9-sinf ona tili va adabiyot II chorak Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma gap qanday qo’shma gap hisoblanadi?


Download 16.08 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.08 Kb.
#224342
Bog'liq
2 5240474457536988086[1]


9-sinf ona tili va adabiyot II chorak

1. Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma gap qanday qo’shma gap hisoblanadi?

A. Bog'langan qo'shma gap C. Ergashgan qo'shma gap

B. Bog'lovchisiz qo'shma gap D. Murakkab qo'shma gaplar.

2. Shuning uchun, shu sababli vositalari ergashgan qo'shma gaplarning qaysi gapi tarkibida keladi?

A. Ergash gap tarkibida C. Muallif gapi tarkibida

B. Bosh gap tarkibida D. To'g'ri javob yo'q

3. Chunki, negaki, toki vositalari ergashgan qo’shma gapning qaysi gapi tarkibida keladi?

A. Ergash gapda C. Muallif gapida

B. Bosh gapda D. darak gapda

4. Bobur “Boburnoma”da qayerga to‘qqiz ariqdan suv kirishini va bittasini ham chiqib ketmasligini aytib o‘tadi? A) Farg‘ona tasviri B) Andijon tasviri C) Toshkent D) Xiva

5.O’zbek tili til oilalarining qaysi turiga mansub?

A. Xom-som C. Xitoy-tibet



B. Turkiy D. Hind-yevropa

6.Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni haqida qanday ta’rif keltiradi? A) “sehrli doston” B) “ishqiy doston” C) “shavq dostoni” D) “sevgi haqidagi doston”

7. Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok. . Ushbu misralar “Xamsa” ning qaysi qahramoni haqida? A) Farhod B) Shirin C) Xusrav D) Mehnbonu 8. Bobur “Boburnoma” asarida Andijon tasvirini keltirayotganda musiqa ilmida mashhur bo‘lgan kishi nomini keltirib o‘tadi. Ushbu zot nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Yusuf Xoja B) Xoja Ismoil Xartang C) Imom al-Buxoriy D) Ulug‘bek 9.Berilgan bog‘langan qo‘shma gaplardan qaysi birida qiyoslash va zidlash munosabati mavjud? A)Kishini tabiat vujudga keltiradi, uni jamiyat kamol toptiradi. B) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. C)Anor so‘zlar va Zaynab qalbi tol barg‘iday dir-dir qaltirardi. D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, axmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi.

10.Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, tog`rilik bo`lsa uni saodatga boshlaydi. Gap qo`shma gapning qaysi turiga kiradi? A)Bog`lovchisiz qo`shma gap B) Bog`langan qo`shma gap D) Ergashgan qo`shma gap E)Sodda qo`shma gap

11. Qo`shma gaplar tasnifi necha turli bo`ladi? 12. O‘zbek adabiyotida memuar asarlarning qanday turlari uchraydi? 13.Ergashtiruvchi bog’lovchilar qaysi qo’shma gap turini hosil qiladi? 14. Ergashgan qo'shma gap qolipini chizing.

15. Mazmuni izohlanayotgan gap___________.Mos atamani yozing.
Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling