Dars turi: yangi tushuncha , bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodi: “Zakovat” savollari, ”Slaydlar”, guruhlarda ishlash
Dars jihozlari :”O’zbekiston tarixi” darsligi , Dunyoning siyosiy xaritasi ,doska, bo’r, vatman , marker, skoch, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: “Zakovat”
1.Toshkent ruslar tomonidan qachon bosib olindi? (1865) 2.Turkiston general gubernatorligi tashkil qilingan sana? (1867) 3.Rossiya imperiyasi tomonidan Chimkent qachon egallandi?(1864) 4. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyo bosib olinishining to’rtinchi bosqichi qachon tugadi?(1885) 5.O’rta Osiyo bosib olinishining birinchi bosqichi(1847) 6.Oqmasjid nechanchi yilda bosib olindi?(1853)
Yangi mavzu: kichik ma’ruza. Film namoiyish etiladi.
Mustamlakachilar “Bo’libv tashla va hukmronlik qil “ shiori ostida siyosat olib borganlar. Gubernator Romanovskiy 1866 yil Buxoro amirligiga qarshu urush boshlaydi . Birinchi jang 1866 yil 8 mayda Erjar qishlog’I yaqinida bo’ladi . Bunda amir mag’lubiyatga uchraydi
So’ng O’ratepa va Jizzah ham qo’lga olinadi .
Mustahkamlash.”Marra tomon olg’a”
1.”Ultimatum so’zi qanday ma’noni bildiradi 2.”Bo’lib tashla va hukmronlik qil” nima degani? 3.Buxoro amiri nega Toshkentliklarga yordam bermadi? 4.Bunda xonliklar o’rtasida aloqalar qanday bo’ldi? 5.Rossiya imperiyasi bosqini davrida Buxoro amiri kim edi?
Baholash.
Uyga vazifa. Mavzuni o’qish ,savollarga javob berish.
Sana_________________Sinf________________O’zbekiston tarixi
Mavzu: BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING O’RNATILISHI
Darsning maqsadi: ta’limiy; O’quvchilarga Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Buxoro amirligi hududida istilochilik yurishlari haqida bilim berish .
tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: siyosiy fikrlashga o’rgatish
Do'stlaringiz bilan baham: |