901- guruh talabasi SAFAROVA FERUZA ILHOMOVNA
3. Bolalarda tug‘ruqdan keyingi jarohatlar kattalardagi singari
ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
A) Yopiq jarohatlarda bosh suyagi butunligi buzilmaydi. Ularning
ikki turi tafovutlanadi: miyaning chayqalishi va miya lat yeyishi.
Miyaning chayqalishida miya moddasining tuzilishi buzilmaydi,
ko‘pincha bu hollarda likvor aylanishining buzilishi paydo bo‘luvchi
boshni yengil jarohatlari kuzatiladi.
Miya lat yeyishi doimo miya moddasi tuzilishining buzilishi bilan
davom etuvchi miya zararlanishining og‘ir shaklidir.
Miya lat yeyishida doimo miya chayqalishi kuzatiladi.
Shunday qilib, turli og‘irlik darajasiga ko‘ra yopiq jarohat natijasida
o‘choqli nuqsonlarni ketirib chiqaruvchi qon quyilishlar, likvor aylanishining
buzilishi, miya moddalari tuzilishining buzilishi kabilar kuzatiladi. Bularning
barchasi
neyrodinamikaning buzilishi bilan birga kechadi.
B) Boshning ochiq jarohatlari doimo bosh suyak butunligini buzilishi
bilan namoyon bo‘ladi.
Ichiga kiruvchi va kirmaydigan jarohatlar tafovutlanadi. Ichiga kiruvchi
jarohatlarda miya pardarlarining va miya moddasining zararlanishi kuzatiladi.
Ochiq jarohatlar ko‘pincha
infeksiya bilan zararlanib, abssess bilan birga
kechadi hamda meningo-ensefalit rivojlanishiga olib keladi.
Kasallik belgilari, og‘ir jarohat natijasida odam hushini yo‘qotadi, yuzi
oqaradi, qorachiqlar kengayadi va yorug‘ga ta’sirlanmaydi, nafas va yurak
urishi sekinlashadi, sovuq ter bosadi. Ko‘p hollarda qayd qilish, og‘ir hollarda
talvasa, burundan qon oqishi kuzatiladi. Keyinchalik
yengil jarohatlarda
bemor bir necha daqiqada, og‘ir darajali jarohatlarda ma’lum muddatdan
so‘ng o‘ziga keladi.
Ko‘p hollarda turg‘un va tarqoq dermografizm, ter ajralishining oshishi,
so‘lak
ajralishini kuchayishi, uyqu va ishtahaning buzilishi kabi vegetativ-
tomir buzilishlari kuzatiladi. Bazan nutqning duduqlanish va afaziya
shaklidagi buzilishlari aniqlanadi.
Markaziy nerv sistemasining travmatik jarohati
natijasida asosiy nerv
jarayonlari muvozanatini buzuvchi murakkab patofiziologik mexanizmlar
paydo bo‘ladi. Miyada qon aylanishining buzilishi,
orqa miya suyuqligi
sirkulyatsiyasining izdan chiqishi, miya shishi va boshqalar mazkur
mexanizmlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Keyinchalik po‘stloq va po‘stloq osti tuzilmalarning
zararlanmagan
hujayrali qismlari tormozlanish holatidan chiqadilar. Cheklovchi tormozlanish
jarohat natijasidagi zararlanish atrofida qonsentrasiyalanadi. Ong tiklanadi,
umumiy miya jarohat simptomlari asta-sekin yo‘qoladi va nihoyat turli