9 nazariy dars rejasi
KAVKAZORTI RESPUBLIKALARI MUSTAQILLIGINING TIKLANISHI VA RIVOJLANISHI
Download 76.25 Kb.
|
3-kurs 9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruziya Respublikasi
KAVKAZORTI RESPUBLIKALARI MUSTAQILLIGINING TIKLANISHI VA RIVOJLANISHI
80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Kavkazorti SSSRda milliy-ozodlik harakatlari faolligi bo‘yicha ikkinchi mintaqaga aylandi. Ular tanlagan yo‘l SSSRning boshqa respublikalari tanlagan yo‘llardan keskin farq qilardi. Bu respublikalarda yangi davlatchilikning shakllanishi va taraqqiyoti juda murakkab kechdi, uzoq muddatli va keskin to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Gruziya Respublikasi 1985-1989-yillar davomida gruzin madaniyati va mamlakat mustaqilli- gining tiklanishi uchun kurashuvchi yig‘inlar va namoyishlar o‘tkazgan yuzdan ortiq turli tashkilotlar va guruhlar paydo bo‘ldi. Tbilisi shahrida 1989-yil 9- aprelda bo‘lib o‘tgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilariga sovet qo‘shinlarining hujum qilishi oqibatida ko‘plab tinch aholining halok bo‘lishi butun mamlakatning g‘azabini qo‘zg‘atdi va junbushga keltirdi. yilning kuzida Milliy ozodlik qo‘mitasi tashkil qilindi. Kommunistik rahbariyatning obro‘si va ta’siri ildiziga bolta urildi. Sentabr oyida umumxalq so‘rovida fuqarolarning 89 foizi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. yil aprel oyidagi referendum natijalari asosida Oliy Kengash Gruziya mustaqilligini va 1921-yilgi konstitutsiyani qayta tikladi. May oyida umumxalq ovoz berish yo‘li bilan Gamsaxurdiya Gruziya Prezidenti etib saylandi. Mamlakatda sovetlar (kengashlar) va sobiq ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar bekor qilindi. Boshqaruv, xo‘jalikni liberallashtirish va demokratlashtirish boshlandi. Ammo hukumat va xalqning diqqat-e’tiborini bu o‘zgarishlar chog‘ida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar chalg‘itdi. 1990-1991-yillarda Gorbachyov tomonidan o‘tkazilgan tazyiqqa javoban Gamsaxurdiya SSSR bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu esa tang ahvoldagi iqtisodiy vaziyatni yana og‘irlashtirdi. Buyurtmalar, energiya manbalari va xomashyoning yo‘qligi ishlab chiqarishni falajlantirdi. Ilgarigi qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozoridan mahrum bo‘lish aholi turmush darajasini pasaytirib yubordi. Ittifoq maxsus xizmatlarining ko‘magi va yordamida Janubiy Osetiya va Abxaziya Avtonom Respublikalaridagi osetinlar va abxazlar 1989-yildan boshlab SSSR bilan aloqani uzishga qarshi kurash boshladi. Osetiyaliklar o‘z hududlarini avtonom respublika deb elon qilishgan bo‘lsa, abxaziyaliklar Abxaziya suverenitetini e’lon qilishdi. Bunga javoban Gruziya parlamenti Janubiy Osetiyani muxtoriyatdan mahrum qildi va u yerga ayirmachilar bilan jang qilish uchun gruzin qurolli kuchlarini jo‘natdi. Ko‘pchilik aholi yashash joylarini tark etdi. Keyinchalik Rossiya tinchlikparvar kuchlari yordamida urushlar to‘xtatildi, ammo bu muammoning siyosiy yechimi hozirgacha topilgani yo‘q. Gamsaxurdiya tarafdorlari bo‘lgan qurollangan guruhlar aholisining asosiy qismi gruzin bo‘lgan Abxaziyaga ham kiritildi. Ammo V. Ardzinba rahbarligidagi abxaziya separatistlariga sovet qo‘shinlari yordam berayotgan edi. Bu 1991-yil kuzida Gruziya hukumatini ular bilan kelishuvga majbur etdi. Unga ko‘ra, Abxaziya Oliy Kengashida aholining atigi 17 foizini tashkil etgan abxazlarga 28 o‘rin, 46 foiz aholini tashkil etgan gruzinlarga atigi 26 o‘rin, boshqa millat vakillariga esa jami 11 o‘rin nasib etdi. Bu fuqarolarning huquqi qaysi millatga mansubligiga ko‘ra belgilanishiga sabab bo‘ldi va Abxaziyada etnokratiya (alohida millat hukmronligi) o‘rnatilishiga olib keldi. Gamsaxurdiya xatolarining og‘ir oqibatlari mamlakat aholisi katta qismining noroziligiga sabab bo‘ldi. O‘z qurolli guruhlariga ega bo‘lgan muxolifatchilar hukumat harakatlarini puchga chiqarardi. 1991-yil 22-dekabrda esa ular Tbilisidagi hukumat binolariga hujum qilib, Gamsaxurdiyani Arma- nistonga qochishga majbur qildi. 1992-yil 2-yanvaridan boshlab Tbilisida hukumat Gamsaxurdiya raqiblari tomonidan tuzilgan Harbiy Sovet qo‘liga o‘tdi. Yangi hukumat Gamsaxurdiya konstitutsiyasini bekor qildi, parlamentni tarqatib yubordi va favqulodda holat joriy qildi. Yangi rahbariyat mamlakatni boshqarish uchun gruzinlar orasida mashhur bo‘lgan E. Shevardnadze nomzodini taklif qildi. Ular, ya’ni bir-biri bilan kelishmaslikka harakat qilayotgan kuchlar bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lishdi, ammo ularning barcha umidlari puchga chiqdi. Gamsaxurdiya- ning o‘zi Chechenistonga qochib ketdi va u yerda halok bo‘ldi. Shu bilan birga Demokratik ittifoq yordami bilan Shevardnadze 1992-yildayoq Harbiy Sovet o‘rniga Davlat Sovetini tuzdi, boshqaruv organlari, qurolli kuchlar, flot va chegara qo‘shinlarini tuzish ishlarini boshladi. Gruziya o‘zini zarur qurollar bilan ta’minlab turgan Rossiya bilan aloqani tikladi. Gruziya mustaqilligi o‘nlab mamlakatlar tomonidan e’tirof etildi. Mustahkamlanib olgan hukumat keng tus olgan fitnalarning va Shevardnadzedan no rozi bo‘lgan rahbarlarning isyonlarini bartaraf etdi. Gruziya davlatchiligini mustahkamlash maqsadida Shevardnadze va uning tarafdorlari 1995-yil yozida yangi konstitutsiyani qabul qildi. Noyabr oyida yangi parlament saylandi va unda Gruziya fuqarolar Ittifoqi, Tiklanish ittifoqi va Milliy-demokratik partiya ko‘pchilik o‘rinlarga ega bo‘lishdi. Prezident etib Shevardnadze saylandi. Raqiblarning fitna va suiqasdlariga va qiyinchiliklarga qaramasdan, hokimiyat kuchaya bordi va 2000-yilda Shevardnadze yana Prezident etib saylandi. Hokimiyatning mustahkamla- nishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga imkon berdi. 1998-yilga kelib davlat ixtiyoridagi mulkning 76 foizi, jumladan, barcha korxonalarning 90 foizi asosan menejerlar, hissador-investorlar va xususiy tadbirkorlar qo‘liga o‘tdi, yerlarning uchdan ikki qismi xususiy mulkka aylandi. Gruziya milliy valutasi — lori joriy qilindi. Ammo investitsiya va energiya manbalari tanqis edi, tashqi qarzlar ko‘payib bordi. Mamlakatda 1990-yilga nisbatan to‘rt baravar kam mahsulot ishlab chiqarildi. Xo‘jalikni oyoqqa turg‘azish nihoyatda qiyin kechdi. Aholi tur- mush darajasi pastligicha qoldi. Gruziyaning turli mintaqalaridagi taraqqiyot darajasining turlichaligi joylarda, ayniqsa, muxtor Adjariyada mahalliychilikni keltirib chiqardi. Abxaziyada separatistlar Gamsaxurdiya tarafdorlari mag‘lubiyatidan foydalanib, 1992-yilda Abxaziyani suveren davlat deb e’lon qilgan eski konstitutsiyani tikladi. Abxaziya tomonidan mustaqillik e’lon qilinishiga javoban Shevardnadze u yerga hali to‘liq shakllanmagan Gruziya qo‘shinlarini kiritdi. Ammo sal o‘tmasdan abxaz qurolli otryadlari Checheniston va boshqa ko‘ngilli qo‘shinlar yordamida yana hujumga o‘tdi. Rossiya harbiylarining norasmiy aralashuvi bilan ular 1992-yil kuzigacha Abxaziyadan gruzin qo‘shinlarini siqib chiqarib, Suxumi shahrini ishg‘ol qildi. Ammo dunyodagi birorta davlat Abxaziya mustaqilligini tan olgani yo‘q. yilning oktabrida Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarning soxtalashtirilganidan norozi bo‘lgan demokratik kuchlar — Mixail Saakashvili boshchiligidagi Milliy Birlik Harakati va Nino Bu- rjanadze boshchiligidagi Demokratik blok norozilik namoyishlarini boshladi. yilning 22-noyabrida oppozitsiya kuchlari parlament binosini egalladi va E. Shevardnadzening iste’foga ketishini talab qildi. 23-noyabrda prezident E. Shevardnadze bilan oppozitsiya liderlari o‘rtasida Rossiya tashqi ishlar vaziri T. Tvanov vositachiligida muzokara bo‘lib o‘tdi. Shundan keyin E. Shevardnadze o‘zining iste’foga chiqqanligini ma’lum qildi. Prezidentlik vazifasini vaqtincha Nino Burjanadze o‘z qo‘liga oldi. Shunday qilib, Gruziyada, hokimiyat almashuvi («atirgul inqilobi») qon to‘kishlarsiz g‘ala- ba qildi va 2004-yilning yanvar oyida prezidentlikka saylovlarda M. Saakashvili g‘alaba qildi. Gruziya hukumati AQSH va YET mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda. Gruziyaga xorijiy kredit va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ozarbayjon bilan birgalikda Trans- kavkaz neft quvuri loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu yo‘l bilan uning energiya manbalariga tanqisligini bartaraf etishga yordam berish kutilmoqda. O‘z xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Gruziya NATO bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Gruziya hozirgi paytda iqtisodi agrar-postindustrial yo‘nalishdagi mamlakatdir. Sanoat mustaqillik yillarida deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 90-yillarda deyarli barcha katta korxonalar yopildi. Bunga mamlakatdagi notinchlik ham sabab bo‘ldi. Hozir oziq-ovqat va energetika sanoati ishlab turibdi. Qishloq xo‘jaligida 40 foiz aholi shug‘ullanadi va lekin yetishtirilgan mahsulot YATM ning 17 foizini tashkil qiladi. Gruziya 2008-yil avgustda Janubiy Osetiyaga qarshi hujum qildi. Download 76.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling