9-sinf adabiyot 3-dars
Download 281.14 Kb. Pdf ko'rish
|
9-sinf adabiyot 3-dars copy
9-sinf adabiyot 3-dars 1. Adib ijodining dastlabki davrida - 21-22yoshida she’rlarini to'plab, devon tuzgan. U etnografik xarakterga ega bo'lgan ≪ To‘y tavsifi ≫ , ≪ Gap ta’rifida ≫ , ≪ Aza tavsifi ≫ asarlari muallifidir. Ushbu ma’lumot qaysi shoir haqida? A) Muhammad Rizo Ogahiy B) Zavqiy C) Zokirjon Furqat D) Muqimiy 2.Quyidagi qaysi she‟r Ogahiy qalamiga mansub? A) «Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji‟bandi B) «Surmadin ko„zlar qaro» g„azali C) «Manam sho„rida bulbul» muxammasi D) «Ajab ermas» muxammasi 3.Qaysi javobda Ogahiy asari ko„rsatilgan? A) «Munshaot» B) «Gulshani davlat» C) «Gap ta‟rifida» D) «Sab‟at-u abhor 4. Qaysi qatorda Ogahiyning tarixiy asarlari nomi berilgan? A) «Zubdat ut-tavorix», «Ta‟viz ul-oshiqin» B) «Shohidi iqbol», «Gulshani davlat» C) «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo» D) «Jome ul-voqeoti sultoniy», «Munshaot» 5. Qaysi javbobda Furqat haqida ma‟lumot berilgan? A) «Yoz fasli, yor vasli, do„stlarning suhbati», «Sendek menga bir yori vafodor topilmas» kabi g„azallarida shoirning hayotga qaynoq mehri aks ettirilgan. B) «Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo„lub boshingdin aylansun», «Mushkin qoshining hay‟ati ul chashmi jallod ustina», «Ey sho„x, ko„zi qoshinga olam gado, man ham gado» g„azallari muallifidir. C) Shoir «Ul sho„xki ochildi xat-u ruxsori» deb boshlanuvchi musoviyattarafayn shaklidagi she‟r muallifidir. D) Shoir muxammas janrida yozilgan «Manam sho„rida bulbul» she‟rida o„zini bo„stonidan adashgan sho„rida bulbulga o„xshatadi. 6. Adibning turli yillarda «Turkiston viloyati gazeti»ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. Ijodkorning «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan, adabiyotshu nos likda shartli ravishda «Sarguzashtnoma»deb ham nomlangan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Ushbu ma‟lumot qaysi ijodkor haqida? A) Muqimiy B) Furqat C) Zavqiy D) Mashrab 7. Bulbul o „qug„och yig'lab, subhidam xazon faslin, G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Baytda g „unchaning gul bo'lib ochilishi jarayoni o „ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko„klamning shundoq farahli ertasi(tongi) da bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo„ngan gulning g „unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g„uncha yozilib ketadi, ya‟ni ochiladi. Ushbu parchada qaysi ijodkor g„azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan? A) Muqimiy B) Furqat C) Ogahiy D) Mashrab 8.«Shoir she‟rda «Nihoni kuydirib hajr o„ti po„st-u ustuxon aylar», «Boshimda hushim yo„q», «Yetim qo„zi kabi nolonlig„im», «Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida» kabi misralar orqali holini sharh etadi. Maqta‟da o„z taxallusiga ham izoh berib o„tadi». Ushbu ma‟lumot qaysi she‟r haqida? A) «Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji‟bandi (Ogahiy) B) «Ajab ermas» muxammasi (Zavqiy) C) «Manam sho„rida bulbul» muxammasi (Furqat) D) «Sog„indim» g„azali (Uvaysiy) 9. Fasli navbahor o„ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdir, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo„ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog„di abri naysonlar. Tabiat lirikasining takrorlanmas •namunasi bo„lgan ushbu misralar muallifini aniqlang. A) Zavqiy B) Furqat C) Muqimiy D) Ogahiy 10. Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik, G„alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to„g „rida san nozik. Ushbu takrorlanmas misralar muallifini aniqlang. A) Muqimiy B) Furqat C) Ogahiy D) Bobur 11. Tabiat tasviriga bag„ishlangan ushbu g„azalda shoir tog'lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go„zalga o'xshatadi. Suvni «obi hay von» - tiriklik suviga o'xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik. edi. Ushbu ma‟lumot qaysi g„azal haqida? A) « 0 „rtar» radifli g„azal (Mashrab) B) «Mushkuldir» radifli g„azal (Bobur) C) «Surmadin ko„zlar qaro, qo„llar xinodin lolarang» g„azali (Furqat) D) « 0 „yla yetkurdi jahong„a ziynat-u oro bahor» g„azali (Ogahiy) 12. Bulbul o„qug„och yig'lab, subhidam xazon faslin, G„uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Baytda g„unchaning gul bo„lib ochilishi jarayoni o„ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko„klamning shundoq farahli ertasi (tongi) da bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo„ngan gulning g„unchasi ham qon yutib,yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g„uncha yozilib ketadi, ya‟ni ochiladi. Ushbu parchada qaysi ijodkor g„azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan? A) Muqimiy B) Mashrab C) Furqat D) Ogahiy 13. Ogahiy Nizomiyning qaysi asarini tarjima qilgan? A)”Mahzan ul-asror” B)”Haft paykar” C)”Hasht behisht” D)”Matla` ul-anvor” 14. Ogahiyning “Ta`viz ul-oshiqin” devoni haqidagi to`g`ri hukmlarni belgilang. 1)20 dan ortiq janrlarda she`rlar bor 2)1300 misra forscha she`r bor 3)20 ming misra she`rdan iborat 4)aksariyat she`rlar ishqiy mavzuda. A)1,2,3,4 B)1,2,3 C)1,2,4 D)1,3,4 15. Furqatning qaysi g`azali Fuzuliy g`azaliga nazira sifatida yaratilgan? A)”Nozik” B)”Fasli navbahor…” C)”Ul qaroko`z ko`zlariga” D)”Surmadin ko`zlar qaro” 16. “Tarab tiflin tug`urdi dahr zoli ,Anga bo`ldi magarkim doya Navro`z” . Baytda nechta tashxis qo`llangan A)2 B)3 C)4 D)1 17. “Janobi shohga keldim bu jihatdin , Ko`zimning yoshiga toya-toya navro`z “ Mazkur baytda Ogahiy qaysi san`atdan ustalik bilan foydalangan? A) tanosib B)mubolag`a C)ishtiqoq D)iyhom 18. Furqatning hayotida katta rol o‟ynagan shaxs kim? A) Muqimiy B) Mirzo Buxoriy C) Nikolay Ostroumov D) B. Qosimov 19. Furqatning qaysi she`rida tog‟ lolasi yomg‟ir suviga jom bo‟lgani qalamga olinadi? A) “Surmadin ko‟zlar qaro…” B) “Bir qamar siymoni ko‟rdim…” C) “Sayding qo‟yaber sayyod…” D) Sabog‟a xitob” 20. Furqatning qaysi sherida “Boshimda hushim yo‟q‟, “Biyobon gardiman bir Layli kabi Majnun yo‟lida”, “Yetim qo‟zi kabi nolonlig‟im” kabi hasb-u hollar berilgan? A) “Surmadin ko‟zlar qaro…” B) “Bir qadam siymoni ko‟rdim…” C) “Sayding qo‟yaber sayyod…” D) “Manam sho‟rida bulbul” 21. Furqatning o‟zi yozgan tarjimayi holi adabiyotshunoslikda yana qanday ataladi? A) Furqatnoma B) Sarguzashtnoma C) Faqirnoma D) A va B 22. Furqat qaysi she‟rida o‟zini ovlangan ohuga o‟xshatadi? A) “Sayding qo‟yaber sayyod” B) “Surmadin ko‟zlar qaro” C) “Bir qamar siymoni ko‟rdim” D) “Fasli navbahor o‟ldi” 23.Qaysi shoir o`z g`azallaridan birida qosh va ko`z ittifoq tuzib oshiqni qatl etish to`g`risida shafqatsiz hukm chiqardi kabi adabiyotda ajoyib topilma yaratgan? A)Furqat B)Ogahiy C)Mashrab D)Nodira 24. Kim o`z g`azallaridan birida bog`dorchilikda qo`llanadigan payvand usulini olib kirgan? A)Furqat B)Ogahiy C)Mashrab D)Nodira 25.Furqatning qaysi she‟rida san‟atkor do‟sti Sa‟dulloning nomini tilga oladi? A) “Fasli navbahor o‟ldi…” B) “Sabog‟a xitob” C) “Bir qamar siymoni ko‟rdim…” D) “Sayding qo‟yaber sayyod” 26. Furqat qaysi g‟azalida mashuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go‟zal inson bo‟lmish misrlik Yusufdan ham ustun qo‟yadi? A) “Nozik” radifli g‟azalida B) “Bir qamar siymoni siymoni ko‟rdim…” g‟azalida C) “Surmadin ko‟zlar qaro…” g‟azalida D) “Muncha zolim bo‟lmish ul xunrez qaro ko‟zlaring” g‟azalida 27. Furqat Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olganda necha yoshda edi? A) 7 B) 9 C) 11 D) 8 28.Ogahiy “Ustina”g`azalida qaysi payg`ambarning nomini tilga olib talmeh san`atini vujudga keltirgan? A)Xizr B)Muso C)Sulaymon D)Iso 29. Furqat qalamiga mansub muxammasni belgilang? A) “Bir kecha xotirim mushavvash edi” B) “Manam sho‟rida bulbul” C) “Hasrato kel-kel beri, ul sho‟xi jonondin gapur” D) “Fasli havbahor o‟ldi ketbon zimistonlar” 30. Furqatning ijodiy merosida necha ilmiy asar bor? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 31. Furqat “Sabog‟a xitob” she‟rida qayerdagi do‟stlarini eslaydi? A) Farg‟onadagi B) Yorkentdagi C) Qo‟qondagi D) Toshkentdagi 32.Furqatning qaysi g`azallarida yurt judoligi aks etgan? 1)Fig`onkim ul buti siymin zaqandin ayrilib qoldim 2)”Hasrato kel-kel beri ul sho`xi jonondin gapur” 3)”Bir qamar siymoni ko`rdim…” A)1,3 B)2,3 C)1,2 D)1,2,3 33.Qaysi ijodkor azadorlarning ko`k kiyim kiyishidan o`z g`azalida ijodiy foydalangan? A) “Nozik” radifli g‟azalida B) “Bir qamar siymoni siymoni ko‟rdim…” g‟azalida C) “Surmadin ko‟zlar qaro…” g‟azalida D) Fasli navbahor o`ldi ketibon zimistonlar… 34.Quyidagi qaysi ma`lumot Furqat lirikasi haqida? A)Ijodkor donolarning gu`ssa chekib ,nodonlarning shod yashashidan ozorlanadi B)Ijodkor harflardan so`z yasab uni mazmunga tatbiq qildi C)Ijodkor Boburga o`z g`azalini yuboradi va uning tahsiniga sazovor bo`ladi D)Ijodkorning “Maqsad ul atvor ”asari Jonibek Sultonga bag`ishlanadi 35.Quyida berilganlardan to`g`ri ma`lumotni aniqlang A)”Miftoh ul adl ”asari Jonibek Sultonga bag`ishlangan B)”Gulzor”asari Temur Sultonga bag`ishlangan C)”Maqsad ul atvor”asari Kistan Qora Odilga bag`ishlangan D)”Ta`viz ul oshiqin” Muhammad Rahimxon II taklifi bilan yaratilgan 36.XVI asrning mashhur shaxslaridan “Mahdumi a`zam” nomi bilan shuhrat qozongan shaxsni aniqlang A)Poshshoxo`ja B)Xojagi Kosoniy C)Muhammad RahimxonII D)Temur Sulton 37.Bahouddin Naqshband,Xoja Ahrori Valiy,Abdurahmon Jomiy qaysi tariqat vakili edilar? A)yassaviylik B)kubroviylik C)xojagon D)qalandarlik 38.Qaysi ijodkor hajning savobini sotib olmoqchi bo`lgan hukmdor haqida yozadi? A)Ogahiy B)Xoja C)Furqat D)Navoiy 39.Xojaning turkcha va forscha devon tartib bergani,bir g`azalini Zahriddin Boburga yuborgani va unga ma`qul bo`lgani,maqtaganini qaysi ijodkor o`z asarida qayt etgan? A)Jonibek Sulton B)Hasanxo`ja Nisoriy C)Nishotiy D)Xoja Ahrori Valiy 40.Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati aks etgan asari qaysi? A)”Ta`viz ul oshiqin” B)”Qasidayi nasihat” C) “Saodat ul iqbol” D)”Firdavs ul iqbol” Download 281.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling