Dars metodi: “Zakovat” savollari, ”Slaydlar”, guruhlarda ishlash
Dars jihozlari :”O’zbekiston tarixi” darsligi , Dunyoning siyosiy xaritasi ,doska, bo’r, vatman , marker, skoch, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: “Zakovat”
1.”Ultimatum so’zi qanday ma’noni bildiradi? 2.”Bo’lib tashla va hukmronlik qil” nima degani? 3.Buxoro amiri nega Toshkentliklarga yordam bermadi? 4.Bunda xonliklar o’rtasida aloqalar qanday bo’ldi? 5.Rossiya imperiyasi bosqini davrida Buxoro amiri kim edi?
6.Jizzahning bosib olinishi ni qanday izohlaysiz ?
Yangi mavzu: kichik ma’ruza .
1868 yil Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylandi
Zarafshon vohasi Rossiya hududiga qarashli Turkiston general gubernatorligiga qo’shib olindi .
Abdumalik to’ra , Jo’rabek , Bobobeklar rahbarligida xalq xarakatlari olib borildi .
“Guruhlarda ishlash”
1-guruh.Amir Muzaffarning bemavrid huzur-halovati. 2-guruh.General fon Kaufmanning Buxoro amirligiga qilgan sulx shartlari 3-guruh.Abdumalik to’ra faoliyati 4-guruh. Jo’rabek va Bobobek qarshiligi.
Mustahkamlash. 1.Kaufman nima uchun Samarqandga yurish qildi ? 2.Zirabuloq jangi haqida nima bilasiz? 3.Samarqndda xalq harakatiga kimlar boshchilik qildi? 4.1868 y shartnomaga ko’ra amirlikni qaysi hududlari Rossiya imperiyasiga o’tdi? 5.1873 y shartnoma mohiyatini aytib bering. 6.Jo’rabek va Bobobek bu… 7.Vassal bu… 8.Protektorat bu …
Baholash. Faol o’quvchilar baholanadi.
Vazifa. Mavzuni o’qish .Savollarga javob berish.
Sana__________________Sinf________________Jahon tarixi
Mavzu: XIVA XONLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI PROTEKTORATINING O’RNATILISHI
Darsning maqsadi: ta’limiy; O’quvchilarga Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Xiva xonligi hududida istilochilik yurishlari haqida bilim berish .
tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: siyosiy fikrlashga o’rgatish
Do'stlaringiz bilan baham: |