95 Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati


Download 140.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2023
Hajmi140.96 Kb.
#1080599
1   2   3   4   5
Bog'liq
95 Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati

Limfa tizimi. 
Limfa tizimi qon tomirlar sistemasiga qo`shimcha bo`lib, 
ularning kapilyariga so`rila olmaydigan moddalarning to`qima va 
hujayralaridan chiqarib turadigan qo`shimcha tomirlar tizimidir. 
Limfa kapilyariga malekla ogirligi va hajmi katta bo`lgan moddalar 
so`riladi. 
Limfa to`qimalari qonning shaklli elementi bo`lgan limfotsit 
ishlab chiqaradi.
Limfa tizimining quyidagi tarkibiy qismlari bo`ladi: limfa 
kapilyari, limfa kapillyar to`ri, limfa tomiri, limfa tuguni, asosiy limfa 
yo`li. Limfa kapilyari to`qimalardan qovuzloq shaklida berk 
kengayma holatidan; boshlanuvchi naychalar tizimidan iborat, qon 
tomir kapilyarlariga esa aksincha arteriyalar va venulalar bilan 


bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naychadir.
Qon tomir kapilyari singari limfa kapilyarining devori ham bir 
qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan, lekin limfa kapilyarining 
diametri kattaroq bo`ladi.
Ular quyidagi sohalarda uchraydi: bosh va orqa miyada, tog`ay 
moddalarida, terining epidermis qavatida, ichki a`zolarning epiteliy 
katlamida . Limfa kapilyari berk holatda boshlanib, bu limfa 
kapilyarining to`rini hosil qiladi. Undan limfa tomiri boshlanib bu 
tomirlar devori kalinlashadi va u sillik mushak tolalaridan tuzilgan 
bo`lib, uning ichida limfa suyuqligini bir tomondan oqishini 
ta`minlovchi klapanlar bo`ladi. Yirik limfa tomir vena qon tomiri 
bilan birga joylashib ularning nomi bilan ataladi.
Limfa tomirlari ma`lum joylarda limfa tugunlariga bo`linadi. 
Qo`lning limfa tomirlari asosiy limfa tomirlarida quyilguncha 5-8 
marotaba limfa tugunlariga bo`linadi, oyoqda esa 8-10 marotaba limfa 
tugunlariga bo`linib, so`ngra asosiy limfa yo`llariga quyiladi. Limfa 
tugunlarining miqdori tuban darajadagi sut emizuvchi hayvonlardan 
primatlarga qarab oshib boradi.Ular odamda ayniqsa ko`p bo`lib jag` 
osti tutqichida, chov sohasida, qo`ltiq osti, tirsak va tizza osti 
chuqurchasiga 
uchraydi. 
Limfa 
tugunlari 
zich 
biriktiruvchi 
to`qimalardan tuzilgan, kapsula bilan o`ralgan, bu kapsula limfa 
tugunlarining ichiga to`siqlar chiqaradi, to`siqlar orasida limfosit va 
magiz moddasi shaklida joylashadi, har bir limfa tugunchasiga bir 
necha limfa keltiruvchi tomir quyiladi. Bu limfa keltiruvchi tomir 
kapsulani teshib o`tadi, sinuslarga ochiladi. Limfa tugunlarida hosil 
bo`lgan limfotsit qushilib tugunlardan chiqib ketuvchi tomirlardan 
o`tadi. Olib chiqib ketuvchi limfa tomirlarini miqdori kamroq lekin 
diametri katta bo`ladi. Lima tugunlarining vazifasi: 
1. Limfotsit yetishadi 
2. Limfa suyuqligi tozalanadi. 
3. Antitela ishlab chiqaradi. 
4. To`qimalar ushlanib qolib mexanik filtr vazifasini o`taydi.

Download 140.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling