9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.61 Mb.
bet18/23
Sana03.06.2020
Hajmi0.61 Mb.
#114254
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan

Savollar va javobi


1. S.M.Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori bo’ldi?
 1898-1901
2. “Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi” so’zlari kimga tegishli?
 Duxovskoy
3. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II qachon “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ni tasdiqlaydi?
 1865-yil 6-avgust
4. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ning bandlari xato berilgan javobni toping.
 boshqaruv xalq qo’liga o’tadi
5. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra boshqaruv kimlar qo’liga o’tadi?
 harbiy zobitlar
6. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra viloyat bo’limlarga bo’linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o’zida kim hisoblangan?
 harbiy komendant
7. “O’lkada eng kichik boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida bo’lgan” so’zlari kimga tegishli?
 Palen
8. Qaysi yillarda senator Palen Turkiston o’lkasini podsho topshirig’I bilan taftish qilgan?
 1908-1910
9. Mahalliy aholi vakillariga ruslar tomonidan boshqaruvning eng quyi bosqichlaridagi lavozimlar berilgan.Bular qaysilar? 1.volost boshliqlari(mingboshilar) 2.qishloq oqsoqollari 3.ovul boshliqlari 4.qozi 5.biy va ularning yordamchilari 6.yoshulli 7.qishloq oqsoqoli 8.hokim 9.uyezd boshlig’i
 1,2,3,4,5
10. Volost boshliqlarini ko’rsating.
 mingboshi
11. Rus hukumatining o’lkadagi katta vakolatlarga ega bo’lgan ijrochi organini aniqlang.
 general-gubernatorlik devoni
12. Quyidagi xato javobni toping.
 uchastkalarni uchastka pristanlari boshqargan
13. Turkistonda rus yuqori organlari nazoratida bo’lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi…..saqlanib qolgan.
 boshqaruv organlari va soliq tizimi
14. Rossiya imperiyasining dastlab boshqaruv sohasida katta o’zgarishlar qilmagan sabablarni aniqlang.
 A va B
15. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi quyi boshqaruvni saqlab qolishi sabablari xato berilgan javobni ko’rsating.
 boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi kadrlarning yetarliligi
16. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida o’troq aholi ….ga birlashtirilgan.
 oqsoqoliklarga
17. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida chorvador aholi ….ga birlashtirilgan.
 B va C
18. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir oqsoqollik ….dan iborat bo’lgan.
 100-200 xonadon
19. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir ovul ….dan iborat bo’lgan.
 100-200 o’tov
20. Rossiya imperiyasining markaziy rayonlaridan O’rta Osiyoga aholi ko’chirib kelib joylashtirildi.Bundan maqsad……….
 mahalliy aholini ruslashtirish
21. “Shahar nizomi” qachon va qayerda joriy qilingan?
 1877-Toshkent
22. 1877-yilda joriy qilingan “Shahar nizomi”ga ko’ra shahar boshqaruvi…..ga o’tgan.
 Duma
23. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
 shaharning 80 ming aholisidan 21 ta deputat, 3900 nafari asosan ruslardan iborat aholidan 47 deputat qatnashgan
24. Yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” qachon va qaysi rus imperatori tomonidan tasdiqlandi?
 1886-yil 12-iyul-Aleksandr III
25. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ni qabul qilishdan asosiy maqsad……
 A va B
26. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Zarafshon okrugi qaysi viloyatga aylantirildi?
 Samarqand
27. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Samarqand viloyati tarkibiga kiritilgan uyezdlarni ko’rsating. 1.Xo’jand 2.Jizzax 3.Kattaqo’rg’on 4.Samarqand 5.Andijon 6.Namangan 7.Toshkent
 1,2,3,4
28. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Amudaryo bo’limining bir qismi qaysi viloyatga o’tkazildi?
 Sirdaryo
29. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Qurama uyezdi qanday uyezdga aylantirildi?
 Toshkent
30. Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni qancha bo’lgan?
 1,7 mln kv.km
31. Turkiston general-gubernatorligining aholisi qancha bo’lgan?
 5,2 mln
32. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1897-yildagi sonini aniqlang.
 5 mln
33. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1911-yildagi sonini aniqlang.
 6 mln
34. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 1897-yildagi sonini aniqlang.
 197 ming
35. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 1911-yildagi sonini aniqlang.
 400 ming
36. 1886-yildagi “Nizom”ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora……bilan to’ldirilgan.
 Turkiston general-gubernatorligining Kengashi
37. Turkiston general-gubernatorligining Kengashi doimiy a’zolari xato berilgan javobni toping.
 Turkiston uyezdi pristavi
38. Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi qayerda ta’sis etilgan?
 Buxoro
39. Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi-shaharning o’zini o’zi boshqarish organi bu……
 Duma
40. Tumanlarga teng (tumandan katta, viloyatdan kichik) ma’muriy-hududiy bo’linma bu….
 uyezd
41. Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat bo’linma bu….
 volost
42. Qal’a yoki tumandagi barcha qo’shinlar qo’mandoni….
 komendant
43. Aholi yashash joyi nazoratchisi bu….
 uchastka pristavi
13-Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati (15)

Savollar va javobi


1. 1886-yildagi “Nizom”ning qaysi bo’limida Turkiston o’lkasida shakllanib kelayotgan ananaviy yerga egalik qilish munosabatlari o’zgartirib yuborildi?
 “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi”
2. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida berilgan ma’lumot xato berilgan javobni toping.
 Katta yer egalariga katta imtiyozlar berildi
3. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida vaqf yerlari to’g’risida xato ma’lumotni toping.
 masjid tasarrufidagi yerlar davlat solig’iga tortilmaydigan bo’ldi
4. Turkistonda masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashishiga sabab…..
 vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat qo’liga o’tishi
5. Qaysi hujjatda bo’sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy qilib belgilab qo’yilgan?
 1886-yildagi “Nizom”da
6. Rossiyadan Turkistonga ko’chirib keltirilgan aholiga berilgan imtiyozlar xato berilan javobni toping.
 ko’chirib kelinganlar keyingi 6 yil davomida soliqlarning yarmini to’lagan
7. Rossiyadan Turkistonga kelgan dehqonlarning I-manzilgohi qachon va qayerda paydo bo’lgan?
 1875-Avliyoota
8. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 1890-1892 –yillarda 25 ta rus dehqonlarining manzilgohi tashkil topdi
9. Turkistonda 1891-1892-yillarda ko’chib kelgan rus dehqonlarining qancha manzilgohi paydo bo’lgan?
 25 ta
10. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasiga qancha oila ko’chib kelib joylashgan?
 1300 ta
11. Turkiston o’lkasida Toshkent shahridan tashqari yana qaysi shaharlarida ko’chib kelganlarning posyolkalari paydo bo’ldi?
 Yangi Marg’ilon, Samarqand, Andijon
12. Toshkentdagi qaysi anhor Toshkentni 2 qismga ajratadigan chegara bo’lgan?
 Bo’zsuv
13. Qachondan boshlab o’zboshimchalik bilan kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko’chirilganlarga berilgan imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi e’lon qilindi?
 1892-yil
14. Rossiyadan Turkistonga ko’chib kelganlar necha yil soliqlardan ozod qilingan?
 5 yil
15. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasida qancha rus qishlog’I tashkil qilindi?
 19 ta
14-Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi (32)

Savollar va javobi


1. Xonlik davrlarida qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo’lgan shaxslar kimga murojaat qilishgan?
qozikalon
2. Qozikalon ishni ko’rib chiqishni kimning hukmiga havola qilgan?
 diniy ulamolar
3. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 qozilar davlatdan maosh olishgan
4. 1867-yilgi “Nizom” loyihasi bo’yicha Turkistonda tashkil qilingan sudlarni ko’rsating. 1.qozilar sudlari 2.biylar sudlar 3.uyezd sudlari 4.muvaqqat harbiy sudlov komissiyalari 5.viloyat boshqaruvining sud bo’limlari 6.general-gubernatorligining sudlov bo’limlari 7.oqsoqol sudlari 8.konstitutsiyaviy sud
 1,2,3,4,5,6
5. Turkistonda volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomondan necha yil muddatga saylangan?
 3 yil
6. Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun qachon va qayerda mahkama joriy qildi?
 1866 yil-Toshkent
7. Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun joriy qilgan mahkama tarkibiga kimlar kirgan?
 qozi va 7 nafar a’lam
8. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 mahkama faoliyati general-gubernator amaldori vakili tomonidan nazorat qilib borilgan
9. Qozi sudlarining vakolatiga…….kirgan.
 davo hajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish.
10. Turkistonda rus bosqinidan keyin yirik davolar qayerda ko’rib chiqilgan?
 qozilar va biylar qurultoyida
11. Qozilar va biylar qurultoyi yig’ilishi qanday nom bilan atalgan?
 xalq sudyalari qurultoyi
12. Xalq sudyalari qurultoyi qanday ishlarni ko’rib chiqqan?
 davo hajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish
13. Turkistonda qaysi bosqich sudlari turli volostlar va uyezdlar aholisi o’rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qilgan?
 III-bosqich
14. Turkistonda III-bosqich sudlari qanday ishlarni hal qilgan?
 turli volostlar va uyezdlar o’rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qilgan
15. Turkistonda qozilar soni qanday qilib belgilangan?
 aholi soniga qarab
16. Toshkentda necha qozi bo’lgan?
 4 ta
17. Samarqand shahrida necha qozi bo’lgan?
 2 ta
18. Samarqand volostida qancha qozi bo’lgan ?
 1 ta
19. Turkiston o’lkasida yashaydigan rossiyalik aholi uchun qanday sudlar faoliyat olib borgan ?
 imperiya qonunlari asosidagi sudlar
20. Turkiston general –gubernatori o’lkada yana qanday vazifalarni ham bajargan ?
 A va B
21. Turkistonda viloyat va o’ka sudlari vazufalari qaysi organlar zimmasiga yuklatilgan ?
 A va B
22. Rus bosqinidan keyin Turkistonda qozilar va biylar sudlari a’zolarining poraxo’rligini avj oldirgan sababni ko’rsating.
 sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida bo’lishi
23. 1886-yildagi «Nizom » ga ko’ra xato ma’lumotni aniqlang.
 sud ekspertiza, tuman prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi
24. Turkiston o’lkasida viloyat sudlari qachon tugatilgan?
 1898-yil
25. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi-hukumat dumasiga bo’ysungan
26. Turkistonda okrug sudlari vakillari xato berilgan javobni aniqlang.
 sud ekspertizasi
27. Rossiya imperiyasining oliy sudi qanday nom bilan ataladi ?
hukumat senati
28. Turkistonda sudyalar va ikkita sud a’zosi qarori ustidan berilgan apelyatsiyani kim ko’rib chiqqan?
 hukumat senati
29. Lotincha-shikoyat, norozilik bildirish-sud hukmidan norozi bo’lgan, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli bu…..
 apellyatsiya
30. Ruscha-vakolati cheklab qo’yilgan mahkama idora bu.....
 zemstvo
31. Shariat qoidalari asosida ish ko’rgan sud bu......
 qozi sudi
32. Qabila urf-odatlariga tayanib ish ko’radigan sud bu.....
 biy sudi
15-Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o'rnatilishi (16)

Savollar va javobi


1. Turkiston o’lkasida mustamlaka tartiboti......g asoslangan edi.
 harbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimi
2. Dastlabki poyezd qachon Samarqandga keldi?
 1888-yil
3. Qaysi yili temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi?
 1899-yil
4. Rossiya qurolli kuchlarining asosiy harbiy bazalari qayerda joylashgan edi?
 Kavkaz
5. Krasnovodskdan Andijongacha bo’lgan masofa qancha?
 3 ming km dan ziyod
6. Turkistonda XX asr boshlarida temiryo’llarning nafaqat harbiy balki iqtisodiy ahamiyatini ko’targan sabablarni aniqlang.
 A va B
7. O’rta Osiyoda 1899-yil qurilgan temiryo’l qaysi shaharlarni birlashtirgan edi?
Toshkent-Andijon
8. Rus hukumati tomonidan qachon “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi Nizom” e’lon qilindi?
 1881-yil
9. Qaysi yillar oralig’i Turkiston “kuchaytirilgan qo’riqlov” va “favqulodda qo’riqlov” holatida bo’ldi?
 1892-1916-yillar
10. Rus hukumati tomonidan qabul qilingan “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang.
 uyezd politsiyasi boshlig’i har qanday odamni 17 kun qamoqqa olishga yoki jarimaga tortish vakolatiga ega bo’lgan
11. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan rus imperatori maxfiy maslahatchisini aniqlang.
 Girs
12. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan Girs o’lkada qancha kishi yashashini aniqlagan edi?
 2404000 kishi
13. Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan amaldor kim?
 Girs
14. 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan Girs o’lkada jami aholining qanchasi erkak kishi ekanligini aniqlagan edi?
 1200000 kishi
15. Quyidagi qaysi so’z nemischa “ma’muriyat” degan ma’noni anglatadi?
 politsiya
16. Uyezd politsiyasi boshlig’i bu ….
 ispravnik
16-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy-ijtimoiy hayot (18)

Savollar va javobi


1. Turkistonda ayniqsa qaysi sanoat sohasi uchun paxta yetishtirish ko’paydi?
 to’qimachilik
2. Turkistonda rus bosqinidan keyin g’allaning tanqisligiga olib kelgan sababni aniqlang.
 paxtaning ko’p yetishtirilishi
3. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida qancha sanoat korxonasi ishga tushirilgan?
 175 ta
4. Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni necha soat bo’lgan?
 16 soat
5. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasida qancha ishchi ishlagan?
 20 ming
6. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
 Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni 15 soat bo’lgan
7. Turkistonda hunarmandlar mahsuloti bozorining kasodga uchrash sababini aniqlang.
 Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqilgan sanoat mahsulotlarining o’lkaga kirib kelishi
8. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari …..ni rivojlantirishga qaratilgan edi.
 paxtachilik
9. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang.
 paxta maydonlarining kengaytirilishi
10. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishi ayniqsa qaysi hududda yaqqol sezilgan?
 Farg’ona vodiysi
11. Turkistonda Rossiya imperiyasi uchun paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlarni aniqlang.
 Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand
12. Qaysi yildan Turkistonda paxtaning Amerika navi ekila boshlandi?
 1884-yil
13. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon boshlandi?
 1911-yil
14. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon yakunlandi?
 1913-yil
15. Sirdaryo magistral kanali qaysi yillar bunyod etilgan?
 1911-1913-yillar
16. Turkistonda sug’orilish ishlarining ko’pi bajarilmay qolib ketgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Sirdaryo viloyati
17. Rossiya mustamlakachi hukumati uchun Turkiston o’lkasida neft va oltindan keyingi o’rinda turuvchi yuqori daromadli xomashyoni aniqlang.
 paxta
18. Qaysi yillarda Turkiston general-gubernatorligiga 175 ta sanoat korxonasi sihga tushirilgan?
 1867-1900-yillar
17-Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabablari (17)

Savollar va javobi


1. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang.
 dehqonlar, hunarmandlar
2. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukumatiga qarshi qo’zg’alonlarda ishtirok etgan aholi qatlamlari xato berilgan javobni toping.
 mingboshilar, ellikboshilar
3. Yetimxon qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lib o’tdi?
 1878-yil-Mingtepa
4. Qachon mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig’ildi?
 1879-yilning kuzi
5. 1879-yilning kuzida nima uchun mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig’ildi?
 A va B
6. 1880-yil noyabrida qayerda qo’zg’alon ko’tarildi?
 Xo’jand uyezdida
7. Mingtepa bu hozirgi qaysi tumanga to’g’ri keladi?
Marhamat
8. 1880-yilning noyabrida hamma soliqlarni to’laganlariga qaramay, Xo’jand uyezdi boshlig’i Xo’jand va O’ratepa tumanlaridagi aholidan qo’shimcha yer solig’I olinadi deb e’lon qiladi.Sabr-kosasi to’lgan xalq kimlar boshchiligida uyezd boshlig’ining mahkamasiga borishadi?
 Rahmonqulixoji, Mirkarimboy
9. Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd boshlig’ining uyini o’rab oldilar?
 1882-yilning boshlari-Namangan
10. Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi?
 1885-yilning yozi
11. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda ko’tarildi?
 1885-yilning yozi-Andijon
12. Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar?
 Darvishxon
13. Qachon Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi?
 1896-yil
14. Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlar xato berilgan javobni aniqlang.
 Yangibozor
15. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi?
 Oqsuv-Shaxrixon
16. Quyidagi xato ma’lumotni toping.
 mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita konstitutsion sudga bera boshladilar
17. Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar?
 1892-yil
18-Toshkentda vabo isyoni (31)

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling