9-sinf huquq fanidan olimpiada savollari I variant 2014-yil
|
1.Qonun ustuvorligi tamoyili va qonunlarning barcha uchun majburiyligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarida belgilangan?
a) 1,70-modda
b) 89,90-modda
c) 15,48-modda
d) 114,115-modda
2.Muayyan huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinuvchi munosabatlar kompleksi qanday ataladi?
a) huquq sohasi
b) deklaratsiya
c) yuridik aktlar
d) dispozitsiya
3. “Orangizda eng yaxshingiz, ota-onasiga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lganingizdir”, deb takidlaydi…
a) Farobiy
b) Ibn Sino
c) Ahmad Yugnakiy
d) Qur’on
4.Mulkiy munosabatlar va mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisi…
a) ma’muriy huquq
b) mulk huquqi
c) oila huquqi
d) fuqarolik huquqi
5.Quyidagi berilgan-“davlat funksiyasi”, — “siyosiy tartibot” — “jamiyat” tushunchalariga tartib bilan berilgan ta’riflarni joylashtiring
1.Uning ma’muriy hududiy tashkil etilishidir
2.Davlat fa’oliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro’yobga chiqariladi
3.Jamiyatni boshqarish xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi
4.Muayyan hududda yashovchi o’z ehtiyoji va manfaatlariga ko’ra birlashgan tarzda tashkil topgan jamoa
5.davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari
a) 2,5,4
b) 1.2.5
c) 2,1,3
d)5,3,4
6.Davlat organi…………
1.Qonun yo’li bilan taskil topgan vakolatli davlat idorasi
2.Jamiyatni boshqargan va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan yaxlit tizimi
3.Davlat mexanizmining tarkibiy qismi
4.Ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo’yicha zarur vakolatlarga ega idora yoki muassasa
5.Vakillik organlari, qonun chiqaruvchi, mahalliy hokimiyat
6.Ijro hokimiyati
7.Sud hokimiyati-konstitutsiyaviy sud
a) 1,2,3,4,5,6,7
b) 1,2,3,4,5
c) 1,2,3,6,7
d) 2,6,7
7. “Do’st-u dushmanligiga qaramay har joyda ham sipohiylarni hurmat qildim. Chunki ular boqiy mat obo;lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. O’zlarini ma’rakamaydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar” Ushbu jumlalar kimning qalamiga mansub?
a) Amir Temur “Temur tuzuklari”
b) Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”
c) Abu ali ibn Sino “Ishorat va tanbihat”
d) Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”
Do'stlaringiz bilan baham: |