9-sinf Sana
Download 326.31 Kb.
|
kimyo9 tezis 22.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
- Javob
- O‘qituvchi
9-sinf Sana : 31.03.2020 Mavzu : Xrom O‘qituvchi: Mukarram Qodirova Mavzu bayoni:
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savol-topshiriqlariga javob yozish __________________________________________________________________________________ Sana : 02.04.2020 Mavzu : Xromning II, III va VI valentli birikmalari O‘qituvchi: Gulandon Jumayeva Mavzu bayoni: Xrom o’zining +2, +3, +6 oksidlanish darajalarida barqaror birikmalarini hosil qiladi: Cr+2O-2 ̶ xromning (II)-oksid - asosli Cr2+3O3-2 ̶ xromning (III)-oksid - amfoter Cr+6O3-2 ̶ xromning (II)-oksid - kislotali 2Cr + O2 = 2CrO 4CrO + O2 = 2Cr2O3 CrO + 2HCl = CrCl2 + H2O Cr(OH)2 + 2HCl = CrCl2 + 2H2O Cr2O3 + 6HNO3 = 2Cr(NO3)3 + 3H2O Cr2O3 + 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O (NH4)2Cr2O7 → Cr2O3 + N2↑ + 4H2O CrO3 + 2NaOH = Na2CrO4 + H2O CrO3 + H2O = H2CrO4 2CrO3 + H2O = H2Cr2O7 Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savol-topshiriqlariga javob yozish ___________________________________________________________________________________ Sana : 07.04.2020 Mavzu : Marganesning daviy jadvaldagi o’rni O‘qituvchi: Gulandon Jumayeva Mavzu bayoni:
Uyga vazifa: 145-146-bet o’qish, krossvord tuzish, masala ___________________________________________________________________________________ Sana : 10.04.2020 Mavzu : Temir O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva Mavzu bayoni: Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Temir davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib raqami - 26. Kimyoviy belgisi - Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi. Tabiatda tarqalishi. Aluminiydan keyin temir eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir Yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir Yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib qoladi. Yer qobig'ida temiming massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida bo'ladi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit - magnit temirtosh Fe304, gematit - qizil temirtosh Fe203, limonit - qo'ng'ir temirtosh 2Fe203-3H20, siderit - temir shpati FeC03, pirit - temir kolchedani FeS2. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, 1-2-savol, 165-bet 3-masala ____________________________________________________________________________________ Sana : 14.04.2020 Mavzu : Temirning eng muhim birikmalari. Temirning ishlatilishi O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva Mavzu bayoni: Fe + 2HCl = FeCl2 + H2↑ FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 + 2NaCl Fe(OH)2 → FeO + H2O 2FeCl3 + Fe = 3FeCl2 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3; 2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3SO2↑+ 6H2O Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, 165-bet 4-masala ____________________________________________________________________________________ Sana : 17.04.2020 Mavzu : Metallarga oid masalalar yechish O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva Mavzu bayoni: (NH4)2Cr2O7 tuzidan laboratoriya sharoitida « Sun’iy vulqon » deb ataluvchi qiziqarli tajribani amalga oshirish mumkin. Bu tajriba uchun 5,04 g ammoniy dixromat olingan bo’lsa, n. sh. da o’lchangan hajm va qanday gaz hosil bo’ladi? Javob: 0,488 litr Bog’dorchilikda turli xil zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan “Bodros suyuqligi” ni tayyorlashda mis kuporosidan foydalaniladi. Uning 12,5 grami qizdirilganda uning massasi 4,5 g ga kamaygan bo’lsa, mis kuporosining formulasini aniqlang Javob: CuSO4 *5H2O Uyga vazifa: 161-bet 3-masala, 165-bet 4-masalani namuna asosida yechish ___________________________________________________________________________________ Sana : 21.04.2020 Mavzu : O’zbekistonda metallurgiya. Cho’yan ishlab chiqarish O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva Mavzu bayoni: O‘zbekistonda metallurgiya sanoati, asosan, Bekobodda joylashgan bo‘lib, Bekobod metallurgiya zavodida qora metall mahsulotlari: po‘lat va cho‘yan ishlab chiqariladi. Domnada quyidagi kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi: 1) koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi: C + O2 →CO2↑ 2) yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi: CO2 + C → 2CO↑ 3) CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi: Fe2O3 * nH2O →Fe2O3 + nH2O (500—700 °C) 3Fe2O3 + CO → 2Fe3O4 + CO2↑ (450—500 °C) Fe3O4 + CO → 3FeO + CO2↑ (500—700 °C) FeO + CO → Fe + CO2↑ (700—800 °C) Cho’yandan tayyorlangan ayrim buyumlarni qanday boshqa arzonroq zamonaviy xomashyolardan tayyorlash mumkin? Ularning qanday afzalliklari bor? Uyga vazifa: Yuqoridagi savollarga javob yozish ____________________________________________________________________________________ Sana : 24.04.2020 Mavzu : Po’lat ishlab chiqarish O‘qituvchi: Dilfuza Turdiyeva Mavzu bayoni: Xalq xo‘jal igida eng ko‘p ishlati ladigan po‘lat, asosan, cho‘yanni qayta ishlab olinadi. Po‘lat olish jarayoni-ning asosiy mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerodni kamaytirish hamda oltingugrt, fosfor, kremniy, marganes-larni iloji boricha yo‘qotishdaniboratdir. Buning uchun havo kislorodi yordamida temirning ma’lum bir qismi oksidlanib, temir (II)-oksidiga va hosil bo‘lgan temir (II)-oksidi yordamida cho‘yan tarkibidagi qo‘shimchalar oksidlanadi. 2Fe + O2 → 2FeO + Q 5FeO + 2P → 5Fe + P2O5 + Q 2FeO + Si → 2Fe + SiO2 + Q FeO + Mn → Fe + MnO + Q FeO + C → Fe + CO↑ + Q Uglerod CO va CO2 gazlari ko‘rinishida chiqarib yuboriladi. Kremniy, marganes va boshqa metallarning oksidlari shlak tarkibiga o‘tadi. Oltingugurt — cho‘yan tarkibida FeS ko‘rinishda bo‘ladi va u CaO yordamida CaS shakliga o‘tadi. Fosfor esa cho‘yan tarkibidagi fosforni oksidlanishida hosil bo‘lgan P2O5 ni ohak bilan ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan Ca3(PO4)2 shaklida shlak tarkibiga o‘tadi. FeS + CaO = CaS + FeO 3CaO + P2O5 = Ca3(PO4)2 To‘yingan cho‘yandan po‘lat olish jarayoni kislorod konvertori, marten pechi yoki elektr yoyi pechlarida amalga oshiriladi. Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi. Download 326.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling