9-sinf Sana


Download 326.31 Kb.
bet9/10
Sana21.06.2023
Hajmi326.31 Kb.
#1644554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kimyo9 tezis 22.05

II-variant

  • Masala: 0,8 mol kaliy dixromat konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, necha gramm xrom (VI) – oksidi olindi?

  • Masala: Kaliy permanganat bialn xlorid kislota reaksiyaga kirishdi. Bu usul bialn laboratoriya sharoitida 3 litr xlor olindi. Reaksiyada necha gramm kaliy permanganat ishtirok etgan?

  • Masala: Cho’g’langan temir suv bug’i bilan reaksiyaga kirishdi. Natijada 20 gramm temir kuyundisi hosil bo’ldi. Reaksiyada necha gramm suv ishtirok etgan?

  • Masala: Quyidagi genetik bog’lanishni bajaring:

Fe(OH)3 → Fe2(SO4)3 → Fe(OH)3 → Fe2O3
Uyga vazifa: Nazorat ishining II-variantini yechish
____________________________________________________________________________________

  • Sana : 19.05.2020

Mavzu : Kumush va oltin, olinishi, xossalari va ishlatilishi
O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva
Mavzu bayoni:






Ag

Au

1

Davr raqami

5

6

2

Qator raqami

7

9

3

Guruh

I - B

I - B

4

Tartib raqami

47

79

5

Nisbiy atom massasi

107,87

197



Kumush (Ag). Kumush yaltiroq, oq rangdagi yumshoq metall bo‘lib, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Juda yaxshi bolg‘alanadi. Kumush yumshoq metall bo‘lganligi sababli uning mis yoki rux bilan turli nisbatdagi qotishmalari ishlatiladi.
Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy qator davlatlarga yurish qilib, birin ketin ularni bosib oladi. Jumladan, Hindistonga yurishi vaqtida uning askarlari orasida oshqozon-ichak kasalligi tarqaladi va ko‘plab askarlar ushbu kasallikdan o‘lib ketishadi. Qizig‘i shundaki, kasallik faqat oddiy
askarlar o‘rtasida tarqaladi. Rahbarlar o‘rtasida esa bu kasallik uchramaydi. Nega?
Kumushning tuzlari mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli turli xildagi dori vositalari tayyorlanadi. Kumush ioni [Ag+] tutgan suv uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi.
Kumush kimyoviy jihatdan juda ham passiv. Kislorod, suv, hatto kislotalar bilan ham reaksiyaga kirish-maydi. Konsentrlangan nitrat kislotada erib, kumush nitratni hosil qiladi:
Ag + 2HNO3= AgNO3 + NO2↑+ H2O
Qizdirilganda xlor, brom, yod va oltingururt bilan reaksiyaga kirishadi. Kumush nitrat kumushning eng ko‘p ishlatiladigan birikmasidir. Undan kumushning boshqa birikmalari olinadi, ko‘zgu tayyorlashda ham ishlatiladi.
Kumush nitrat galogenidlar uchun reaktiv, ya’ni xlorid, bromid, ionidlarni aniqlashda ishlatiladigan moddadir. NaCl + AgNO3 = AgCl↓ + NaNO3
Oltin (Au). Oltin yumshoq, plastik, cho‘ziluvchan, sariq rangli metall. Moss shkalasi bo‘yicha qattiqligi 2,5 ga teng. Oltindan qalinligi 0,0002 mm gacha bo‘lgan yupqa zar qog‘ozlar tayyorlash yoki 1 g oltindan 3,5 km li juda ham ingichka sim tayyorlash mumkin. Issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Zichligi 19,32 g/cm3. Oltin tabiatda, asosan, sof holda (tug‘ma) uchraydigan metall bo‘lib, tabiatda yombi holida juda kam, mayda-mayda holatda qum va tog‘ jinslarida sochilib joylashgan.
Sanoatda esa asosiy usul rudadan oltinning sianidli kompleks tuzini ajratib olish, ya’ni sianlash usulidan foydalaniladi: 4Au + 8KCN + O2+ 2H2O = 4K[Au(CN)2] + 4KOH
Oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlarini ko‘rgansiz. U juda ham kimyoviy jihatdan passiv. Deyarli kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi. Oltin faqat zar suvi, ya’ni nitrat kislota bilan xlorid kislotani 1:3 mol nisbatdagi aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi: Au + HNO3+ 3HCl = AuCl3+ NO↑+ 2H2O
Oltin qimmatbaho zargarlik metali. Ammo u yumshoq. Shuning uchun zargarlik va texnik buyumlar tayyorlash uchun uning kumush yoki mis bilan hosil qilgan qotishmalaridan foydalaniladi.

Download 326.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling