9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.61 Mb.
bet16/23
Sana03.06.2020
Hajmi0.61 Mb.
#114254
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan

Savollar va javobi


1. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping.
 1826-1861-yillar Amir Nasrullo hukmronlik davri
2. Buxoro amiri Amir Muzaffar hukmronlik yillarini toping.
 1860-1885-yillar
3. Buxoro amirligining ma’muriy markazi qaysi shahar edi?
 Buxoro
4. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan?
 qo’shbegi
5. Buxoro amirligida bosh vazir kim edi?
 qo’shbegi
6. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan?
 qo’shbegi
7. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi, tashqi aloqalarni yuritish kabi sohalarni kim boshqargan?
 devonbegi
8. Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul shaxsni aniqlang?
 mirzaboshi
9. Amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga kim javobgar bo’lgan?
 mushrif
10. Buxoro amirligida xalqning shikoyatlari bilan kim shug’ullangan?
 dodhoh
11. Buxoro amirligida oliy hukmdor farmonlarini kim e’lon qilgan?
 parvonachi
12. Buxoro amirligida shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni kim amalgam oshirgan?
 shayxulislom
13. Buxoro amirligida devonbegiga bo’ysungan mansab egasi?
 mirzaboshi
14. Buxoro amirligida shayxulislomga bo’ysungan mansab egasi
 muftiy, muhtasib
15. Buxoro amirligida diniy-huquqiy masalalar bilan kim shug’ullangan?
 muftiy
16. Buxoro amirligida shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilish masalalari bilan kim shug’ullangan?
 muhtasib
17. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping.
 mirshabboshi amir qo’shinining bosh qo’mondoni hisoblangan
18. Buxoro amirligi shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul hisoblangan?
mirshabboshi
19. Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do’stlari va dushmanlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan kim shug’ullangan?
 ko’kaldosh
20. Xiva xonligi to’g’risida xato ma’lumotni toping.
 Xiva shahrida ichki-Dishan qal’a va mudofaa devori bilan o’ralgan tashqi-Ichan qal’a mavjud bo’lgan.
21. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
 Vazir, Marv
22. Xiva xonligida oliy amaldor kim hisoblangan?
 devonbegi
23. Xiva xonligida devonbegining ixtiyoridagi kengashga kirgan mansablar xato berilgan javobni toping.
 mirshabboshi
24. Xiva xonligida mirshabboshi…..
 aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan
25. Xiva xonligida yasovulboshi…..
 xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni
26. Xiva xonligida shayxulislom…..
 diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan.
27. Xiva xonligida mirobboshi…..
 sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan
28. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi?
 40 ming
29. Xiva xonligida qo’shinga kim qo’mandonlik qilgan?
 lashkarboshi
30. Xiva xonligida askarlik xizmatida bo’lganlarga qanday imtiyoz mavjud edi?
 soliqlardan ozod qilingan
31. Qo’qon xonligi bilan bog’liq xato javobni toping.
 eng yuqori mansab mingboshi hisoblanib, u harbiy vazir hisoblangan
32. Qo’qon xonligida alohida harbiy bo’linmalarga kim rahbarlik qilgan?
 mingboshi
33. Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan?
 mehtar
34. Qo’qon xonligida islom dini qoidalari asosida sud ishlarini kimlar olib borganlar?
 qozikalon, qozilar
35. Qo’qon xonligida kimlar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to’g’ri yuritilishini nazorat qilganlar?
 muhtasib-raislar
36. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan?
 mirshab
37. Qo’qon xoni zaruriyat tug’ilganda qancha askar yig’a olgan?
 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar
38. Xudoyorxon saroyi qachon qurilgan?
 XIX asr oxrida
3-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (29)

Testlar


1. Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar qanday nom bilan atalgan?
A) “chorikor”
B) “muzoriy”
C) “barzikor”
D) “yarimchi”
2. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi davlat yerlarini aniqlang?
A) vaqf
B) tanho
C) amlok
D) mulk
3. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi xususiy yerlarni aniqlang?
A) mulk
B) tanho
C) amlok
D) vaqf
4. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi masjid va madrasalarga, diniy muassasalarga tegishli yerlarni aniqlang.
A) mulk
B) amlok
C) tanho
D) vaqf
5. Xonliklarda vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug’ullangan?
A) mirob
B) sadr
C) mushrif
D) mutavalli
6. XIX asr o’rtalarida aholi soliqlarni qanday ko’rinishda to’lashgan?
A) pul
B) A va B
C) ishlab berishgan
D) mahsulot
7. Xonliklarda aholining ishlab berishi , mehnat majburiyati…….deyilgan
A) hachi
B) otlanuv
C) begar
D) obrok
8. XIX asr o’rtalarida aholidan yig’ilgan soliqlar turlari xato berilgan javobni toping.
A) ushr, qopchur, kalon
B) xiroj, zakot
C) mulk, tomorqa, bog’
D) suv, tegirmon, tuz
9. Xiva xonligida asosiy soliq qanday nom bilan atalgan?
A) zakot
B) alg’ut
C) salg’ut
D) kafsan
10. XIX asr o’rtalarida xonliklar chorvadorlaridan olingan soliq turini aniqlang?
A) zakot
B) alg’ut
C) salg’ut
D) kafsan
11. XIX asr o’rtalarida xonliklar shahar aholisi-hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliq turi xato berilgan javobni toping?
A) qozon puli
B) savdo puli
C) do’kon puli
D) tarozi puli
12. O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti …….
A) sug’orish ishlarining holatiga bog’liq
B) xonning qishloq xo’jaligiga ajratgan mablag’iga bog’liq
C) A va B javoblar to’g’ri
D) suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq
13. XIX asr o’rtalarida xonliklarda sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan shug’ullanadigan mutaxassislar bu…..?
A) miroblar
B) mutavallilar
C) poykorlar
D) jo’ybonlar
14. XIX asr o’rtalarida Farg’onadagi aholi asosan qanday soha bilan shug’ullangan?
A) sug’orma dehqonchilik
B) hunarmandchilik
C) chorvachilik
D) savdo-sotiq
15. O’rta Osiyoning qaysi hududida sug’orish ishlariga katta e’tibor qaratilgan?
A) Zarafshon vodiysi
B) Farg’ona vodiysi
C) Qarshi vohasi
D) Xorazm
16. Farg’ona vodiysi yirik sug’orish inshootlari xato berilgan javobni toping.
A) Oqdaryo, Norin
B) Ulug’nor, Qoradaryo
C) Shaxrixonsoy, Andijonsoy
D) Marg’ilonsoy, Yangiariq
17. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga suv chiqaradigan maxsus inshoot?
A) charxfalak
B) suv tegirmoni
C) to’g’on
D) chig’ir
18. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida qishloq xo’jaligida asosiy ekinlar qaysi?
A) paxta
B) paxta va donli ekinlar
C) poliz ekinlar
D) donli ekinlar
19. XIX asr o’rtalarida Marg’ilonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalarini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) kulolchilik
C) atlas to’qish, do’ppichilik
D) zargarlik
20. XIX asr o’rtalarida Rishtonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) zargarlik
C) kulolchilik
D) atlas to’qish, do’ppichilik
21. XIX asr o’rtalarida Buxoroda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating.
A) kulolchilik
B) do’ppichilik, pichoqchilik
C) zargarlik
D) atlas to’qish, do’ppichilik
22. XIX asr o’rtalarida Shaxrixonda rivojlangan hunarmandchilik sohalari xato berilgan javobni toping.
A) pichoqchilik
B) duradgorlik
C) zargarlik
D) do’ppichilik
23. O’rta Osiyoning qaysi hududida do’ppichilik, pichoqchilik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Chust
B) Xiva
C) Shaxrixon
D) Qo’qon
24. O’rta Osiyoning qaysi hududida temirchilik, duradgorlik, zargarlik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Qo’qon
B) Xiva
C) Shaxrixon
D) Chust
25. Xivada rivojlangan hunarmandchilikning sohalarini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) atlas to’qish, do’ppichilik
C) zargarlik
D) me’morchilik, ganchkorlik
26. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida yaxshi rivojlangan hunarmandchilik turlari xato berilgan javobni aniqlang?
A) kulolchilik, temirchilik, miskarlik
B) me’morchilik, ganchkorlik
C) kandakorlik, badiiy kashtachilik
D) zardo’zlik, shishasozlik,
27. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo savdogarlari qaysi davlatlar bilan savdo qilganlar? 1.Eron 2.Xitoy 3.Hindiston 4.Afg’oniston 5.Rossiya 6.qozoq juzlari 7.Ozarbayjon 8.Misr 9.Arab davlatlari
A) 1,3,5,7,9
B) 2, 4, 6, 8,9
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 4,5,6,7,8,9
28. XIX asr o’rtalarida xorijda yuqori baholangan O’rta Osiyo hunarmandlarining buyumlari xato berilgan javobni toping.
A) shoyi va atlas
B) pichoqlari
C) zargarlik mahsulotlari
D) kulolchilik buyumlari
29. Agrar so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) arabcha-o’lka
B) yunoncha-yer
C) inglizcha-sanoat
D) lotincha-yerga, dalaga oid
4-5-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot (43)

Savollar va javobi


1. XIX asr o’rtalarida xonliklardagi aholining aksariyati qaysi tilda so’zlashgan?
 o’zbek
2. XIX asrda O’rta Osiyoda qancha doston mavjud edi?
 40 ga yaqin
3. XIX asrdagi eng mashhur dostonlar xato berilgan javobni toping.
 “Bo’zatov”
4. Xalq baxshilari tomonidan bayramlar, xalq sayillarida sadoqatli do’stlik va chin muhabbat ulug’langan qaysi dostonlar kuylangan?
 A va B
5. Xiva xoni Olloqulixon hukmronlik yillarini aniqlang.
 1825-1842
6. Olloqulixon farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning qaysi yilgacha bo’lgan tarixini yozgan?
 1812 yilgacha
7. Shermuhammad Munisning asl ismi kim?
 Shermuhammad Amir Avazbiy o’g’li
8. Xorazmlik qaysi tarixchi 18 mingdan ortiq misrani o’z ichiga olgan devonini avlodlarga meros qilib qoldirgan?
 Munis
9. 1819-yil Munis kimning qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishdi va bu asarning I-jildini tarjima qilishga erishdi?
 Mirxond-“Ravzat-us safo”
10. Ogohiy Munisning qaysi asarlarining tarjimasini oxiriga yetkazgan?
 A va B
11. Ogohiyning asl ismi kim?
 Muhammad Rizo Ernazarbiy o’g’li
12. Ogohiy qaysi yillari yashagan?
 1809-1874
13. Ogohiy qancha tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlarining muallifi?
 16 ta
14. Ogohiyning puxta bilgan tillari xato berilgan javobni toping.
 uyg’ur
15. Ogohiy Xorazmning qaysi yillari tarixini yozib tugatdi?
 1812-1872
16. Ogohiyning Xiva xonligi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asarlari xato berilgan javobni ko’rsating.
 ”Gulshan ul-mulk”
17. Ogohiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq qaray olmasligi uning qaysi g’azalida yorqin ifodasini topgan?
 “Qish”
18. Quyidagi shaxslarning qaysi biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar bo’lgan?
Ahmad Donish
19. Ahmad Donish qaysi yillari yashab o’tgan?
 1827-1897
20. Ahmad Donish asarlari xato berilgan javobni toping.
 “Navodir ul nihoya”
21. Quyidagi qaysi shaxs Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qiladi?
 Ahmad Donish
22. Ahmad Donish qachon va kimning topshirig’i bilan “Manozir ul-kavokib” nomli astronomiyaga oid asarni yozdi?
 1865-Amir Muazffar
23. Ahmad Donish qachon Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qiladi?
 1857-yil
24. Ahmad Donishning quyidagi qaysi asari astronomiya faniga oid?
 “Manozir ul-kavokib”
25. XIX asrda Qo’qonda kimning hukmronlik davri ilm-fan rivojlanishida muhim o’rin egallagan?
 Umarxon
26. Amir Umarxon hukmronligi davrida saroy shoirlari orasida kim ayniqsa ajralib turgan?
 Fazliy
27. Quyidagi qaysi shaxs she’riy istedodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo’lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig’i-“Malik ush-shuaro” nomini olgan?
 Fazliy
28. Quyidagi qaysi shaxs 200 nafarga yaqin qo’qonlik shoirlar va olimlar ojodini o’z ichiga olgan “Majmuat ush-shuaro” tazkirasini yozgan?
 Fazliy
29. Quyidagi qaysi shaxsning ajoyib g’azallarini xonandalar sevib qo’shiq qilib kuylashgan, she’rlari tili sodda va nihoyatda ravon, xalq tiliga yaqin edi?
 Fazliy
30. XIX asr o’rtalariga borib ayniqsa qaysi xonlikda qurilish ishlari avj oldi?
 Xiva
31. Ichan qal’adagi Muhammad Aminxon madrasasi qaysi yillarda qurilgan?
 1851-1855-yillar
32. Xivada ark darvozasi qarshisida Muhammad Raximxon madrasasi qachon qurilgan?
 1871-yilda
33. Quyidagi qaysi inshoot Ark qarshisida qurilgan?
 Muhammad Rahimxon madrasasi
34. Qo’qon xonligida qurilgan inshootlar qurilgan yili xato berilgan javobni toping.
 Hokim Oyim madrasasi-1868
35. Qo’qon xonligida qaysi inshoot o’zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi?
 Xudoyorxon saroyi
36. Toshkentda Baroqxon madrasasi ta’mirlash ishlari qachon boshlandi?
 1859-yilda
37. Baroqxon madrasasi qarshisida qaysi inshootlar qurilgan?
 Mo’yi Muborak madrasasi, Tillashayx jome masjidi
38. Buxoro amirligida qaysi yozuv uslublaridan binolarni bezashda foydalanildi?
 hamma javob to'g'ri
39. XIX asr o’rtalarida ijodkorlar qaysi tillarda ijod qilishgan?
 fors va o’zbek
40. Zullisonayn bu…..
 ikki tilda ijod qilish
41. Epos bu….
 xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui
42. Xonaqoh bu…..
 darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona
43. Truppa bu….
 xalq og’zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui
6-Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni istilo qilishining boshlanishi (84)

Savollar va javobi


1. Pyotr I O’rta Osiyoga yuborgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan ekspeditsiya rahbari kim?
 B.Cherkasskiy
2. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilish uchun qurgan ilk istehkomining 7 tasi qachon va qayerda qurilgan?
 1718-yil-Irtish daryosi sohilida
3. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishni yanada tezlashtirgan omillar xato berilgan javobni toping.
 xonliklarni bosib olib, madaniyat, ilm-fanni rivojlantirish
4. XIX asrdan boshlab Buyuk Britaniyaning qaysi kompaniyasi strategik ahamiyatga ega bo’lgan xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo mahsulotlariga qiziqishi ortib borgan?
 “Ost-Indiya”
5. Angliya tomonidan O’rta Osiyoga 1825-yilda Angliya bilan aloqalarni yo’lga qo’yish uchun kim yuborilgan?
 M.Murkroft
6. 1832-yilda Buxoraga qaysi ingliz vakili kelgan?
 A.Byorns
7. 1843-yilda inglizlar tomonidan Xiva va Buxoroga kim yuborildi?
 J.Abbot
8. 1844-yilda O’rta Osiyoga kelgan ingliz vakili?
 I.Volf
9. 1825-yilda O’rta Osiyo xonliklarining Angliya bilan aloqlarini yo’lga qo’yish uchun kelgan M.Murkroft taqdiri qanday yakunlandi?
 Buxoroga kelib, qaytib ketayotganida yo’lda 2 hamrohi bilan halok bo’ladi
10. Amir Nasrullo 1842-yilda qatl qildirgan Ost-Indiya kompaniyasining vakillarini toping.
 Ch.Stoddort, A.Konnoli
11. M.Murkroft qachon Buxoroda bo’ldi?
 1825-yil
12. A.Byorns qachon Buxoroga keldi?
 1832-yil
13. Mayor I.Volf qachon O’rta Osiyoda bo’ldi?
 1844-yil
14. Kapitan J.Abbot qachon Xiva va Buxoroda bo’lgan?
 1843-yil
15. Amir Nasrullo tomonidan qachon Ch.Stoddort, A.Konnoli qatl etilgan?
 1842-yil
16. Qachon o’zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubidagi hududlar Afg’oniston viloyatiga aylantirildi?
 1855-yil
17. Qrim urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan?
 1853-1856-yillarda
18. Sirdaryoning orolga quyilish joyida qachon Raim istehkomi qurildi?
 1847-yil
19. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishiga bahonasini ko’rsating.
 chegara hududlarda yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo’lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turgan guruhlarning hujumlarini bartaraf etish.
20. XIX asrda nima uchun Rossiyada to’qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik yuzaga keldi?
 AQShda boshlangan shimol va janub o’rtasidagi fuqarolar urushi (1861-1865)
21. XIX asrning I-yarmida Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishini osonlashtirgan sababni ko’rsating.
 ichki o’zaro urushlar
22. Rossiya O’rta Osiyoni bosib olishni necha bosqichda amalga oshirdi?
 4
23. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining I-bosqichi qachon bo’lib o’tdi?
 1847-1865-yillar
24. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining II-bosqichi qachon bo’lib o’tdi?
 1865-1868-yillar
25. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining III-bosqichi qachon bo’lib o’tdi?
 1873-1879-yillar
26. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishining IV-bosqichi qachon bo’lib o’tdi?
 1880-1885-yillar
27. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining I-bosqichida…..
 Qo’qon xonligining shimoli-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi
28. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining II-bosqichida…..
 Qo’qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi
29. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining III-bosqichida…..
 Xiva va Qo’qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo’di.
30. Rossiya tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining IV-bosqichida…..
 turkmanlar bo’ysundirildi
31. Rossiyaning O’rta Osiyoni istilo qilishining I-bosqichida istilo qilingan hududlarda qanday viloyat tuzildi?
 Orenburg general-gubernatorligiga kiruvchi Turkiston viloyati
32. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar bosqinchilik urushlari olib borildi?
 1864-1885
33. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari necha yil davom etdi?
 20 yildan ortiq
34. Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida qaysi yillar bosqinchilik urushlari natijasida O’rta Osiyo xonliklari hududining qancha qismini bosib olib, mustamlakaga aylantirdi?
 1583255 kv.km
35. Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronlik yillarini aniqlang.
 1855-1881
36. Rossiya imperatori Aleksandr II qachon Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirilishi tog’risidagi ko’rsatma berdi?
 1859-yil
37. …..ni egallash –bu Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega holda olib borishini ta’minlar edi.
 Toshkent
38. Rossiyaning Toshkentni bosib olishda qaysi qal’a harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi?
 Oqmachit
39. Oqmachit qal’asi to’g’risidagi xato ma’lumotni aniqlang?
 hujum paytida 3 mingdan ziyod kishidan iborat rus qo’shiniga 400 kishidan iborat Oqmachit qal’a himoyachilari 19 kun davomida qarshilik ko’rsatishdi
40. 1864-yilda 3 mingdan ziyod qo’shin bilan Toshkentni bosib olish uchun yo’lga chiqqan generallarni aniqlang.
 N.Veryovkin, M.Chernyayev
41. Verniy hozirgi qaysi shahar?
 Almati
42. Avliyoota hozirgi qaysi shahar?
 Taroz
43. Avliyoota qayerda joylashgan?
 Talas daryosining chap sohilida
44. Avliyoota qal’asi qachon va kim tomonidan bosib olindi?
 1864-yil 4-iyun-Chernyayev
45. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilgan Qo’qon amirlashkari?
 A va B
46. Alimqulni chekinishga majbur qilgan Veryovkinning ultimatum shartlari xato berilgan javobni aniqlang.
 Alimqulning o’zini tutib o’ldirish
47. Turkiston qachon va kim tomonidan bosib olindi?
 1864-yil 12-iyul-Veryovkin
48. Veryovkin Turkistonni bosib olish uchun necha kun urushdi?
 3 kun
49. Rus bosqini davrida Toshkent necha kilometrlik qal’a devor bilan o’rab olingan edi?
 20 km
50. Toshkentni bosib olish uchun harbiy harakatga kim qo’mandon etib tayinlandi?
 Chernyayev
51. 1864-yil kuzida qaysi shahar Rossiya tomonidan egallandi?
Chimkent
52. Sirdaryo istehkom chizig’ini ko’rsating?
 Raim qal’asidan-Perovskiy fortigacha
53. Qayerning egallanishidan keyin Yangi Qo’qon chizig’I asosida qo’lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi?
 Chimkent
54. Chor Rossiyasi bosqini arafasida O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan birini aniqlang?
 Toshkent
55. XIX asrning II-yarmida Toshkentning qancha darvozasi bo’lgan?
 12 ta
56. Toshkent darvozalari xato berilgan javobni aniqlang.
 Otadarvoza, Toshdarvoza, Qo’y, Polvon
57. Toshkent devorlari ortidagi xandaqlarga qaysi ariqdan suv kelgan?
 Kaykovus
58. Toshkent necha dahadan iborat va qaysilar?
 4 ta-Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor, Shayxontoxur
59. Toshkent dahalari kim tomonidan boshqarilgan?
 oqsoqol
60. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahri aholisini aniqlang?
 80 mingga yaqin
61. Qaysi rus generali qachon o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan toshkentni qo’lga kiritmoqchi bo’ldi?
 1864-yil 1-oktyabr-Chernyayev
62. Chernyayev Toshkentga qilgan dastlabki yurishida 70 nafardan ziyod askaridan ajralib qayerga chekindi?
 Chimkent
63. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
 Niyozbek qal’asi uchun jang 29-apreldan boshlanadi va jang 3 kun davom etadi
64. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan?
 Chirchiq daryosining chap sohilida
65. Quyidagi qaysi qo’rg’on Toshkent darvozasi deb nom olgan?
 Niyozbek
66. Qaysi qal’aning qo’lga kiritilishi M.Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo’yish imkoniyatini berdi?
 Niyozbek
67. M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar qachon Toshkentga bevosita hujum boshladilar?
 1865-yil may
68. Rus qo’shinlariga Toshkentda kim boshchiligidagi qo’shin qarshilik ko’rsatdi?
 A va B
69. Ruslarga qarshi kurashayotgan Toshkent himoyachilarini sarosimaga solib qo’ygan sababni aniqlang.
 Aliqulining yarador bo’lib vafot etishi
70. Rus qo’shinlari Toshkentga qaysi darvozadan kirib keldilar?
 Kamolon
71. Rus bosqini davrida Toshkent uchun asosiy jang qayerda bo’lib o’tdi?
 Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko’chada
72. Toshkent himoyachilari nima sababdan qal’aga o’t qo’yadilar?
 A va B
73. Toshkent uchun jang davom etayotganida Chernyayev Toshkentning qaysi darvozasi tomon chekingan?
 Kamolon
74. Rus bosqini davrida Toshkentdagi yong’inlarni o’z vaqtida o’chirish imkoniyatini bermagan sababni aniqlang?
 suv yo’llarining to’sib qo’yilganligi
75. 1865-yil 17-iyunda Chernyayev qaysi dahalarning oqsoqollarini yoniga chaqirdi?
 Ko’kcha, Sebzor, Beshyog’och, Shayxontoxur
76. 1865-yil 17-iyunda M.Chernyeyev uchrashgan Toshkentning hufuzli kishilari xato berilgan javobni aniqlang.
 Salim oxun
77. Sibirga surgun qilingan Toshkent vatanparvarlari xato berilgan javobni aniqlang.
 Salim oxun
78. M.Chernyayevning shaharni “ixtiyoriy ravishda topshirish” to’g’risidagi sulhni necha oqsoqol imzoladi?
 9 ta
79. Toshkent ruslar tomonidan bosib olingach istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarida qanday viloyat tuzildi va uning gubernatori kim?
 Turkiston-Chernyayev
80. “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qachon qabul qilindi?
 1865-yil 6-avgust
81. Ekspeditsiya bu……
 lotincha-yurish-maxsus topshiriqqa binoan biror guruhning safari
82. Ultimatum bu…..
 lotincha-so’ngi, oxirgi-biror masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o’rin qoldirmaydigan qat’iy talabi
83. Daha bu…..
 qadimgi so’g’dcha-qishloq-shaharning bir qismi, ma’muriy bo’linma
84. Rossiya atamasi nima uchun Chor Rossiyasi tarzida talaffuz qilingan?
 rus tilida podsho “sar” deyilgan, shuning uchun ham “Sarskaya Rossiya” podsho Rossiyasi deyilgan
7-Turkiston General-gubernatorligining tashkil etilishi (35)

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling