9-sinf Ona tili
Download 141 Kb.
|
9 sinflar uchun qoshma gaplar mavzusi (1)
9-sinf Ona tili 1. Zidlik munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A) bog’lovchisiz va bog’langan qo`shma gaplar bilan B) bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan C) faqat zidlov bog’lovchisi bilan og’langan qo`shma gaplar bilan D) faqat bog’langan qo`shma gaplar bilan 2. Sabab munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A) bog’lovchisiz va bog’langan qo`shma gaplar bilan B) bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan C) faqat sabab bog’lovchisi bilan bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar bilan D) faqat sabab ergash gapli qo`shma gaplar bilan 3. SHart munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A) bog’lovchisiz va bog’langan qo`shma gaplar bilan B) bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan C) faqat shart ergash gapli qo`shma gaplar bilan D) faqat kesimi -sa shaklli ergash gapli qo`shma gaplar bilan 4. Payt munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A) bog’lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplar bilan B) bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan C) faqat payt ergash gapli qo`shma gaplar bilan D) kesimi payt ravishdoshi shaklini olgan ergash gapli qo`shma gaplar bilan 5. Quyidagi gapda na so`zi qanday gap bo`laklarini bog’lashga xizmat qilgan? Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. A) kesim B) ega C) to`ldiruvchi D) ega, to`ldiruvchi 6. Shunisi ma`lumki, u Gulnozaning fikriga qo`shilmaydi. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga mansub? A) kesim ergash gap B) ega ergash gap C) aniqlovchi ergash gap D) to`ldiruvchi ergash gap 7. Hosilimiz mo`l bo`lsa, uyimiz donga to`lsa, turmish bo`lar farovon. Berilgan gapdagi birinchi va ikkinchi gaplar qanday gaplar hisoblanadi? A) aniqlovchi ergash gap B) to`ldiruvchi ergash gap C) hol ergash gap D) bosh gap 8. Quyidagi qo`shma gap qismlari qanday munosabatni ifodalayapti? SHu payt boshimiz ustida chaqmoq yarq etdi va momaqaldiroq gumburladi. A) payt munosabatini B) qiyoslash munosabatini C) zidlik munosabatini D) birinchi gap mazmuni ikkinchi gap orqali izohlanmoqda 9. Qaysi qatorda sodda gap berilgan? A) YUrtim, dalalaring bebaho, tuprog’ing tabarruk. B) Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. C) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o`quvchilarning faoliyatiga ham zarar keltiradi. D) Yigit-qizlarimiz O`zbekistonning, insoniyatning bolasi bo`lsa, hamma faxrlanadi. 10. Qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) Bahrom kanizagiga ko`z tashlaydi, ammo uning hayratlanmaganligi Bahromni darg’azab etadi. B) Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib, Bahromni o`z oromgohiga taklif qiladi. C) Haqiqatan, bu kelajakka dadil intilayotgan qalbning o`z hayotidan mamnunligi, xolos. D) Har bir inson fikr yuritish qobiliyatiga ega. 11. Bosh gaplar qanday gaplar tarkibida mavjud bo`ladi? A) bog’langan qo`shma gaplarda B) ergashgan qo`shma gaplarda C) bog’lovchisiz qo`shma gaplarda D) bog’langan va bog’lovchisiz qo`shma gaplarda 12. Qaysi qatorda zidlov munosabatli bog’langan qo`shma gap mavjud? A) Ko`nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. B) Uying tor bo`lsa ham, ko`ngling keng bo`lsin. C) Agar har bir kishi bir donadan ko`chat o`tqazsa, diyorimiz bog’u bo`stonga aylanadi. D) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg’u unutilmaydi. 13. Ayiruv munosabatli bog’langan qo`shma gapni belgilang. A) Narsalarga qiziqishing yo`qolsa, xotirangdan ham ayrilasan. B) Bema`ni fikrlar har kimda ham bo`ladi, faqat aqlli kishigina uni ishlatmaydi. C) Ba`zan sho`x musiqa yangraydi, ba`zan zo`r qahqaha olamni buzadi. D) Go`zallik -- kishi uchun katta baxt, ammo mehnatsevarlik bebaho ziynatdir. 14. Berilgan gapning turini aniqlang. Botirlari kanal qazadi, shoirlari g’azal yozadi. A) shart ergash gapli qo`shma gap B) natija ergash gapli qo`shma gap C) yoyiq sodda gap D) bog’lovchisiz qo`shma gap 15. Qaysi qatorda bog’lovchisiz qo`shma gap berilgan? A) Mehnat qilmasang, rohat yo`q. B) CHang chiqsin uchun, derazalarni ochdi. C) Xizmatkor undan haq talab qilganda, u biror bahona topadi. D) Abror shoshilib arqonni otdi, arqon daraxtga ilinib qoldi. 16. Berilgan ergash gapli qo`shma gapning turini aniqlang. Do`l bir zumda shunday jadaliga oldiki, yer oppoq bo`ldi. A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap B) ega ergash gapli qo`shma gap C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap 17. Qaysi qatorda biriktiruv munosabatli bog’langan qo`shma gap mavjud? A) Mahkam salomlashib o`tib ketmoqchi bo`ldi, biroq Mirsaid to`xtatdi. B) Masofa yiroq, ko`ngil yaqin. C) Dunyoda biz bormiz - tinchlik buzilmas. D) Havo sovudi hamda erlar muzladi. 18. YOmg’ir tindi-yu, shamol to`xtamadi. Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to`g’ri? A) biriktiruv munosabatli bog’langan qo`shma gap B) ayiruv munosabatli bog’langan qo`shma gap C) zidlov munosabatli bog’langan qo`shma gap D) to`siqsiz ergash gapli qo`shma gap 19. Quyidagi gap tuzilishiga ko`ra qanday gap? Qor yog’di - don yog’di. A) o`xshatish ergash gapli qo`shma gap B) payt ergash gapli qo`shma gap C) murakkablashgan sodda gap D) bog’lovchisiz qo`shma gap 20. Inkor munosabatli bog’langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Albatta, hamma ham qahramon bo`lavermaydi. B) Yo uning tovushi chiqmaydi, yo odam yo`q. C) SHu kiyimlaridan na xotinini, na bolalarini foydalantirar edi. D) Bu erda na qurilish bor, na biror o`zgarish. 21. Suhbatning oqibati shu bo`ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Ushbu gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) ega ergash gapli qo`shma gap B) natija ergash gapli qo`shma gap C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) sabab ergash gapli qo`shma gap 22. Makrlar kitobin har kim qilsa fosh, uni olqishlaydi butun koinot. Ushbu gap \ A) shart ergash gapli qo`shma gap. B)hol ergash gapli qo`shma gap. C) ega ergash gapli qo`shma gap. D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap. 23. Tog’day og’ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb. Ushbu hol ergash gapning ma’no turini toping. A) payt ergash gap B) maqsad ergash gap C) sabab ergash gap D)daraja-miqdor ergash gap 24. Qaysi qatordagi qo`shma gap bog’lovchisiz bog’langan qo`shma gapga mansub emas? A) Yomon bo`lmoq o`zidan, silliq bo`lmoq so`zidan. B) Yaxshi ot qoladi, yomondan-dod. C) Saida chiqib ketmoqchi edi, Nosirov to`xtatdi. D) Barcha gaplar bog’lovchisiz bog’langan qo`shma gap hisoblanadi. 25 Ega ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1. Kim ko`p o`qisa, dunyoqarashi keng bo`ladi. 2. Kim alam chekmaydi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. 3. Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. 4. Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan. A) faqat 2 B) 2, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 26. Kesim ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1. Buning natijasi shu bo`ldiki, To`laganning qanshariga musht tushdi. 2. Donolarning o`giti shundayki, so`zning lazzati gapirishda emas, balki eshitishdadir. 3. Qizig’i shundaki, shu ko`rinishiga ovozi muloyim edi. 4. Umidim uldurkim, so`zim martabasi avjdan quyi inmagay. A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 27. Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1. Saxiylikni odat qilgan bo`lsa kim, Qo`lidan davlati ketmasin uning. 2. Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg’on gapirsa, qulog’i o`sib ketarmish. 3. Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. 4. Vaziyat shundayki, hamma og’irlik bizga tushgan. A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 28. -sa shart mayli qo`shimchasi yordamida bosh gapga bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan? 1. O`simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo`l hosil olasan. 2. Oqsoqol qaerda bo`lsa, o`sha joyda ish bir tartibda boradi. 3. Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. 4. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. A) 1 va 2 B) 3 va 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 29.Berilgan ko`chirma gapli qo`shma gaplarning qaysi birida ko`chirma gap qismi ergashgan qo`shma gap shaklida berilgan? A) "Kitob - bir bog’, yozuvlar esa uning gullaridir", - deb yozadi Qayum Nozimiy. B) "So`z san`atining qudrati shundaki, - deydi Asqad Muxtor, - u hayotda aynan bo`lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi". C) "Tilingni o`z ixtiyoringda asra, so`zingni ehtiyot bilan so`zla", - deydi Alisher Navoiy. D) "Biz yagona daraxtning butoqlaridek butun bo`lgan taqdirimizdagina kuch-qudrat kasb etamiz", - deydi O`zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdieva. 30. Saxiylikni odat qilgan bo`lsa kim, Qo`lidan davlati ketmasin uning. Ushbu qo`shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qilayotgan vositani ko`rsating. A) bog’lovchi vazifasidagi bo`lsa so`zi yordamida B) nisbiy so`zlar yordamida C) -sa shart mayli qo`shimchasi yordamida D) grammatik vositalarsiz, ohang yordamida 31. Qiyoslash-zidlash munosabatli bog’langan qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) Yigitning so`zi singuncha, ho`kizning shoxi sinsin. B) YAxshilik qilmoqlik ulug’ fazilatdir, buning qadriga etmaslik esa illatdir. C) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyindir. D) YAxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ qolar. 32. Bog’langan qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) Aql - eskirmas kiyim, bilim bo`lsa tuganmas buloqdir. B) Manzuraning yuziga dam issiq, dam oqshom shabadasi uriladi. C) Dugonalar ish bilan band bo`lishdi, suhbat negadir qovushmadi. D) Vali yana ertasiga saharlab uyg’onganda, Fulomjon hujrasida yo`q edi. 33. Qaysi qatordagi ergashgan qo`shma gap tarkibida bosh gap ergash gapdan oldin qo`llangan? A) Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. B) Men bilgan yovuz kishilar u erda bor, shuning uchun men bormayman. C) Olim bo`lsang, olam seniki. D) Qo`rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 34. Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. B) Shamol qay tarafga essa, maysalar ham o`sha tomonga egiladi. C) Misralarda so`zlar gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. D) Kimda aql oz bo`lsa, undagi shuhratparastlik shunchalar kuchayar. 35. Maqsad bog’lovchisi qo`llangan ergashgan qo`shma gapni toping. A) Odamlar yaxshi yashasin deb, mahallamizni obod qildik. B) Ona erimizni asrang, toki bu meros avlodlarga sog’-omon eta olsin. C) Hosil mo`l bo`lishi uchun, bahordan ter to`kdik. D) Ular mening aytganimni qilishadi. chunki men oilamizning kenjatoyiman. 36. Ergash gap bosh gapga deb so`zi yordamida birikkanda qanday qo`shma gap hosil bo`ladi? A) maqsad mazmunli ergash gapli qo`shma gap B) sabab mazmunli ergash gapli qo`shma gap C) hol ergash gapli qo`shma gap D) barcha javoblar to`g’ri 37. Ko`rsatish olmoshili ergashgan qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) SHuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko`ramiz. B) Kim harakat qilsa, u baraka topadi. C) Nima ro`zg’orga kerak bo`lsa, dadam o`shani bozordan keltiraverar edi. D) Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang, el seni shunchalik e`zozlaydi. 38. Qaysi qatorda ergashgan qo`shma gapning sodda gap bilan ma`nodoshligi noto`g’ri berilgan? A) SHuni bilingki, kengga keng dunyo, torga tor dunyo. - Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling. B) Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. - Mustaqil fikrlamagan odamning egilishi oson bo`ladi. C) Saxiylikni odat qilgan bo`lsa, qo`lidan davlati ketmasin uning. - Saxiylikni odat qilgan odamning qo`lidan davlati ketmasin. D) SHunday oilalar borki, tarbiyaga e`tibor berishmaydi. - Tarbiyaga e`tibor bermaydigan oilalar bor. 39. Qizig’i shundaki, shu ko`rinishiga ovozi muloyim edi. Ushbu gap \ A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap C) ega ergash gapli qo`shma gap D) kiritma gapli sodda gap 40. Nisbiy so`z yordamida birikkan ega ergash gapli qo`shma gapni toping. A) SHunisi qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. B) Kimki ilm urug’ini sepsa, u ulug’lik mevasini teradi. C) Bu savollardan ma`lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas. D) eng yaxshi yo`l shuki, yaxshi do`st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. 41. Kim nisbiy so`zi qaysi ergashgan qo`shma gap tarkibida qo`llanishi mumkin? A) ega ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) barcha javoblar to`g’ri 42.Qismlari o`rtasida zidlash munosabati bo`lmagan qo`shma gap qaysi javobda berilgan? A) YAxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. B) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. C) Jahl - dushman, aql esa do`stdir. D) egrilik insonni qabohatga etaklaydi, to`g’rilik bo`lsa insonni saodatga boshlaydi. 43. Odam borki, odamlarning naqshidir. (A.Navoiy) Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga kiradi? A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) shart ergash gapli qo`shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) o`xshatish ergash gapli qo`shma gap 44. Har kimning zari bo`lmasa-da, ammo hunari bo`lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo`lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i lozim. Berilgan gapda qanday bog’lovchi vositalardan foydalanilgan? A) ohang, fe`lning shart mayli shakli, bo`lsa bog’lovchisi, teng bog’lovchi, ko`makchili qurilma B) ohang, yuklama, bo`lsa bog’lovchisi, ko`makchili qurilma, teng bog’lovchi C) ohang, fe`lning shart mayli shakli, yuklama, ko`makchili qurilma, teng bog’lovchi D) yuklama, ohang, zidlov bog’lovchisi, ko`makchili qurilma, bo`lsa bog’lovchisi 45. Quyidagi maqol tobe (ergash) gapning qaysi turiga mansub? Qozonga nima tushgan bo`lsa, cho`michga ham o`sha chiqadi. A) Maqsad tobe gapli qo`shma gap B) Sabab tobe gapli qo`shma gap C) Hol tobe gapli qo`shma gap D) ega tobe gapli qo`shma gap 46.Ko`chirma gap o`zlashtirma gapga aylantirilganda ko`chirma gap egasi qanday bo`lak vazifasida keladi? A) ega B) to`ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) kesim 47. Qismlari o`rtasida qiyoslash va zidlash munosabati bo`lgan qo`shma gap qaysi javobda keltirilgan? A) Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman, agar o`g’il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. B) Aql ko`pga etkazadi, hunar bo`lsa insonni ko`kka ko`taradi. C) To`g’ri so`z tosh yoradi, egri so`z bosh yoradi. D) Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. 48.Eshik sekin-sekin ochildi-yu, Arslonbek Qalandarovning ozg’in yuzi ko`rindi. Ushbu gap bog’langan qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) biriktiruv munosabatli bog’langan qo`shma gap B) zidlov munosabatli bog’langan qo`shma gap C) ayiruv munosabatli bog’langan qo`shma gap D) inkor munosabatli bog’langan qo`shma gap 49. Ega tobe gapli qo`shma gapni ko`rsating. A) Daraxtni er ko`kartiradi, odamni el ko`kartiradi. B) Agar seni aldasa hayot, Sen noumid bo`lma hech qachon. C) Mirzakarimboy qishloqi jiyani bilan so`zlashishdan to`xtagan bo`lsa ham, fikri yigitni o`rganish bilan mashg’ul edi. D) Kimki birovlarga sitam qilaversa, o`zi ham uzoq yashamaydi. 50. To`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gapni toping. A) U tarixchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, tabiblar, binokorlarni o`z atrofiga yig’di. B) Yigitlar yuzlarini berkitsalar ham, qumlar yuzlariga qadalardi. C) Hayotxon bu gapni shunday g’amgin tovush bilan aytdiki, G’ulomjon beixtiyor to`xtadi. D) Bilib qo`yki, sening ulug’ noming bor. 51 Qo`shma gapning aniqlovchi tobe gapli turi qaysi qatorda mavjud? A) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo`lmaydi. B) Biz istaymiz: barcha ellar bir-biriga yana yaqinroq bo`lsin. C) Oq, pushti, sarg’ish, qip-qizil gullarga qarab, dilimiz yayraydi. D) U shunday odim tashlab ketdiki, natijada unga hech kim etolmadi. 52. Bog’langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Mashrab shuni yaxshi biladiki, o`rtog’i uni aldamaydi. B) YO erning kuchi yo`q, yo urug’ yaxshi emas. C) Kim ichkilikdan madad istasa, o`sha go`r atrofida bo`ladi. D) Bu uyda na Ashirdan, na Soatdan - hech kimdan darak yo`q. 54. Ega tobe gapli qo`shma gapni aniqlang. A) Bu bo`stonda do`stlar bermasa ko`mak, Nasib bo`lmas maqsad gulini termak. B) O`qish davrida Mavlonqulov qaerda bo`lsa, Mutalov ham shu erda bo`lar edi. C) Tanlov katta bo`lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan. D) Kim mehnat qilsa, u rohat ko`radi. 55. Kesim tobe gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Maslahatim shuki, hammangiz ahil bo`ling. B) el senga etsa nadomat, dunyoda turolmassan salomat. C) Gulgun uyg’onmasin deb, Qorajon eshikni sekin ochdi. D) Barglar shu qadar beg’ubor, tiniq ediki, go`yo hozirgina yomg’ir yuvib o`tganday. 56. Bosh gapda qo`llanmagan to`ldiruvchini izohlab kelgan to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapni toping. A) SHuni bilingki, moshkichirining yaxshisi palovdan a`lo! B) Kun issiq edi, shuning uchun cho`milgani ketishdi. C) Gap shundaki, butun qishloq qahramonni kutib olayotgani bilinsin. D) Abror bildiki, oson yo`l bilan maqsadga erishilmaydi. 57. SHart tobe gapli qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) U televizorni o`chirdi shekilli, sukunat cho`kdi. B) Daryo qirg’og’ida odam shunchalik ko`pki, oyoq bosishga yer topilmaydi. C) SHunisi yaxshiki, hech vaqt ayirmachalikka bormaydi. D) O`qituvchi ijodkor bo`lmasa, fanga qiziqmay qoladilar. 58. Zidlov munosabatli bog’langan qo`shma gapni toping. A) Ummatali Nafisani ko`pda ko`rmasa ham, haftada bir ko`rib turadi. B) Yo`l yurib charchagan Roziq ko`rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi. C) Voajab, fil’m namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi. D) U davra o`rtasiga o`tirdi-da, sekin so`zlay boshladi. 59. Berilgan gap tobe qo`shma gapning qaysi turiga kiradi? Taqdirimiz birdir, go`zalim, Gar o`rtada daryo bo`lsa ham. A) tobe gapli qo`shma gap emas B) egatobe gapli qo`shma gap C) zidlov bog’lovchili bog’langan qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 60. Ega tobe gapli qo`shma gapni toping. A) Inson nimagaki erisholmasa, o`sha aziz tuyuladi. B) Hayotdan aslo nolimang, chunki uning o`zi turli-tuman qarshiliklardan iborat. C) Qissadan hissa shuki, aqlli odam ehtiyotni qo`ldan bermaydi. D) Sevgi shunday navbahorki, U tikandin gul qilur \ 1. Kim birovga chuqur qazisa, unga o`zi tushadi. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga mansub? A) kesim ergash gap B) to`ldiruvchi ergash gap C) ega ergash gap D) aniqlovchi ergash gap 2 Kim sening kamchiliklaringni to`g’ri aytsa, u sening haqiqiy do`stingdir. Ushbu gap turiga ko`ra qanday gap? A) kesim ergash gap B) ega ergash gap C) to`ldiruvchi ergash gap D) aniqlovchi ergash gap 3. ega tobe (ergash) gapli qo`shma gapni toping. A) Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o`shanisi kuchliroq tovush beradi. B) YUtug’imiz shundaki, har bir xodim o`z vazifasini biladi va uni vijdonan bajaradi. C) Qalb salomat bo`lsa, aql ham, fikr ham salomat bo`ladi. D) Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi. 4. Biz istaymizki, kadrlarimiz rivojlangan davlatlarning mutaxassislaridan kam bo`lmasin. Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap C) hol tobe gapli qo`shma gap D) kesim tobe gapli qo`shma gap 5. Ayrim muammolar borki, ularni butun jahon xalqlari birgalashib hal qilishi kerak. Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap C) kesim tobe gapli qo`shma gap D) ega tobe gapli qo`shma gap 6. Kimda-kim uni ko`rishga jur`at qilar ekan, uning kallasini oldiraman. (Ertakdan) Berilgan qo`shma gapning turini aniqlang. A) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap B) hol tobe gapli qo`shma gap C) ega tobe gapli qo`shma gap D) kesim tobe gapli qo`shma gap 7. Aniqlovchi tobe (ergash) gapli qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) Bu shunday bir daraki, Rahimxon qirq ming askari bilan kelib yo`l topolmay ketgan. B) Buni esdan chiqarmang: shu ozod va obod Vatan barchamizniki. C) Har qancha uzr aytsam, iltimos qilsam ham, inobatga o`tmadi. D) Kelgusi taraqqiyot zamini shu -- hamma komp’yuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart. 8.Qaysi gapdagi so`roq olmoshi so`roq ma`nosini ifodalamaydi? A) Nima eksang, shuni o`rasan. B) Kim birovga choh qazisa, unga o`zi tushadi. C) Kimki ko`zi ojiz odamni qirq qadam etaklagan bo`lsa, uning jannatga kirishi aniqdir. D) Berilgan gaplarda so`roq ma`nosini ifodalamaydi. 59. Berilgan gap tobe qo`shma gapning qaysi turiga kiradi? Taqdirimiz birdir, go`zalim, Gar o`rtada daryo bo`lsa ham. A) tobe gapli qo`shma gap emas B) egatobe gapli qo`shma gap C) zidlov bog’lovchili bog’langan qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 10. Qaysi bog’lovchilar tobe gap tarkibida keladi? A) agar, bamisoli B) shuning uchun, zero C) natijada, -ki (-kim) D) shu sababli, oqibatda 11. Qaysi gapda tobe gap hokim gapdan oldin kelgan? A) Mingboshi yaxshi biladiki, Miryoqubdan boshqa chin ko`ngildan kuyadigan odam yo`q. B) Dangasaga mehnat yoqmaydi, shuning uchun u bahona izlaydi. C) Bu yil cho`llarda o`t mo`l, chunki yomg’ir ko`p yog’di. D) Dushman kuchsizlangan-u, lekin taslim bo`lgisi kelmasdi. 12. Botir fahmladiki, qushning bolalari har yili shu ajdarga em bo`lar ekan. Ushbu gap tobe gapli qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap B) ega tobe gapli qo`shma gap C) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 13. Mehmonga borsang, mezbonga ko`proq engillik kiritishga intil. Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) ega tobe gapli qo`shma gap B) hol tobe gapli qo`shma gap C) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap D) kesim tobe gapli qo`shma gap 14. Boy bo`lay deb, izzatingdan ayrilma. Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) hol tobe gapli qo`shma gap B) ega tobe gapli qo`shma gap C) kesim tobe gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap 15. Buni esdan chiqarmangki, shu ozod va obod Vatan barchamizniki. Ushbu gap tobe gapning qaysi turiga mansub? A) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap C) ega tobe gapli qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 16. Kim devorning narigi tomonida bo`lsa, u omon qoldi. Ushbu gap tobe gapning qaysi turiga mansub? A) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap C) ega tobe gapli qo`shma gap D) Hol tobe gapli qo`shma gap 17. Nisbiy so`zlar ishtirok etgan gaplarda ko`rsatish olmoshi qaysi gap tarkibida bo`ladi? A) hokim gap tarkibida B) tobe gap tarkibida C) hokim va tobe gap tarkibida D) hokim yoki tobe gap tarkibida 18. Nisbiy so`zlar ishtirok etgan gaplarda so`roq olmoshi qaysi gap tarkibida bo`ladi? A) hokim gap tarkibida B) tobe gap tarkibida C) hokim va tobe gap tarkibida D) hokim yoki tobe gap tarkibida 19. Kim Vatanni sevsa, u iymonlidir. Ushbu gapdagi nisbiy so`zni aniqlang. A) kim B) u C) sevsa D) kim, u 20. -sa shakli bilan ifodalangan tobe gaplar qanday ataladi? A) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap B) ega tobe gapli qo`shma gap C) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 21. Hokim gap boshida keladigan bog’lovchi vositani toping. A) shuning uchun B) deb C) -ki (-kim) D) agar 22. Hokim gap oxirida keladigan bog’lovchi vositani toping. A) deb B) -ki (-kim) C) shuning uchun D) agar 23.. Tobe gap boshida keladigan bog’lovchi vositani toping. A) deb B) -ki (-kim) C) shuning uchun D) agar 24. Tobe gap oxirida keladigan bog’lovchi vositani toping. A) deb B) -ki (-kim) C) shuning uchun D) agar 25.Qaysi qo`shma gap tarkibida nisbiy so`z qo`llangan? A) Mana, bahor nishonasi hidla, sog’ingandirsan. B) Binafsha qo`ldan-qo`lga o`tdi. C) Kech kirib, keluvchilarning oyog’i uzulishi bilan, u ko`chaga chiqdi. D) Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan. 26. deb so`zi yordamida birikkan qo`shma gaplarning qaysi birida sabab ma`nosi ifodalangan? A) Ukam o`qisin deb, "Oygul bilan Baxtiyor" kitobchasini oldim. B) O`rtoqlarim kelishdi deb, ko`chaga chiqdim. C) Oyim charchab qolmasinlar deb, opam bilan birga uylarni yig’ishtirdik. D) Bolalar chiniqsin deb, turli musobaqalar o`tkazildi. 27. Qaysi qatordagi juftliklarning har ikkalasi qo`shma gap sanaladi? A) Azimboy shunday zulm o`tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to`ldi. Azimboy xalqning sabr kosasini to`ldiradigan zulm o`tkazdi. B) Mingboshi yaxshi biladiki, Miryoqubdan boshqa chin-ko`ngildan kuyadigan odam yo`q. Mingboshi uchun Miryoqubdan boshqa chin-ko`ngildan kuyadigan odam yo`qligini yaxshi biladi. C) U shunday yalinib gapirdiki, ra`yini qaytarishning sira iloji qolmagan edi. U yalinib gapirdi, shuning uchun ra`yini qaytarishning sira iloji bo`lmadi. D) Sinf rahbarimiz ishonardiki, bizning guruh musobaqalarda g’olib chiqadi. Sinf rahbarimiz guruhmizning musobaqalarda g’olib chiqishiga ishonadilar. 28. Qaysi qatorda hokim gap tobe gapdan keyin joylashgan? A) YOmg’ir tomchilayotgan bo`lsa ham, havo iliq edi. B) Hali qish tugamagan, lekin bahor nafasi seziladi. C) Daryolar dengizga juda ko`p oziqli moddalar olib keladi, shuning uchun Kaspiy dengizida baliq ko`p. D) SHuni unutmanki, rostgo`ylik axloqiy poklik har bir odamni to`g’ri yo`lga boshlaydi. 29. Qaysi gapda so`roq olmoshi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga ishora qilgan? A) Kimki o`z ishidan rozi bo`lsa-yu, shod bo`lsa, uning ishtahasi ham yaxshi bo`ladi. B) Kishi qaerda tug’ilib o`sgan bo`lsa, o`sha joyni doim qo`msaydi. C) Kimki yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytadi. D) Kimki bilimga tayansa, u doimo kamol topadi. 30. Qaysi qatorda to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Yutug’imz shundaki, har bir xodim o`z vazifasini yaxshi biladi. B) SHohga bildirdilarki, navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o`tib ketadi. C) Qaerda janjalli ish bo`lsa, o`sha kishini ro`para qilamiz. D) Qay vaqt uyga kirmay, ko`sak chuvib o`tirgan bo`ladi. 31. Qaysi qatorda ega tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Kimdan xalqqa jabr-zulm sodir bo`lsa, u bizning dushmanimizdir. B) Kimki bo`lsa dilozor, undan elu yurt bezor. C) Kelgusi traqqiyot zamini shu -- hamma komp’yuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart. D) Iltimos qilaman, oldin rais so`zlasalar. 32. Bu shunday bir daraki, Rahimxon qirq ming askari bilan kelib yo`l topolmay ketgan. Ushbu gap: A) kesim tobe gapli qo`shma gap B) aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap C) natija (hol) tobe gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap 33. Quyidagi juftliklardan qaysi birida gap bo`laklarining tobe gaplar bilan ifodalanishi muvofiq emas? A) Eshitdimki, kecha kelibsiz -- Kecha kelganingizni eshitdim. B) YAxshi odatingiz shuki, barvaqt turasiz -- YAxshi odatingiz barvaqt turishdir. C) Qachon so`rasangiz, darrov javob beradi -- So`ragan narsangizga darrov javob beradi. D) SHunday ish qilingki, pushaymonlik keltirmasin -- Pushaymonlik kiltirmaydigan ish qiling. 34. Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, tarbiya ham zamon o`rtaga qo`yayotgan yangi-yangi talablarga ko`ra mustaqil ravishda o`zgarib, yangilanib boraveradi. Ushbu gap bog’lanish vositasiga ko`ra qo`shma gapning qaysi turi hisoblanadi? A) nisbiy so`zlar vositasida bog’langan qo`shma gap B) teng bog’lovchilar vositasida bog’langan qo`shma gap C) ergashtiruvchi bog’lovchilar vositasida bog’langan qo`shma gap D) bog’lovchi - yuklamalar vositasida bog’langan qo`shma gap 35. Nisbiy so`zlar vositasida bog’langan qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) YOmg’ir tomchilayotgan bo`lsa ham, havo iliq edi. B) Kishi qanchalik ma`rifatli bo`lsa, u o`z vataniga shuncha foyda keltiradi. C) Qishloq obod, mening ko`nglim shod. D) O`ldimi, uxladimi endi baribir unga. 36. Otaning farzandi oldidagi qarzi shundan iboratki, unga yaxshi nom qo`yishi, ilm yo hunar o`rgatishi, uni mustaqil hayotga tayyorlashi kerak. Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turi hisoblanadi? A) ega tobe gapli qo`shma gap B) kesim tobe gapli qo`shma gap C) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap D) hol tobe gapli qo`shma gap 37. Bilingki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gapning turini aniqlang. A) kirish so`zli sodda gap B) ega ergash gapli qo`shma gap C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap 38. Bog’langan qo`shma gap berilgan qatorni toping. A) YAxshilik qilmoqlik ulug’ fazilatdir, uning qadriga etmaslik esa illatdir. B) SHamol qay tarafga essa, maysa ham o`sha tomonga egiladi. C) Daryo shovillab oqar, uning muzdek shamoli menga zavq bag’ishlardi. D) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro`yi baland bo`ladi. 39. Dutor chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi. Ushbu qo`shma gapning turini aniqlang. A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap 40. Dutor chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi. Ushbu gap hol ergash gapning qaysi turiga mansub? A) payt ergash gap B) o`rin ergash gap C) sabab ergash gap D) maqsad ergash gap 41. Ergash gapning qaysi turi bosh gapga ko`makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi? A) to`ldiruvchi ergash gap B) sabab mazmunli hol ergash gap C) maqsad mazmunli hol ergash gap D) miqdor-daraja mazmunli hol ergash gap 42. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo`shma gap berilgan qatorni toping. 1. Ba`zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi. 2. Kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. 3. Dasturxon ustida dam o`zbek kuylari, dam hind qo`shiqlari ijro qilinardi. 4. Mahsulot aynigan yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. A) 3 va 4 B) faqat 4 C) 1 va 3 D) 1, 2, 3, 4 43.Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt etkaza olmayapman, sen bo`lsa faqat dam olaylik deysan. Ushbu gap qo`shma gaplarning qaysi turiga mansub? A) bog’langan qo`shma gap B) ergashgan qo`shma gap C) bog’lovchisiz qo`shma gap D) murakkab qo`shma gap 44 Qaysi qatorda bog’langan qo`shma gap berilgan? A) Dono aybni o`zidan axtaradi, ahmoq bo`lsa do`stini ayblaydi. B) G`ayratlining yuragi qaynar, G`ayratsizning yuragi o`ynar. C) So`zning yumshog’i g’azabni so`ndiradi, So`zning qattig’i odamni o`ldiradi. D) Berilgan barcha gaplar bog’lovchisiz qo`shma gap hisoblanadi. 106. ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalarning qaysilari bosh gap tarkibida bo`ladi? 1) chunki; 2) shuning uchun; 3) go`yo; 4) negaki; 5) -ki; 6) toki A) 1, 2 B) 4, 5, 6 C) 3, 5, 6 D) 2, 5 107. Ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladigan quyidagi vositalarning qaysilari bosh gap boshida keladi? A) chunki, negaki B) shuning uchun, shu bois C) go`yo, bamisoli D) -ki, toki 108. Quyidagi vositalarning qaysi biri bilan bog’langanda qo`shma gap "ergash gap + bosh gap" shaklida bo`ladi? 1) chunki; 2) shuning uchun; 3) negaki; 4) deb; 5) mabodo; 6) -ki A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 4, 6 109. Quyidagi vositalarning qaysi biri bilan bog’langanda qo`shma gap "bosh gap + ergash gap" shaklida bo`ladi? 1) maqsad bog’lovchilari; 2) sabab bog’lovchilari; 3) ko`makchili qurilmalar; 4) deb yordamchi so`zi; 5) nisbiy so`zlar; 6) -ki yuklamasi A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5 C) faqat 6 D) 1, 2, 3, 4 110. Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? 1. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq Toki avlodlarga etolsin omon. 2. Misralarda so`zlar gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. 3. Mabodo boshingga qilich kelsa ham, to`g’ri gapir. 4. Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib bir kitob yozmoq darkor. A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 111. Ko`makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo`shma gap qaysi javobda berilgan? A) SHu mo``jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. B) Odobli odam tabibga o`xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko`ngildagi g’amni quvadi. C) Ilmsiz inson - mevasiz daraxt, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo`l. D) Ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta past bo`ladi. 112. Qaysi vositalar bilan bog’langanda ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadi yoki sababini bildiradi? A) shuning uchun, shu sababli ko`makchili qurilmalar yordamida B) chunki, negaki sabab bog’lovchilari yordamida C) deb bog’lovchi vazifasidagi so`z yordamida D) toki maqsad bog’lovchisi yordamida 113. Qaysi vosita bilan bog’langanda ergash gap bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi ma`nosini izohlab keladi? A) -sa shart mayli qo`shimchasi yordamida B) -ki yuklamasi yordamida C) deb bog’lovchi vazifasidagi so`z yordamida D) shu bois ko`makchili qurilma yordamida 114. Nisbiy so`zli ergashgan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. B) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. C) Kimning ko`ngli ochiq bo`lsa, uning el o`rtasidagi martabasi ulug’ bo`ladi. D) Berilgan gaplarning barchasi nisbiy so`zli ergashgan qo`shma gap sanaladi. 115. Qaysi javobda ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma`nodoshligi to`g’ri berilgan? A) Shuni bilingki, kengga keng dunyo, torga tor dunyo. - Dunyo kengga keng, torga tordir. B) Shunga xursandmizki, bolalar o`z yo`lini topib ketishdi. - Bolalarning o`z yo`lini topib ketishgani yaxshi bo`ldi. C) Shuni sezdimki, oila a`zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. - Oila a`zolarining bir-biri bilan juda ittifoq ekanligini sezdim. D) Barcha gaplarda ergashgan qo`shma gaplarning sodda gap bilan ma`nodoshligi to`g’ri berilgan. 116. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. Berilgan qo`shma gapning turini aniqlang. A) ega ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap 117. Buning natijasi shu bo`ldiki, To`laganning qanshariga musht tushdi. Ushbu gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga mansub? A) ega ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap C) natija (hol) ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap 118. Kim birovga yaxshilik qilsa, \ Ushbu ergash gapga bosh gapni qo`shish orqali ergash gapli qo`shma gapning qaysi turini hosil qilish mumkin? 1) ega ergash gapli qo`shma gap; 2) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap; 3) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap A) faqat 1 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 119. Nisbiy so`zlar yordamida bog’langan hol ergash gapli qo`shma gap berilgan javobni toping. A) Har kim o`z og’zining qorovuli bo`lsa, uning nafasi hech qachon bo`g’ilmaydi. B) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo`ladi. C) Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat 5 ga tayin qilganmiz. D) Nima ro`zg’orga kerak bo`lsa, dadam o`shani bozordan keltiraverar edi. 120. Qaysi javobda faqat hol ergash gapli qo`shma gaplar berilgan? A) YOdingizda saqlangki, birovga yolg’on gapirish eng katta gunohdir. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam. B) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko`p ediki, so`rab oxiriga etolmasday ko`rindi. Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu erda hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turganday ko`rinardi. C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. Oyna opa xatni oxirigacha o`qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi. D) Qaerda ahillik bo`lsa, o`sha erda qut-baraka bo`ladi. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. 121. Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg’on gapirsa, qulog’i o`sib ketarmish. Ushbu qo`shma gap turi qaysi qatorda to`g’ri izohlangan? A) payt ergash gapli qo`shma gap B) hol ergash gapli qo`shma gap C) ega ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap 122. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar // qizlar maktab hovlisini supurdilar. Ushbu bog’lovchisiz qo`shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo`yilishi kerak? A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 123. Qaysi bog’lovchisiz qo`shma gap tarkibida ikki nuqta noto`g’ri ishlatilgan? A) Orzum shul: o`chmasin yongan chirog’ing. B) Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. C) Yana uvlar dahshat shamoli: Ko`kni qora bulut quchadi. D) Barcha gaplarda ikki nuqta to`g’ri ishlatilgan. 124.O`zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo`qdir g’irrom, yo`qdir yomonlik, Doimo do`stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do`stlik, omonlik. Ushbu she`riy parcha nechta sodda gapdan tashkil topgan? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 125. Ko`chirma gap o`zlashtirma gapga aylantirilganda yuzaga keladigan shakliy o`zgarishlar qaysi javobda noto`g’ri izohlangan? A) ko`chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi B) muallif gapining egasi o`zlashtirma gapning egasiga aylanadi C) ko`chirma gapning kesimi o`zlashtirma gapning kesimi bo`lib keladi D) undalma chiqish kelishigidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi 126. O`rin mazmunli hol ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1. Katta arava qaysi yo`ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo`ldan yuradi. 2. Qayerda ish to`g’ri yo`lga qo`yilgan bo`lsa, o`sha yerda rivojlanish bo`ladi. 3. Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda qut-baraka bo`ladi. 4. Ahillik bor yerda temir suvga cho`kmaydi. A) 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4 127. Qo`shma gapning shart mazmunli hol ergash gapli turini ko`rsating. A) Biliming osmonga etgan bo`lsa ham, Boshqalar ilmiga quloq sol har dam. B) Bu kitobni tezda qaytarish sharti bilan beraman. C) Dutor chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi. D) Onalarda g’am qolmas, Mustahkam bo`lsa tinchlik. 128. YUrak tandir emaski, o`t yoqib qizdirsa. Mazkur gap haqidagi qaysi hukm to`g’ri? A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) bog’lovchisiz qo`shma gap C) murakkablashgan sodda gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap 129. Quyidagi gap qo`shma gapning qaysi turiga kiradi? Maktab va oila shunday pokiza gulshan bo`lishi kerakki, unda birorta ham begona o`t-o`lan bitmaydigan bo`lsin. A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap C) sabab ergash gapli qo`shma gap D) shart ergash gapli qo`shma gap 130. Qaysi qatorda bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gap qo`llangan? A) Lobar shu opaga yoqqanda edi, Abror adashmagan bo`larmidi? B) Kimki o`z kelajagini o`ylasa, u yoshlik davrini behuda o`tkazmaydi. C) Dehqon bo`lsang shudgor qil. D) Ishlasang tishlaysan. 131. Oyoqlari erga shunday yopishib qoldiki, sira qimirlay olmadi. (As.M.) Berilgan gapning turini aniqlang. A) bog’langan qo`shma gap B) ega ergash gapli qo`shma gap C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap 132. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo`rquv bosadi. (O.) Berilgan gapning turini aniqlang. A) bog’langan qo`shma gap B) bog’lovchisiz qo`shma gap C) payt ergash gapli qo`shma gap D) sabab ergash gapli qo`shma gap. 133.Quyidagi bog’lovchilarning qaysi biri ergashtiruvchi bog’lovchili qo`shma gaplarda tobe gap tarkibida keladi? A) agar B) shuning uchun C) natijada D) -ki, -kim 134. ergashtiruvchi bog’lovchili qo`shma gaplarda tobe gap boshida keluvchi bog’lovchilarni toping. A) chunki, zotan B) shuning uchun, shu tufayli C) natijada, oqibatda D) deb, -ki (-kim) 135. Ergashtiruvchi bog’lovchili qo`shma gaplarda hokim gap oxirida keladigan bog’lovchini aniqlang. A) zero B) deb C) -ki, -kim D) natijada 136. deb bog’lovchisi qaysi hollarda sabab ma`nosini bildiradi? A) buyruq va shart maylidagi fe`ldan keyin kelsa B) kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa C) buyruq va shart mayli, kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa D) o`tgan zamon fe`llaridan keyin kelsa 137. Zidlov bog’lovchilarning gapda joylashishi haqidagi qaysi fikr to`g’ri? A) Zidlov bog’lovchilari qo`shma gapdagi ikkinchi gap tarkibida keladi va kichik harf bilan yoziladi. B) Zidlov bog’lovchili gaplarda bog’lovchilar gap boshida ham keladi va bosh harf bilan yoziladi. C) Zidlov bog’lovchilar qo`shma gapdagi birinchi gap oxirida keladi va kichik harf bilan yoziladi. D) A va B 138. To`siqsizlik ma`nosini ifodalagan nol tobe gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Agar astoydil harakat qalsangiz, bu ofatning oldi olinadi. B) Qonib suv ichmagan bo`lsa ham, bodringlar achchiq bo`lmadi. C) Hovlimizda katta maydonlar bo`lmasa ham, anchagina bo`sh er bor. D) Ulug’ Vatanimiz osmon bo`lsa, biz uni bezagan yulduzlarmiz. 139. Qaysi qatorda zidlov munosabatli bog’langan qo`shma gap berilgan? A) Onaning farzandiga muhabbati cheksiz, lekin bu ko`r-ko`rona sevgi emas. B) Yillar o`tsa-da, yaxshilik urug’i hosil beraveradi. C) Bolaning ko`nglini senlar ololmasang, xursand qiladigan onasi bor. D) Hali oy chiqmagan, ko`chalar qorong’i, jimjit edi. 140. Qaysi qatorda to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Ko`chatlarning bir tekis ko`karib turishidan sezdikki, bog’bon astoydil mehnat qilgan. B) Sizga ma`lumki, istibdod zulmi ostida ezilib yotgan xalq hamisha ozodlikka intiladi. C) Hammadan muhimi shundaki, Po`lat orzusiga erishdi. D) Odam borki, olam guliston. 141. Qaysi qatorda aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Agar odam o`z hayot yo`lida yangi do`st orttirmasa, u tezda yakkalanib qoladi. B) SHunday jinoyat borki, uni oqlab bo`lmaydi. C) Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oq ko`ngil, xushmuomalali va ko`ngilchandirlar. D) Kitobning vazifasi hayotni bilishni osonlashtirish va tezlatishdir, lekin u hayotning o`rnini bosolmaydi. 142. Faqat bitta iltimos // ishda tartib bo`lsin. Ushbu gapda // belgisi o`rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? A) vergul B) tire C) ko`p nuqta D) ikki nuqta 143. Qaysi qatorda ega va ot kesim orasida tire qo`yilishi lozim? A) Qizilqum sahrosi // bepoyon. B) Bizning sinfimiz // sakkizinchi. C) Urush // quyon ovi emas. D) Mening opam ham // talaba. 144. Qo`shma gap qismlari orasida o`xshatish, zidlash, shart munosabatlari ifodalanganda, ular orasida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul 145. Qo`shma gap qismlari orasida izohlash munosabati bo`lganda ular orasida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul 146. Qo`shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo`lmagan voqealarni bildirsa, ular orasida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul 147. Fanimlar duch kelar // jang bo`lar puxta. Ushbu qo`shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul 148. Qaysi qatordagi bog’lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida ikki nuqta qo`yiladi? A) eshakni yaydoq minib bo`lmaydi // yiqitadi kishini. B) To`rt mashina o`g’it yubordik // fermerlarga vaqtida taqsimlansin. C) YUragida qanday dard bor // mana bu menga sir. D) Mening bir jaydari falsafamdir shu // hargiz iltimosga kuning qolmasin. 149. Quyidagi hukmlarning qaysi biri to`g’ri? A) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so`ng hech qanday tinish belgisi qo`yilmaydi, muallifi qavs ichida yoziladi. B) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so`ng (so`roq yoki undov gap bo`lmasa) nuqta qo`yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi. C) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so`ng (so`roq yoki undov gap bo`lmasa) nuqta qo`yiladi, muallifi qavs ichida yozilmaydi. D) Insho uchun yozilgan epigraf matnidan so`ng nuqta, so`roq yoki undov belgilaridan biri qo`yiladi, muallifi qavs ichida yozilib, qavsdan keyin nuqta qo`yiladi. 150.Qaysi bog’lovchilardan oldin yozuvda vergul qo`yiladi? A) biroq, chunki, agar, gar, toki, goh \ goh B) lekin, ya`ni, balki, chunki, negaki, takror qo`llanuvchi ayiruvchi bog’lovchilar C) ammo, lekin, agar, gar, takror qo`llanuvchi ayiruvchi bog’lovchilar D) ammo, lekin, biroq, agar, gar, toki, basharti 151. Berilgan gapdagi $\|$ belgisi o`rnida qanday tinish belgisi qo`yish kerak? Bugun havo ochiq $\|$ derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi. A) tire B) vergul C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 152.Quyidagi gap oxirida tinish belgilari qay tarzda qo`yiladi? Tuprog’i zar, ma`danim manim, O`zbekiston Vatanim manim (A.Oripov) A) Qavsga olingan manbadan oldin vergul qo`yiladi. B) Qavsga olingan manbadan oldin vergul qo`yilib, qavsdan so`ng nuqta qo`yiladi. C) Qavsga olingan manbadan oldin nuqta qo`yilib, qavsdan so`ng tinish belgisi qo`yilmaydi. D) Qavsga olingan manbadan oldin tinish belgisi qo`yilmay, qavsdan so`ng nuqta qo`yiladi. 153.Kurashda bir tabiat qonuni bor // polvon, davrada mag’lub bo`lsa, taqdirga tan berib ketmaydi. Ushbu gapda // belgisi o`rnida qaysi tinish belgisi qo`llanadi? A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 154.Ko`chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi qaysi qatorda noto`g’ri izohlangan? A) Ko`chirilgan gap so`roq gap bo`lsa, so`roq belgisi qo`shtirnoq yopilmasidan oldin qo`yiladi. B) Ko`chirilgan gap his-hayajon gap bo`lsa, undov belgisi qo`shtirnoq yopilmasidan oldin qo`yiladi. C) Ko`chirma gap darak gap bo`lsa, nuqta qo`shtirnoq yopilmasidan oldin qo`yiladi. D) Barcha javoblarda tinish belgilarining ishlatilishi to`g’ri berilgan. 155. "Yer - xazina, suv - gavhar", - deydi xalqimiz. Nima uchun ko`chirilgan gapdan so`ng qo`shtirnoq yopilib, vergul va tire qo`yilgan? A) Ko`chirilgan gap darak gap bo`lganligi uchun. B) Ko`chirilgan gap so`roq gap bo`lganligi uchun. C) Ko`chirilgan gap his-hayajon (undov) gap bo`lganligi uchun. D) Muallif gapi ko`chirilgan gapdan so`ng kelgani uchun. 153. Bu hur nafas oladigan el. (SHayxzoda) Ushbu gapdagi ega va kesim orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) vergul B) tire C) undov belgisi D) tinish belgisi qo`yilmaydi 154.SHart tobe gap bilan hokim gap orasida qanday tinish belgisi ishlatilishi mumkin? A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire 155. Gapda quyidagi qaysi yordamchi so`zlardan oldin vergul qo`yiladi? A) agar B) ya`ni C) -ki (-kim) D) bilan 156. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko`rsatgan bog’lovchisiz qo`shma gaplar orasiga qanday tinishi belgisi qo`yiladi? A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire D) vergul 156. Bog’lovchisiz qo`shma gaplarda bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko`rsatsa ular orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire D) vergul 157. Bog’lovchisiz qo`shma gaplarda bir gap boshqa bir gapning mazmunini to`ldirsa yoki izohlasa ular orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire D) vergul Download 141 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling