9-sinflar uchun “Nuklein kislotalar” mavzusida bir soatlik


Download 128 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi128 Kb.
#1235866
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishbayeva Dilnoza Dars ishlanma nuklein kislotalar

Gormonal funksiya. Insulin, somatotropin, vazopresin kabi gormonlar oqsil tabiatiga ega.
Harakat funksiyasi. Muskul hujayralari tarkibiga kiruvchi aktin va miozin oqsillarining kompleksi – aktomiozin ATF energiyasi hisobiga muskulning qisqarishini ta’minlaydi.
Energetik funksiya. 1 g oqsil to‘liq oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,6 kj energiya ajraladi.
Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar polimerlar bo‘lib, ularning monomerlari
nukleotidlar hisoblanadi. Har bir mononukleotid 3 ta komponentdan tuzilgan: azotli asos, monosaxarid, fosfat kislota qoldig‘i. DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar dezoksiribonukleotidlar, RNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar ribonukleotidlar deb yuritiladi.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‘p fiziologik jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. ATF (adenozintrifosfat), ADF (adenozindifosfat), AMF (adenozinmonofosfat) shular jumlasidandir.
Adenozintrifosfat – ATF. ATF molekulasi adenin, riboza va uchta fosfat kislota qoldig‘idan tuzilgan. Fosfat kislota qoldiqlari orasida ikkita katta energiya saqlovchi bog‘lar mavjud.
ATF barcha tirik organizm hujayralari uchun universal energiya manbayidir. Oksidlanish, achish reaksiyalarida ajraladigan energiya ATFga to‘planadi. Hujayrada ATF sintezi ADFning fosforlanishi reaksiyalari orqali kechadi.
Hujayradagi barcha biosintetik reaksiyalar, organ va to‘qimalar faoliyati, membrana orqali moddalarning aktiv transporti, endositoz, ekzositoz jarayonlari ATF energiyasi hisobiga sodir bo‘ladi.
Polinukleotidlarning tuzilishi. Mononukleotidlar bir-biri bilan o‘zaro birikib polinukleotidlarni hosil qiladi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar o‘zaro fosfodiefir bog‘i yordamida bog‘lanadi. Fosfat kislota qoldig‘i oldingi nukleotid pentozasining 3´ uglerod atomi bilan, keyingisining 5´ uglerod atomi bilan bog‘lanadi. Polinukleotid zanjirning bir uchi 5´– oxiri deyilsa, ikkinchi uchi 3´ – oxiri deyiladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin-ketin izchil joylashishi uning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling