9-sinf o’zbekiston tarixi. 31-41 mavzular
Download 22.44 Kb.
|
9-SINF O’ZBEKISTON TARIXI. 31-41 MAVZULAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIXDAN ONLAYN VA OFFLAYN TAYYORLANAMAN DEGANLAR 99-959-80-06 GA SOBIR MATKARIMOV
9-SINF O’ZBEKISTON TARIXI. 31-41 MAVZULAR 1. 1910-yilda islom tarixiga oid asar yozgan jadidchilikning yirik namoyondalaridan birini aniqlang? A) M. Behbudiy B) A. Fitrat C) A. Avloniy D) M. Abdurashidxonov 2. Jadidlar iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash uchun qanday islohotlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaganlar? 1. yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish 2. barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlami tayyorlash 3. tarqoq holda faoliyat yuritayotgan bozorlarga chek qo’yib, yagona ichki bozorni vujudga keltirish. 4. zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarish 5. mustaqil milliy valyutaga ega bo’lish 6. ishlab chiqarishni rivoji uchun pul jamg’arish vositalarni tashkil etish A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 5, 6 3. Fayzulla Xo‘jayev rahbarligidagi «Inqilobchi yosh buxoroliklaming Turkistondagi markaziy byurosi» qayerda tuzilgan? A) Qozon B) Moskva C) Buxoro D) Toshkent 4. Birinchi jahon urushidan keyin jadidlar qanday boshqaruv tuzumi uchun kurashdilar? A) federativ republika B) mutlaq monarxiya C) avtonom respublika D) parlamentar monarxiya 5. 1917-yil fevral voqealaridan keyin jadidlar tomonidan ilgari surilmagan siyosiy talablardan birini aniqlang. A) Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish B) yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga o’qishga yuborish C) milliy matbuot erkinligini ta’minlash D) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish 6. Amir hokimyatini ag’darish uchun qaysi shaharda Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuzilgan? A) Buxoro B) Toshkent C) Chorjo’y D) Termiz 7. Davlatlaming o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi…. A) Avtonomiya B) Korporatsiya C) Federatsiya D) Respublika 8. Buxoro amirligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‘langan yili… A) turkmanlar yashaydigan joylarda afg'on-rus chegaralari qat'iy belgilab olindi. B) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi. C) A.Griffit „Shinfeyn" („Biz o'zimiz") partiyasini tuzdi. D) Avstriya hukumatiishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun" joriy etdi. 9. Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida ta’sis etilgan 7 kishidan iborat Kengash (devon)ning necha nafari podsho hukumati vakillari edi? A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 10. Quyidagi qaysi voqea Buxoro jadidlarini sergaklantiradi? A) 1917-yilgi Rossiyadagi fevral voqealari B) 1917-yilgi Rossiyadagi oktabr voqealari C) Turkiston muxtoriyatini qonga botirilishi D) Buxoro va Karkidagi namoyishlarni kuch bilan bostirilishi 11. Rossiya imperatori Nikolay II hukmronligi boshlangan yili… A) German imperiyasida konstitutsiya qabul qilindi. B) Italiya sotsialistik partiyasi tuzildi. C) Hindiston Milliy kongressi tuzildi. D) Fransiya prezidenti Sadi Karno o’ldirildi. 12. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xoni mamlakatni boshqarishda kimlarning madadiga tayangan. 1. qo‘ng‘irot urug‘i zodagonlari 2. harbiy sarkardalar 3. saroy a’yonlari 4. oliy ruhoniylar 5. yirik yer egalari 6. savdogarlar A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4 13. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva madrasalarida qo’shimcha ravishda o’qitilgan fanlarni aniqlang. A) arifmetika va geometriya B) kimyo va biologiya C) matematika va geografiya D) astronomiya va fizika 14. 1916-yilda mardikorlikka olinadiganlar ro‘yxatini tuzishga qarshi norozilik harakatlarida ishtirok etgan aholining ijtimoiy qatlamlari vakillarini aniqlang. A) ziyolilar, ruhoniylar, ishchilar, mayda yer egalari B) savdogarlar, kosiblar, kambag’al dehqonlar, mulkdorlar C) dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar D) talabalar, ruhoniylar, ziyolilar, hunarmandlar 15. Podsho gubernatori A.Gippius qaysi hududda norozilik kayfiyatidagi odamlarning ko‘pligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g‘alayonlar chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘lka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot beradi? A) Sirdaryo B) Toshkent C) Jizzax D) Farg’ona 16. 1916-yilgi mardikorlikka olinishga qarshi qo’zg’alon ko’tarilgan hududlarni xronologik ketma-ket joylashtiring. 1. Dahbed 2. Andijon 3. Eski Marg’ilon 4. Xo’jand 5. Namangan A) 1,4,5,3,2 B) 4,1,2,3,5 C) 3,4,1,2,5 D) 5,4,1,2,3 17. Xudoybergan Devonov…da tug’ilgan. U … tillarini o’rgangan. Xivaning minoralari va hamyurtlarini… yildan suratga ola boshlagan. A) 1878, rus, ingliz, fors, 1905 B) 1878, rus, arab, fors, nemis 1903 C) 1875, fransuz, ingliz, fors 1902 D) 1879, fransuz, ingliz, arab 1907 18. Mardikorlikka olishga qarshi qaysi hududda ko’tarilgan qo’zg’alon ishtirokchilari mustamlakachilarning xizmatida bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi? A) Toshkent B) Andijon C) Namangan D) Eski Marg’ilon 19. Labbaytog’a dahasi qaysi shaharda joylashgan? A) Qo’qon B) Andijon C) Namangan D) Samarqand 20. Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr qaysi? A) she’riyat B) tragediya C) komediya D) ertaklar 21. Amudaryo flotiliyasi tashkil etilgan yili… A) Kaspiyorti temiryo‘li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi. B) Aleksandr II «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga imzo chekdi. C) Buxoro amirligi orqali temiryo‘l qurila boshlandi. D) Darveshxon qo’zg’aloni bo’lib o’tdi. 22. 1916-yil Jizzax qo’zg’aloniga kimlar rahbarlik qilganlar? 1. Mirzakarimboy 2. Nazirxo’ja 3. Hakimxo’ja 4. Abdurahmon jevachi A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 3 23. 1916-yilgi qo’zg’alonni bostirishda Jizzax shahridan keyin qaysi hudud egallanadi? A) O’ratepa B) Sangzor C) Zomin D) Xo’jand 24. Dukchi Eshon va Jizzax qo’zg’alonida hibsga olingan qo’zg’alonchilar o’rtasidagi farq qancha? A) 500 kishi B) 100 kishi C) 800 kishi D) 1000 kishi 25. Kim boshchiligidagi harbiy kuchlarning yordamga kelishi Jizzax qo‘zg‘olonining mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi? A) Skobelev B) Abramov C) Afanasyev D) Ivanov 26. Turkistondagi qaysi yilgi qo‘zg‘olonlar xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘rinishida yuz berdi? A) 1875-yilgi B) 1916-yilgi C) 1880-yilgi D) 1885-yilgi 27. 1916-yilgi qo’zg’alonlar oqibatlaridan biri hisoblanmaydiganini aniqlang. A) barcha erkak aholi qirib tashlandi. B) oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi. C) aholining ko‘pchiligi uy-joysiz qoldi. D) aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘ldi. 28. 1916-yilgi qo’zg’alonlarning yengilish sabablarini aniqlang. 1. qo’zg’alonchilarning oddiy ish qurollari bilan jang olib borganligi 2. qo’zg’alonchilarning aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bo‘lganligi 3. qo’zg’alon-chilarning harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi 4. qo‘zg‘olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi 5. qo‘zg‘olonchilarning ahillikda va birdamlikda harakat qilmasligi A) faqat 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5 29. Buxoroda nima uchun «Rossiya imperatorining siyosiy agentligi» tashkil etilgan? A) amirlikning tashqi siyosatini yuritish uchun B) amirning siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun C) rus aholi vakillari manfaatlarini himoya qilish uchun D) zarur paytda amirlikni to’la boshqarish uchun 30. XIX asr oxirida Buxoro amirligi tarkibidagi yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang. 1. Chorjo‘y 2. Samarqand 3. Kitob 4. Jizzax 5. Shahrisabz 6. Xo’jand 7. Denov 8. Termiz A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 4, 8 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6 31. Buxoro amirligida bosh qoziga bo’ysungan lavozimni aniqlang. A) muftiy B) muhtasib C) a’lam D) shayxulislom 32. Buxoro amirligi bekliklarga bo’lingan bo’lib, beklar …. A) shaxsan qo’shbegi tomonidan tayinlangan. B) otaliq tomonidan tayinlangan. C) devonbegi tomonidan tayinlangan. D) amir tomonidan tayinlangan. 33. XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch tarzda yig‘iladigan, yomon harbiy ta’lim ko‘rgan va sodda qurollar bilan ta’minlangan …lardan iborat bo‘lgan. A) o’spirin B) dehqon C) ko’ngilli jangchi D) ko’chmanchi xalq 34. O‘rta Osiyoni butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qo‘l ostida bo‘lgan yangi davlat tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan mustamlakachilarning kurash vositasiga aylantirilgan tashkilot qaysi? A) Turkiston xalq komissarlari soveti B) Musulmon markaziy sho’rosi C) Turkiston Markaziy ijroiya komiteti D) Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi 35. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi eski boshqaruv uslubi o‘z ahamiyatini yo‘qotib borayotganini ko’rsatib bergan omilni aniqlang. A) soliqlar miqdorining ko’payib borishi B) Rossiya bilan urushdagi mag’lubiyat C) jadidchilik harakati targ’ibotlari D) stixiyali, uyushmagan norozilik chiqishlari 36. Buxoro amirligida bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida olingan soliq qaysi? A) kafsan B) dorug’a C) muzd D) tanobona 37. Pomir chegara qo‘shinlarining yordami bilan bostirilgan qo’zg’alon qayerda bo’lib o’tgan? A) Kalifda B) Qandahorda C) Ko’lobda D) Baljuvonda 38. Buxoro ustalari, ayniqsa, qaysi mahsulotlari bilan dong taratgan edi? A) oltin va kumush buyumlari B) zardo’zlik buyumlari C) gilamlari D) bo’yoq va sovun mahsulotlari 39. Amirlik hududi orqali temiryo’l o’tkazilganidan necha yil o’tib Buxoro hududida dastlabki rus qishloqlari quriladi? A) 7 yil B) 2 yil C) 4 yil D) 1 yil 40. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida qachondan faoliyat ko‘rsata boshladilar? A) 1910-yildan B) 1915-yildan C) 1911-yildan D) 1917-yildan TARIXDAN ONLAYN VA OFFLAYN TAYYORLANAMAN DEGANLAR 99-959-80-06 GA SOBIR MATKARIMOVGA MUROJAAT QILING TELEGRAM KANALLAR @SOBIR_TARIX @TARIX200 Download 22.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling