kb.
#1203529
  1   2   3
Bog'liq
Ma ruza-17.docx filename=utf-8 Ma ruza-17


9-modul. GRUNTLAR DEFORMATSIYASI


17-mavzu. GRUNTLAR DEFORMATSIYASI VA POYDEVORLAR CHO‘KISHINI HISOBLASH

Ma’ruza rejasi:


17.1. Gruntlar deformatsiyalari. Deformatsiyalar turlari va sabablari


17.2. Turli omillarning deformatsiya miqdori va harakteriga ta’siri
17.3. Yaxlit yuk ta’sirida gruntning cho`kishi
17.4. Kompressiya sharoitida deformatsiya modulini aniqlash
17.5. Cho`kishni qatlamlab yig`ish usuli orqali aniqlash


Tayanch so`zlar va iboralar: elastik deformatsiya, qoldiq deformatsiya, gruntning zichlashishi, grunt zarrachalarining siljishi, gruntning vaqt oralig`ida deformatsiyalanishi, yaxlit yuk, kompression siqilishi, hajm birligi, deformatsiya moduli qatlamlab yig`ish.


17.1. Gruntlar deformatsiyalari. Deformatsiyalar turlari va sabablari
Gruntlar elastik va va plastik deformatsiyalanish xususiyatlariga ega.
Elastik deformatsiyalarning fizik sabablari:
- grunt mineral zarrachalarining elastikligi;
- suvning elastikligi;
- qamralgan havo pufakchalarining elastikligi.
Qoldiq deformatsiyalarning fizik sabablari:
- gruntning zichlashishi;
- grunt zarrachalarining siljishi;
- kontakt nuqtalarida zarrachalarning yemirilishi.

17.1-rasm. Kompression egri chiziq

Turli gruntlarning elastik va plastik deformatsiyalari orasidagi munosabat turlichadir.




17.2. Turli omillarning deformatsiya miqdori va harakteriga ta’siri
A) Yuklanish sharoitlari:
- uzluksiz ortib boruvchi yuklar ta'siri;
- davriy ta'sir etuvchi yuk.
Asos gruntiga ko`p karrali davriy yuk ta'sirida uning deformatsiyasi qandaydir chegaraviy qiymatga yaqinlashadi.

17.2-rasm. Uzluksiz ortib boruvchi yuklar ta'siri

Yuklanishlar soni qanchalik ko`p bo`lsa elastik deformatsiya namoyon bo`ladi, ya'ni grunt elastik-zichlangan holtga yotadi. Bu yo`l, ko`tarma va to`g`onlar qurilishida amaliy ahamiyatga ega.



17.3-rasm. Davriy ta'sir etuvchi yuk

B) gruntning vaqt oralig`ida deformatsiyalanishi



17.4-rasm. Gruntning vaqt oralig`ida deformatsiyalanishi

Asos zaminining zichlanishida poydevorning cho`kish tezligi grunt g`ovaklaridagi suvning siqib chiqarilish tezligiga bog`liq. Keyinchalik geologik haraktyerdagi cho`kishlar hosil boladi. Deformatsiya harakteri gruntning individual xususiyatlariga bog`liq.


C) Gruntlar deformatsiyasining poydevor o`lchamlariga bog`liqligi.

17.5-rasm. Gruntlar deformatsiyasining poydevor o`lchamlariga bog`liqligi

Gruntdagi faol siqiluvchi zona gruntning pastki zichroq qatlamlariga o`tib ketgani uchun, B > 7m (A > 50m2) bo`lganda, gruntning haqiqiy cho`kishi nazariydan kamroq bo`ladi (chuqurlik ortishi bilan gruntning deformatsiya moduli ortib boradi).



17.6-rasm. Deformatsiya modulining chuqurlik ortishiga bog`liqligi


B < 0,5m bo`lganda, deformatsiyalar juda katta bo1ladi (grunt siqib chiqarilishi mumkin yoki birinchi chegaraviy holatga tushishi mumkin).


B = 0,5 m bo`lganda, kam siqiluvchan qatlam bo`ladi (cho`kish kam).
B > 0,5 m bo`lganda, faol siqiluvchi zona ortadi va uning bilan birga deformatsiya ham ortadi.




    1. Download 168.93 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling