90-2 guruhi talabasi


Download 428.45 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi428.45 Kb.
#1360212
Bog'liq
Pul va Banklar №38


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-90-2 GURUHI TALABASI
­­­ UMARKULOV JAXONGIR NING
PUL VA BANKLAR” fanidan
38-variant


TOPSHIRIQ
prof: M.G.Kenjayev

Toshkent-2023
38-Variant

  1. Naqd pul aylanishini tashkil etish

  2. Plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.

  3. Banklar faoliyatini rivojlantrish.


1.
Naqd pulsiz pul aylanishi pulli munosabatlar ishtirokchilari- ning hududiy joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shahar- lararo pul aylanishiga bo‘linadi. Bir shahar ichidagi bir yoki turli banklar xizmatidan foydalanadigan korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan naqdsiz pul aylanishi bir shahar ichidagi naqd pul aylanishi deyiladi. Turli shaharlarda joylashgan banklarning xizmatidan foydalanuvehi korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuz?ga keladigan pul aylanishi shaharlararo naqdsiz pul aylanishi deyiladi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri — pul aylanishini to‘g‘ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Korxona va tashkilotlar o‘zlarining xo'jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‘ladi. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisobkitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‘urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo‘ladigan pulli munosabatlar vujudga keladi. Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va toiov usullariga ko‘ra, pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz aylanishiga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish, asosan, naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pul aylanishiga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to'lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash, sug‘urta tashkilotlariga badallar to‘lash, uy- joy va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko‘rinishida qaytarish bilan bog'liq to‘lovlarning to‘la- nishi kiradi.
Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 70—80 % ini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqdsiz pul hisob-ki- toblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiyjarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtayi nazaridan davlatning qiziqishi, mulk- chilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik shakllariga te- gishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosa- batlarning kengayib borishi asos bo'ladi.
Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasining to‘laqonli bajarilishi, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish sohasidagi barcha sarfxarajatlarni to‘la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki ko'rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining subyektlari uchun, ularning xo'jalik faoliyati uchun to‘liq tatbiq qilina ol- masligi mumkin. Ya’ni pul muomala vositasini bajarishi uchun, muomala vositasining dastagi bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim. Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chiqarilishi yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funksiyasi pulning qachon va qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pulning keyingi funksiyalarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o‘Ichovi va muomala vositalari uzviy davomi sifatida pulning to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari amalga oshiriladi.
2.

Bank plastik kartochkalar hozirgi kunda jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida keng qo'llanilib, aholining ishonchiga sazovor bo'lgan qulay, samarali va ishonchli to'lov vositasi hisoblanadi. Plastik kartalar asosida hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi nafaqat aholi, balki butun bir mamlakatning milliy iftixori bo'lgan milliy valyutaning qadrsizlanishining oldini oladi, mamlakat pul-kredit tizimi bir tekisda rivoj topishining ishonchli vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo'lib, ular orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shoxobchalarida foydalanish mumkin. Plastik kartochkalar asosan aholi o'rtasida qo'llanilib, naqd pulga bo'lgan talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag'larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud. Plastik kartochka xarid qilingan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz hisobkitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to'lov vositasidir. Plastik kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ular o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma'lum axborotlar to'plamini o'zida saqlashi mumkin. Plastik kartochkalardan foydalanganda, kartochka egasining xotirasida bank hisobvarag'ining joriy holati, barcha qilingan xaridlar va ko'rsatilgan xizmatlar amalga oshirilgan to'lovlar to'g'risidagi ko'pgina ma'lumotlarni ushlab turish zarurati bo'lmaydi. Plastik kartochkaga ega bo'lgan holda, maxsus uskuna yordamida pul mablag'larining holati va ularni harakatlanish; to'g'risidagi barcha ma'lumotlarga bir necha soniya ichida ega bo'lish mumkin. Plastik kartochkalarga "O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida" 2465-sonli Nizomda plastik kartochkalarga quyidagicha izoh berilgan: "Bank plastik kartochkalari bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to'lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o'z saqlovchisiga bank hisobva rag'idagi mablag'lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to'lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag'larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bark plastik kartasi. Bank plastik kartochkalaridan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobkitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan nad pul mablag'larini olishda foydalaniladi"". Haqiqatda plastik kartochka xarid qilingan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob kitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to'lov vositasidir. va yurida


Kartochkalar unga ma'lumot yozish, ya'ni kiritish usullariga ko'ra embossirlangan (ma'lumotlar kuchli bosim bilan yoziladi), grafikli yozish, shtrix kod bilan ifodalash, magnit lentaga yozish va chipli turlarga bo'lish mumkin.
Kartochkalarning o'zi qanday maqsadga foydalanishga ko'ra bir necha turga bo'linadi:
-Identifikatsiya kartalari. Ular kartochka egalarini identifikatsiyalash, ya'ni biror binoga kirishga yoki biror uskunada belgilangan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beradi. - Klub yoki diskont kartalari. Ushbu kartochkaga ega bo'lgan shaxslar uning emitentlari boʻlgan klub yoki savdo tarmog'ining xizmatidan foydalanishda, tovarlarni xarid qilishda ma'lum imtiyozlarga ega boladilar. -Bank kartalari. Bularga biz yuqorida ko'rib o'tgan to'lov vositalari bo'lgan, banklar tomonidan emissiya qilinadigan plastik kartochkalar kiradi. Biz ushbu magistrlik dissertatsiyasida aynan bank kartalar haqida so'z yuritamiz.
Bank plastik kartochkasi - bu personallashtirilgan to'lov vositasi bo'lib, u foydalanuvchiga tovar va xizmatlarga naqd pulsiz haq to'lash, bankomat va bank boʻlimlaridan naqd pul olish imkoniyatini beradi. Hisob-kitoblarni amalga oshirish imokniyatiga kora plastic kartalar debet va kredit kartalarga boʻlinadi: -Kredit kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar tovar va xizmatlarni kreditga olishda va kassa qarzini olishda kredit liniyasidan foyda lanishadi. Ya'ni tovar xarid qilayotganda mijozning hisob raqamidagi pul mablag'i yetmasa, bank unga ma'lum limit doirasida kredit beradi. Kredit ma'lum muddat mobaynida so'ndirilishi kerak. Kreditni mijoz karta hisobvarag'i ochish chog'ida qo'ygan sug'urta depozitidan yoki kartochka egasi naqd pul qo'ygan yoki pul o'tkazgan hisobvaraqdan pul o'tkazib so'ndirishi mumkin.
Debetli kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar bankomatlardan naqd pul olish va elektron terminaldan foydalangan holda hisob-kitob qilish orqali tovarlarga va xizmatlarga haq to'lashi mumkin. Bunda foydala nuvchining bankdagi hisobvarag'idan mablag'i hisobdan chiqariladi. Debet kartalar bo'yicha agar foydalanuvchining hisobvarag'ida mablag' mavjud bo'lmasa, bu plastik kartochkalar bo'yicha muomalalar amalga oshirilmaydi. Kredit kartochkalardan debet kartalarning afzalligi bir to'lov bo'yicha cheklanishlarning yo'qligi hisoblanadi. Foydalanish xarakteriga ko'ra kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga boʻlinadi. Ularning har biriga izoh beramiz: -Shaxsiy kartochka bu bankning alohida mijoziga beriladi. Bun day kartochkalar «standart» yoki «Oltin» bo'lishi mumkin. Bu kartoch kalar yuqori kreditga layoqatli mijozlarga beriladi. Bunda foydala nuvchilar ko'p imtiyozlarga ega boʻladi. - Oilaviy kartochka bu kartochkalar hisobvaraq bo'yicha javobgarlikni o'z zimmasiga olgan oilaning bir a'zosiga beriladi. - Korporativ kartochka - tashkilot va korxonalarga beriladi. Korpo rativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to'lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag'lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qat'iy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablag'lar bo'lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, magnit va smart kartochkalar farqlanadi. Magnitli kartochkaga uning egasi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar va tovar yoki xizmatga haq to'lash uchun zarur miqdordagi pulni hisobdan chiqarish uchun qaysi bankka murojaat qilish to'g'risidagi axborot yoziladi. Bunday kartochkada kartochka schyotidagi pul miqdori to'g'risidagi axborot bo'lmaydi. Smart-kartochkada mijoz, emitent-bank to'g'risidagi shifrlangan ma'lumot, pul o'tkazish va hisobdan chiqarishga oid shaxsiy kod, shuningdek o'tkazilgan pul mblag'lari to'g'risidagi axborot saqlanadi. Soxta mikroprotsessor kartochkasini amalda yasab bo'lmaydi. Chipda saqlanayotgan axborotdan har qanday ruxsatsiz foydalanish chipning blokirovka qilinishiga va buzilishiga olib keladi. So'nggi vaqtda to'lov vositasi sifatida aynan smart-kartalardan foydalanish anchagina ko'paygani kuzatilmoqda
3. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda tan olinishicha, mamlakatda pul-kredit siyosati mavjud salohiyat darajasida amalga oshirilmagan, pul-kredit mexanizmlari faoliyati va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlar yetarlicha rivojlanmagan.
Farmon bilan Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari belgilab olindi. Ular narxlar barqarorligi, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi, shuningdek to‘lov tizimlari barqarorligi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Hujjatga muvofiq Respublika bank kengashi, Pul-kredit siyosati bo‘yicha Respublika komissiyasi va Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni qisqartirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyati tugatildi. Bundan tashqari, Markaziy bank qoshidagi O‘zbekiston moliya sektorini rivojlantirish agentligi tugatildi.
MB Vazirlar Mahkamasi tomonidan boshqariladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqarildi (qonun bo‘yicha u Senatga hisob beradi). Farmon bilan MBning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi ham tasdiqlandi.
Markaziy bankka 2018−2019 yillarda bosqichma-bosqich kadrlar xizmatining zamonaviy tizimini joriy etish topshirildi. Ushbu tizim kadrlarni saralash, ratsional joylashtirish, sifatli kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda xodimlar mehnati samaradorligini oshirish va ularni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
Farmon orqali bankrot deb e’lon qilingan yoki kredit bo‘yicha qoplanmagan qarzdorlikka ega korxonalar mol-mulklarini banklar tomonidan sotilishi amaliyoti bekor qilindi. Bundan tashqari, banklarning investitsion kompaniyalar va jamg‘armalar, shuningdek bank faoliyatiga profillanmagan xo‘jalik sub’ektlarini boshqaruvchi kompaniyalar nizom jamg‘armasida ishtirok etishi taqiqlandi.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha subyektlar kabi, faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Foyda–tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa, zarari ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadlaridan xarajat hamda soliq va to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summani tashkil etadi. Tijorat banklari faoliyatlari davomida oladigan daromadlari va bo‘ladigan xarajatlari turlarini oldingi mavzularda kengroq yozganmiz, qolavera «Bank ishi» va boshqa o‘qitiladigan fanlardan mufassal o‘rganib olgansiz. Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan foizlar, maboda kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalaridan olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar kabilar foizli daromadlarga kiradi. Banklar olgan xizmat haqi, savdo va valyuta operatsiyalaridan olingan daromadlar – foizsiz daromadlar bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilganda – foydaning asosiy manbai bo‘lgan daromadlarning tarkibi va o‘zgarishini chuqur o‘rganish lozim. Tijorat banklari xarajatlari ham foizli xarajatlar va operatsion xarajatlarga guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlarga, olingan kreditlarga, qimmatbaho qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga –foizli xarajatlar deyiladi. Ti jorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlargaoperatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikga rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim ekan. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalterlik balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zarurat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin. Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: • faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash; • foydaning belgilangan rejaga mosligi va o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish; • foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish hamda ularning sabablarini aniqlash; • faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o‘rganish; • rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; • xarajatlarni va daromadlarni optimallashtirish orqali foydasni ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar. Ushbu vazifalar tahlili kelgusida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasining "Byujet kodeksi". T: "O'zbekiston" 2014.01.01
"J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari" https://fayllar.org/j-xataniyazov-e-d-alim-ardonoy-xalqaro-moliya-munosabatlari.html
Uniblariy.com
https://azkurs.org/reja-kirish-gaznachilik-fanining-mazmuni-predmeti-va-vazifalar.html
Burxonov U. Davlat xaridi. T.:«infoCOM.uz». 2010. 140 b.
https://moluch.ru/archive/116/32203/
https://fayllar.org/pdfview/kafedrasi-mahmudov-shohruh-bahodirovich.html
https://google.com
https://Wikipedia.uz

Download 428.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling