Topshiriq: O`quvchilardan quyidagi savolga javob berish so`raladi: Fan-
texnikaga nisbatan qanday tarbiyaviy ahamiyat talab etiladi?
Sana:
22-Mavzu: Oilaviy qadriyatlar psixologiyasi
Kun shiori: Oila-qo’sh ustunli ayvon.
Mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga oilaviy qadriyatlar oilaning
ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunishi,oila sha`nini, uning obro`-
e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etishi,oilaviy muhitning
sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq ekanligi,o`z oilangiz tinchligi
va totuvligini ta`minlashga siz ham o`z hissamni qo`shyapman, deya
olishi,«Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy
maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko`rishi,«Halol» va «harom»
tushunchalari to`g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o’tkazishi, «Bir
bolaga yetti qo`shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab berishi,
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va
huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy
madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish,
orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini
shakllantirish.
Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
I.
Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
Qisqa savol-javoblar
1. Islohot so`zining ma`nosi nima?
2. Hozirgi kunda Prezidentimizning islohotlarini aytib bering?
3. O`zbekiston aholisining katta qismini kimlar tashkil etadi?
4. Sho`ro davrida “o`rta maktab”lardagi o`qish muddati qancha bo`lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |