davlat maqomiga ega bo'ldi?
J: 1993-yilda
32. Okeaniyada nechanchi yilda Palau davlati AQSHning nazorati ostidagi hududdan mustaqil davlatga
aylandi?
J: 1994-yilda
33. Janubi-sharqiy Osiyoda 2002-yilda qaysi davlat mustaqil davlatlar qatorini to'ldirdi?
J: Sharqiy
Timor
34. Afrika qit'asida 2011-yil 9-iyulda referendum natijalariga ko'ra, Sudan tarkibidan qaysi davlat
ajralib chiqdi?
J: Janubiy Sudan.
2-MAVZU: MAMLAKATLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANGANLIGI BO‘YICHA
TASNIFI.
1. Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan biri nima? J: ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasidir
2. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligini baholash uchun bir qancha mezonlar qo'llaniladi.
Bu mezonlardan asosiylari qaysilar:
J:
- yalpi ichki mahsulot (YIM)ning umumiy va aholi jon boshiga nisbatan hajmi;
- milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi;
- eksportning tovar tarkibi hamda mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvi;
- turli ko'rsatkichlar bilan belgilanadigan aholining turmush darajasi.
3. Jahon mamlakatlari ushbu mezonlar asosida BMT tomonidan nechta ta yirik blokka bo'linadi? J: 3
ta yirik blokka. (rivojlangan, rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar).
4. Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda qaysi davlatlar kiritiladi? J: Yevropadagi ko'plab davlatlar
(Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy
Afrika Respublikasi kabi davlatlar kiritiladi.
5. Shu bilan birga oxirgi yillarda qaysi davlatlarham rivojlangan mamlakatlar sifatida e'tirof
etilmoqda? J: Koreya Respublikasi va Singapur
6. Rivojlangan mamlakatlar nimasi bilan ajralib turadi? J: YIMning aholi jon boshiga hajmi 25 000
AQSH dollaridan ortiqligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash sanoatning yuqori
darajada rivojlanganligi, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar yetakchilik qilishi, aholining salomatlik va
ma'lumotlilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi
7. Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |