9-SINF GEOGRAFIYA MAVZULASHGAN SAVOL-JAVOB (2019-yilgi darslik asosida).
(murojat uchun telegram manzil:
https://t.me/joinchat/ChWhERJ_vXPf1MtL_ACpEg
)
KIRISH.
1. 9-sinf Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiya darsligining mualliflari kimlar? J:
A.
Qayumov,
I.
Safarov, M. Tillaboyeva, V. Federko.
2.
Darslikning asosiy maqsadi nimadan iborat?
J: Jahon va uning yirik mamlakatlari iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasiga doir zamonaviy bilim berish, mustaqil bilim olishga va uni amaliyotda qo’llashga
o’rgatishdan iborat.
3. Darslik necha bo’limdan iborat? J: ikki bo’limdan “Jahonning umumiy tavsifi” va “Jahonning regional
tavsifi”.
4. Umumiy qismining asosiy vazifalari nimadan iborat?
J: Jahonning siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari,
aholisi va xo’jaligi haqidagi umumiy ilmiy tasavvurni shakillantirishdan iborat.
5. Darslikning deyarli 2/3 qismini egallagan regional qismida nimalar ochib berilgan?
J:
jahonning eng yirik mintaqalari – Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyaning siyosiy xaritasi,
tabiiy resurslari, aholisi va iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
6. Darslikni yozishda mualliflar qanday materiallardan foydalandilar?
J: Birlashgan Millatlar
Tashkiloti, Jahon Banki, xorijiy davlatlar statistik boshqarmalarining rasmiy ma’lumotlari, Rossiya
Federatsiyasi, AQSH, Yevropa mamlakatlarida nashr etilgan ma’lumotnomalar, statistik to‘plamlar,
geografik atlaslar va boshqa ilmiy-uslubiy materiallardan foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: