901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA ILHOMOVNA
miya jarohatlarida oliy po‘stloq funksiyasi rivojining buzilishi va natijada
keyinchalik aqli zaiflik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Insultlarning kechishi miya moddasining zararlanish joyi va hajmi bilan
bog‘liq. Uzunchoq miya va miya qorinchalari sohasidagi insultlar havflidir.
Ba’zi hollarda insultlarda rivojlanuvchi og‘ir shok holati sababli, bemor tez
halok bo‘ladi. Odatda, o‘tkir davr (shok holati) o‘tganda so‘ng kasallik klinik
ko‘rinishida bir qator buzilishlar aniqlanadi. Asoratlar vaqt o‘tishi bilan
miyaning kompensator mexanizmlari hisobiga bir muncha tuzatilishi mumkin.
Masalan, bir necha kundan keyin bemor falajlangan qo‘l-oyoqlarini
harakatlantira olishi mumkin, nutqning yaxshilanishi kuzatiladi (bemor
alohida so‘zlarni talaffuz eta oladi). Bu davr o‘rtacha ikki oy davom etishi
mumkin. Bu muddatdan keyin ko‘pincha falajlangan azolar tomonidan keskin
sog‘ayishlar kuzatilmaydi, turg‘un nuqson qolishi mumkin. Ayniqsa, keksa
odamlarda nutq nisbatan sekin tiklanadi.
Bolalik davrida markaziy nerv tizimining jarohatlanishi bola rivojining
turli davrlarida sodir bo‘lishi mumkin. Qadimdan boshlab bolalar markaziy
nerv tizimining barcha jarohatlari uch guruhga bo‘linadi: xomiladorlik
davridagi, tug‘ruq paytidagi va tug‘ruqdan keyingi jarohatlar.
1. Xomiladorlik davridagi jarohatlar markaziy nerv tizimi
rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo‘lib, onaning xomiladorlik
davrida lat yeyishlari, og‘ir ko‘tarishi kabilar bilan bog‘liq. Xomilaning
jarohatlanishi uning keyingi rivojiga ta’sir o‘tkazadi, ayniqsa, markaziy
nerv sistemasining zararlanishi bosh miya rivojlanishining orqada qolishi
bilan asoratlanadi. Ba’zi patologik simptomlar kechroq, bola hayotining
birinchi yillarida ko‘zga tashlanishi va harakat, nutq va ruhiy
Do'stlaringiz bilan baham: |