9-sinf. Ona va adabiyot I variant


Download 67.5 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1648856
Bog'liq
9-ona tili


9-SINF.Ona va adabiyot I variant
1.”Alpomish” dostonining darslikka kiritilgan nusxasi qaysi baxshidan yozib olingan? A.Po’lkan shoirdan B. Fozil Yo’ldosh o’g’lidan C.Ergash Jumanbulbul o’g’lidan D.Sami Abduqahhordan
2.Biylarning ko’nglini xushlamadi ,otini ushlamadi ,ostiga libos tashlamadi … Parchada qanday badiiy san’at qo’llangan? A.saj B.ishtiqoq C.peyzaj D.mubolag’a
3.”Alpomish” dostonida tasvirlangan “tarzi gul yuzli ,shirin so’zli,bir siyosatli kishi” kim? A.Alpomish B.Boysari C.Shohmardon pir D.Yortiboy
4.Dam bu damdur o’zga damni dam dema
Boshing eson davlatingni kam dema Ushbu so’zlarni Boysaribiyga kim aytadi ? A.Qulboy B.Yortiboy C.O’g’li Hakimbek D.Qaldirg’och
5.Gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishda nimaga asoslanilaadi? A.kesimlik belgisining miqdoriga B.egalar soniga C.bosh bo’laklar miqdoriga D.bosh va ikkinchi darajali bo’laklar miqdoriga 
6.Qo’shma gap qismlarini bog’lashda ishtirok etmaydidan yuklamani toping . A.-u(-yu) B.-da C.ham D.-ki
7.”Alpomish” dostonidagi qaysi qahramon “boshida tilla jig’asi ,ostida suvoriga minib yuradigan saman yo’rg’asi bor” deb ta’riflanadi ? A.Boybo’ri B.Hakimbek C.Ko’kaldosh D.Qorajon
8.Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan
Ichida chichqonlar bolalab yotgan
Izdan tushgan pishak oltoyday etgan deb ta’riflangan qahramon qaysi asarda uchraydi? Kim u qahramon A.Alpomish B.Qorajonning onasi C.Qo’shquloq D.BvaC
9.Zidlov bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qanday munosabat mavjudliginibildiradi?A.zidlik B.ketma-ketlik.C.payt. D.zidlik va ketma-ketlik.
10.Kitob bir bog’ . Yozuvchilar uning mevasidir.Ushbu sodda gaplarni qo’sma gapga aylantirish uchun ular orasiga qaysi bog’lovchi vositani qo’yish mumkin? A.teng bog’lovchi. B.ko’makchili qurilma.C.bo’lsa,esa so’zlari. D.-sa shart mayli shakli.
11.”Ani nazm etki tarxi toza bo’lg’ay ,
Ulusg’a mayl beandoza bo’lg’ay. Bayt qaysi dostonning muqaddimasida berilgan? A. “Farhod va Shirin”,B.Layli va Majnun” C.”Hayrat ul abror”. D.”Saddi Iskandariy”
12.”Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga iymon erur.” Misralar “Xamsa”ning qaysi dostonida keltirilgan? A”Farhod va Shirin” .B.”Hayrat ul abror” C.”Layli va Majnun”D”Saddi Iskandariy”.
13.”Hayrat ul -abror” ning nechanchi maqoloti rostgoylik haqida ? A.3 B.5 S.10 D.8
14.Payt munosbatiga ega bo’lgan bog’langan qo’shma gapni toping ? A.Anor so’zlar va Zaynab qalbi tol bag’riday dir-dir qaltirar B.To’satdan eshik sharaqlab ochildi va otonada Ertoyev paydo bo’ldi . C.Ro’paradagi g’orning bag’ridan qora tutun ko’tarildi va u yerdan yo’tal tovushi eshitildi. D.Hammasida payt munosabati mavjud
15.”Hunarni asrabon netgumdur oxir,
Olib tuproqqami ketgumdur oxir” bayti “Xamsa” dostonlarining qaysi qahramoniga tegishli? A.Iskandarga B.Farhodga C.Moniyga D.Qoranga
16.”Farhod va Shirin” dostonida xoqon qasr qurilishiga kimni ma’mur etib tayinlaydi? A.Farhodni B.Mulkoroni S.Suqrotni D.Qoranni
17.Farhod to’siqlarni yengib nimalarni qo’lga kiritadi? A.Jamshid jonini B.Sulaymon uzugini C.Iskandar boyligini D.A,B,C
18.”Farhod va Shirin” dostoni yana qanday nomlar bilan atalgan?
19.Bo’lsa,esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplarda qanday mazmun munosabati ifodalanadi ?
20.Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar necha xil?
21.”Demonkim ko’ngli pok-u ham ko’zi pok,
Tili pok-u ,so’zi pok-u,o’zi pok” Baytda “Xamsa”dagi qaysi qahramon ta’riflangan?
22.Farhodga ko’nglidagi toshdanham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid kim?
23.Navoiy qaysi obrazi orqali komil insonlik g’oyasini ilgari surgan?
24.”Nedur ahvoling ey zor-u g’aribim… ” misralari bilan boshlanadigan maktub muallifi kim?
25.Rostgo’ylik odamni kamolotga yetaklaydi ,….. esa uni halokatga olib boradi. Nuqtalar o’rniga qaysi so’zning antonomi qo’yiladi?

9-SINF Ona tili va adabiyot II chorak


1.Boburning tarjima asarini toping ? A.”Harb ishi” B.”Muxtasar” C.”Volidiya” D.”Mubayyin al- zakot”
2.Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor ,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor
Labing bag’rimni qon qildi ,ko’zimdin qon ravon qildi
Nechun holim yomon qildi ,men andin bir so’rorim bor. Bobur qalamiga mansub ushbu baytlarda qanday san’at qo’llangan ? A.ishtiqoq B.tanosib C.talmeh D.takrir
3.Boburning ziddiyatga to’la hayoti qaysi g’azallarida ifoda etilgan ? 1)”Mening ko’nglimki…” 2)”Agarchi sen sizin…” 3)”Beqaydmen-u xarobu siym ermasman …” 4)Tole yog’i… 5)”Bir kecha xotirim…” A.5 B.1,2 C.1,3 D.1,4,5
4.Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar noto’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? 1)ergashtiruvchi
bog’lovchilar 2)ko’makchili qurilmalar 3)yuklamalar 4)teng bog’lovchilar 5)nisbiy so’zlar 6)bo’lsa,esa so’zlari 7)deb so’zi A.1,2,3,6 B.4,6 C.4,5,6 D.berilganlarning barchasi ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi
5.Qismlari nisbiy olmoshlar yordamida bog’langan qo’shma gaplarda ko’rsatish olmoshi qaysi gap tarkibida bo’ladi ? A.bosh gap B.ergash gap C.ko’rsatish olmoshi ishtirok etmaydi D.har ikki gap tarkibida
6.”Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqe bo’lubtur. To’qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim,bir yerdin ham chiqmas.” Parcha “Boburnoma”da tasvirlangan qaysi joy tasviri ? A.Andijon B.Samarqand C.Kesh D.Qarshi
7.Elining orasida husn xayli bordur .Yusuf Xojakim musiqiyda mashhurdir, …... Nuqtalar o’rniga Yusuf Xojaning taxallusini joylashtiring? A.”Samarqandiy” B.”Andijoniy” C.”Keshlik” D.”Qoqoniy”
8.Memuar asarlar qatorini toping. A.”Boburnoma”, “Dahnoma”, “Latofatnoma” B.”Boburnoma”,
“Qutlug’ qon” ,”Bolalik”,”O’tmishdan ertaklar” C.”Boburnoma”,”Qutlug’ qon” ,”Dunyoning ishlari” 
D.”Navoiy”,”Ulug’ yo’l”,”Ulug’bek xazinasi”
9.Boburning “Yoz fasli ,yor vasli,do’stlarning suhbati ,She’r bahsi ,ishq dardi ,bodaning kayfiyati “ g’azalidagi tushunchalarning jufti to’g’ri berilgan qatorni toping. A.Yoz fasli-yor vasli B.Yoz fasli-ishq dardi C.do’stlarning suhbati –she’r bahsi D.do’tlarning suhbati –bodaning kayfiyati
10.Qaysi bog’lovchi vosita bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi ? A.-ki yuklamasi B.-sa shart mayli C.deb so’zi D.nisbiy so’zlar
11.Ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi “deb” so’zini qaysi ko’makchi bilan erkin almashtirish mumkin? A.uchun ko’makchisi bilan B.sababli ko’makchisi bilan C.tufayli ko’makchisi bilan D.bois ko’makchisi bilan
12.Ergashgan qo’shma gap qaysi vositalar orqali bog’langanda ,ergash gapning kesimi nomustaqil kesimlik shakllari bo’ladi ? 1)ergashtiruvchi bog’lovchilar 2)ko’makchili qurilmalar 3)yuklamalar 4)nisbiy so’zlar 5)deb so’zi A.faqat 1 B.1,4 C.1,4,5 D.1,2,3,4,5
13.”Yuzi qizil –oq, ostidagi tayloqi o’ynoqlab turgan” ,”asli qalmoq zoti qirg’iz ,lola paypoqli” sahroyi bo’tako’z qizlarini madh etgan shoir kim? A.Bobur B.Navoiy C.Mashrab D.Furqat
14.”Mabdai nur” ,”Kimyo” asarlarining muallifi kim? A.Bobur B.Furqat C.Mashrab D.Ogahiy
15.Quyidagi berilgan qaysi ijodkorning taxallusi o’zining hasbu hol shaklidagi g’azalida radif sifatida keltirilgan ? A.Navoiy B.Bobur C.Mashrab D.Ogahiy
16.Mashrab haqidagi ma’lumotlar qaysi manba orqali yetib kelgan ? A.”Qissasi Mashrab” orqali
B.”Majolis –un nafois” orqali C.“Tazkirai shoiron”orqali D.”Tazlirai qalandaron”
17.Ogahiyning tarjima asarlari qatorini toping . 1)”Yusuf va Zulayho” 2)”Shohidi iqbol” 3)”Zubdat ul-tavorix” 4)”Qobusnoma” 5)“Gulshan” 6)”Shoh va gado” 7)”Taviz ul-oshiqin” A.1,4,5,6 B.1,4,6
C.2,4,6 D.2,3,5
18.Quyidagi gapning qolipini chizing .Mashg’ulot tugagach ,uyga ketdik.
19.Sevgi shunday navbahorki , u tikondan gul qilur . Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi qaysi bo’lakka tobelangan?
20.”Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon,
Qildi sahrog’a tarovat o’zgacha paydo bahor” Baytda qanday badiiy san’at qo’llangan ? 
21.Ogahiyning “Ul sho’xki ochildi xat-u ruxsori… ” g’azalida qanday shaklda yaratilgan ?
22.Tarab tiflin tug’urdi dahr zoli
Ango bo’ldi magorkim doya navroz . Baytda qanday san’at qo’llangan?
23.”Bir yilga yetmay “Haftiyak” va “Chor kitob”ni o’qib tugatgan , 8yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut- tayn”dostonini yod olgan ijodkor” kim
24.Furqatning qaysi ilmiy asari adabiyot havaskorlari uchun qo’llanma sifatida tuzilgan ?
25Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan ?
9-SINF Ona tili va adabiyot . III chorak
1.”Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg’on gazetalarni o’qib ,dunyoda gazeta degan gap borligiga imon keltirdim…” Ushbu fikrlar qaysi ijodkorning tarjimai holidan? A.Furqat B.Ogahiy C.A.Qodiriy D.Oybek
2.A.Qodiriyning dastlabki asari “Yangi masjid va maktab” sarlovhali xabari qaysi gazetada chop etilgan? A.”Sadoyi ” B.”Oina” C.”Sadoyi” D.”Sadoyi Farg’ona”
3.O’tkan kunlar” romanida yozuvchi kitobxonni bir o’rinda uch ayol bilan tanishtiradi .Ular kimlar ?
1)Oftoboyim 2)Oysha bibi 3)Kumush 4)To’ybeka 5)O’zbekoyim A.1,2,3 B.1,2,4 C.1,4,5 D.2,3,5
4.”O’tkan kunlar” da tasvirlangan “ichidan atlas ko’ynak ,ustidan xon atlas guppi kiygan ,boshiga oq dakanani xom tashlagan ,35 yoshlar chamaliq go’zal ,xushbichim ,bir xotin” kim? A.O’zkekoyim B.Oysha bibi C.Oftoboyim D.Hanifa
5.” ….. 55 yoshlar chamaliq ,chala -dumbul tabiatlik bir xotin bo’lsa ham ,ammo eriga o’tkirligi bilan mashhur edi “ deya ta’riflangan qahramon kim? A.Oftoboyim B.O’zbekoyim C.Hanifa D.Xushro’y
6.Do’stlikdan o’tadigan hech narsa yo’q ,shuning uchun do’st orttirish imkonoyatlarini sira qo’ldan boy berma . Ushbu qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositasida bog’langan? A.ergashtiruvchi bog’lovchi B.nisbiy so’zlar C.ko’makchili qurilma D.ohang

  1. Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gaplarda ergash gaplar bosh gapdan so’ng keladi? A.toki B.agarda C.basharti D.mobodo

8.Ergash gapning qaysi turi bosh gapga ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi ? A.to’ldiruvchi ergash gaplar B.sabab C.maqsad D.miqdor daraja
9.”Q” taxallusi bilan ijod qilgan ijodkor kim? A.A.Qodiriy B.A.Qahhor C.P.Qodirov D.Cho’lpon
10.”Adabiyot yashasa ,millat yashar” Ushbu so’zlar muallifi kim? A.A.Qodiriy B.ogahiy C.Furqat D.Cho’lpon
11.Cho’lponning dramatik asarlarini toping. 1)”Tong sirlari” 2)”Halil farang” 3)”O’rtoq Qarshiboyev” 4)”Hujum” 5)”Buloqlar” 6)”Kecha va kunduz” A.2,3,4 B.1,5,6 C.2,3,5 D.hammasi
12.Shekspirning “Hamlet” asarini o’zbek tiliga tarjima qilan ijodkor kim? A.A.Qodiriy B.Cho’lpon C.Oybek D.Ogahiy
13.”Talanmagan ,yiqilmagan yer yo’q, Go’daklar nayza boshida” nomli xabar Cho’lponning qaysi she’riga epigraf qilib keltirilgan? A.”Kishan” B.”Yong’in” C.”Vijdon erki” D.”Ko’ngil”
14.”Kecha va kunduz” romani qahramoni Zebi necha yilga Sibirga surgun qilinadi? A.10 B.7 C.8 D.3
15.”Mahmud Tarobiy” tarixiy dramasi muallifi kim? A.Cho’lpon B.Oybek C.M.Shayxzoda D.Odil Yoqubov
16.Yo’lchini so’nggi yo’lga kuzatishda kimlar qatnashadi ? 1)Shokir ota 2)Qoratoy 3)O’roz 4)Unsin 5)Saodat kampir A.1,2,5 B.1,2,3 C.2,3,5 D.2,3,4
17.”Qutlug’ qon” romani mavzu jihatdan qanday roman hisoblanadi? A.falsafiy B.tarixiy C.biografik D.maishiy

  1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida –alohida ketasiz. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga kiradi?

19.Bog’lovchisiz qo’shma gap qolipini chizing?
20.Ushbu qolip asosida gap tuzing? “K,-m,-k”.
21.Odil Yoqubovning ilk asari qaysi ?
22.Fazilat qaysi asar qahramoni ?
23.”……. birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda” Ushbu fikrlar qaysi ijodkorning tarjimai holidan olingan?
24.A.Oripovning “Sohibqiron” dramasida ushbu fikrlarni kim aytgan?
Oddiygina bir voqea yuz berdi ,axir ,
Sen Yeldirim laqabli bir qudratli chaqmoq.
Cho’ng temirga urilding -u chilparchin bo’lding
25.Qo’shma gap turini aniqlang . Jahl dushman ,aql esa do’stdir.

9-SINF Ona tili va adabiyot .IV chorak


1.”Venera va Adonis” qanday janrdagi asar? A.doston B.qissa C.drama D.fojia
2.Shekspirning qancha sonet yaratgani fanga ma’lum? A.36ta B.154ta C.156ta D.54ta
3.Shekspirning komediyalari qatorini toping. 1..”Qirol Lir”,2.”Yoz kechasidagi tush”, 3.”Venetsiya savdogari”,
4.”Romeo va Julyetta”5.”O’n ikkinchi kecha” 6. “Makbet” A.2.3.5.B.2.3.4. C.1.4.5. D.2.3..6
4.”Otello”dagi qaysi timsollar orqali to’g’ri odamlarning ishonuvchan, soda bo’lishi ,o’zgalardan yomonlik ,xiyonat kutmasligi ta’sirli ifodalangan? 1.Otello 2.Kassio 3.Dezdemona 4.Emiliya A.1,3 B.2,3 C.1,4 D.1,2,3,4
5.Darak gap shaklidagi ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirganda ko’chirma gapning kesimi qaysi bo’lakka aylanadi?A.Qaratqich aniqlovchiga. B.vositali to’ldiruvchiga . C.sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to’ldiuvchiga.D.holga
6.Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirganda undalma qanday bo’lakka aylanadi?A. Chiqish kelishigidagi to’ldiruvchiga B.qaratqich aniqlovchiga C.undalma tushirib qoldiriladi D.jo’nalish kelishigi shaklidagi to’ldiruvchiga
7.Qo’shma gap qismlari mazmunan uncha yaqin bo’lmaganda ular orasiga qanday tinish belgi qo’yiladi?A.nuqta B.ikki nuqta C.nuqtali vergul D.tire
8.”So’z san’atining qudrati shundaki, -deydi A.Muxtor,-u hayotda aynanbo’lmagan hodisalarga jon kiritib yuboradi”Ushbu gapning qolipi qaysi qatorda berilga n?A.M:”K”. B.”K”-m’. C.M:”K”,-m. D.”K”,-m’-K”.
9.Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gapning egasi qanday bo’lakka aylanadi?A.Qaratqich aniqlovchiga B.vositali to’ldiruvchiga C.daraja –miqdor holiga D.vositasiz to’ldiruvchiga
10.O’muhabbat,haqoratga bo’lmish masxara! Ushbu fikrlar “Otello fojiasidag qaysi qahramonga tegishli?A.Otello B.Emiliya. C.Dezdemona D.Grasiano
11.”Otello”daYagoga kim “Sparta iti” deb murojaat etadi? Lodoviko B.Otello C.Dezdemona D.Emiliya
12.”Men vatanni sizlardan kam sevmayman.Shu sevgim tufayli men 13 yil quvg’inda bo’ldim,ayni mana shu sevgim tufayli oh-voh qilmasdan…quvg’in joyimga qaytmoqdaman” .Ushbu fikrlar H.Haynening qaysi asarida keltirilgan?
A.”Germaniya .Qish ertagi” B.”Fransuz ishlari” C.”Yo’l lavhalari” D.”Sileziya to’quvchilari”
13.”Ba”zisi do’st kelar qoshimga,Ba”zilari dushmandan battar”Ushbu misralar muallifini yoping.A.A.Oripov B.Shekspir. C.H.Hayne.D.Cho’lpo’n.
14.Puskinga “Golib shogirdga mag’lub ustozdan”degan yozuv yozilgan portretini sovg’a qilgan mashhur ijodkor kim?

  1. Derjavin B.Jukovskiy C.Chexov D.Lermontov.

15.O’zbek adabiyotida yaratilgan she’riy romanlar qaysilar? 1”Yevgeniy Onegin”2”Ziyod va Adiba”3.”Bir savol”
4”Boqiy dunyo” A.1,3 B.1,2,3 C.2,3,4 D.2,4
16.So’zlar ko’pinch kinoya , piching, qochirimlarga boy bo’ladi .Fikr qaysi uslub haqida? A.publisitik B.badiiy C.so’zlashuv D.ilmiy
17.Obrazlilik va estetik ta’sir etish bu uslubning muhim belgisi. Bu izoh qaysi uslub haqida?A.Publisistik B.Rasmiy C.badiiy D.ilmiy
18.G’animlar duch kelar//jang bo’lar puxta.//o’rniga qanday tinish belgi qo’yiladi?______________________________
19.Zidlik ,sabab, shart ,payt munosabati qo’shma gapning qaysi turida ifodalanadi?
20.”Men juda erta ishlay boshladim:10yoshimda dehqon mehnatining barcha zahmatini tatidim…..o’z tengqurlarim ichida savodli bo’lganim uchun meni qishloq kengashiga kotib etib tayinlashdi”Fikrlar muallifi kim?_______________
21.Donolarning o’giti shundayki,so’zning lazzati uni gapirishda emas,balki eshitishdadir.Qo’shma gap turini toping
22.Suvdan boshin chiqarib asta
Nilufar gul boqadi ma’yus
Yonib ishqi alangasida
Oy qiladi unga tabassum. Misralar muallifini top._______________________________
23.Shekspirning qaysi asari gersog Sautgemptonga bag’ishlangan?______________________________________
24”Ohu bolasi bu ohuday b oqqan
Shervachchada esa sherningshiddati. Misralar muallifin toping.________________________________________
25.Ch.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida zamonaviy manqurt kim? ______________________________
Javoblar 9-sinf I chorak
1-B,2-A,3-C,4-B,5-A,6-C,7-C,8-D,9-D,10-C,11-A,12-B,13-C,14-C,15-B,16-B,17-D
18-“Mehnatnoma “,”Shavq dostoni”
19-qiyoslash va zidlash
20-3 xil
21-Farhod
22-Qoran
23-Farhod
24-Shirin
25-rostgo’ylik
II chorak
1-C,2-B,3-B,4-B,5-A,6-A 7-B 8-B 9-C 10-A 11-A 12-B 13-C 14-C 15-C 16-D 17-A
18-­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­ _
19-ot kesimga
20-tashxis
21-musoviyattarafayn
22.jonlantirish ,tashxis
23-Furqat
24-“Ilmi ash’orning qoidai avzoni ”
25-“Surmadin ko’zlar qaro”
III chorak
1-C 2-A 3-B 4-C 5-B 6-C 7-B 8- B 9-D 10-D 11-A 12-B 13-B 14-B 15-B 16-B 17-B
18-kesim
19
20-“Adabiyot yashasa millat yashaydi,-dedi Cho’lpon,-u o’tkir yurak kirlarini yuvadigan ma’rifat suvi”.
21-“Tengdoshlar”
22-“Kecha va kunduz”
23-A.Oripov
24-Temur
25-Men shuni tushundimki,izlangan murodiga yetadi.
IX sinf IV chorak
1-A 2-B 3-A 4-D 5-B 6-A 7-C 8-D 9-A 10-B 11-A 12-A 13-C 14-B 15-C 16-C 17-C
18-tire
19-uchalasida ham
20-Ch.Aytmatov.
21-kesim
22-H.Hayne
23-“Venera va Adonis”
24-A. Oripov
25-Sobitjon
Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling