95 Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati


Download 140.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2023
Hajmi140.96 Kb.
#1080599
1   2   3   4   5
Bog'liq
95 Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyati

Embrionda qon aylanishi. 
Embrion; kislarodga ozuqa moddalariga boy bo`lgan qonni 
bachadon devoridagi plottsentadan oladi. Yo`ldoshdan kindik venasi 
boshlanib, kindik orqali o`tadi. Kindik venasidan arterial qon oqadi, u 
embrionni jigar qismiga 2 tarmoqqa ajraladi. Ularning biri darvoza 
venasiga, ikkinchisi pastki kovak venaga quyiladi, darvoza venasiga 
davom etgan tarmoq, jigar orqali o`tib, jigar venalari sifatida pastki 
kovak venasiga quyiladi. Natijasida kindik venasi orqali oqib 
kelayotgan arterial qon jigar orqali yoki to`gridan-to`gri pastki kovak 


venaga quyiladi. 
Pastki kovak venadagi aralash qon yurakning o`ng bo`linmasiga 
quyiladi, embrion yurakning o`ng bo`lmasi oval darcha orqali chap 
bo`lmacha bilan qo`shilgan bo`ladi. Shu sababli o`ng bo`lmachaga 
quyilgan aralash qon oval darcha orqali chap bo`lmachaga va qisman 
o`ng qorinchaga o`tadi. O`ng qorinchaga tushgan qon esa o`pka 
arteriyasiga davom etadi, chap bo`lmachaga o`tgan qon chap 
qorinchaga davom etadi. embrion o`pkasi ishlamaganligidan o`pka 
arteriyasidan yo`nalayotgan qon to`gri tushuvchi aortaga davom etadi. 
Embriondagi qon kindik arteriyasi orqali chiqadi, kindik arteriyasi juft 
bo`lib, ulardan aralash qon oqadi va bu arteriyalar embrioning ichki 
yonbosh arteriyasidan boshlanadi. Tug`ilgandan so`ng o`pka ishga 
tushib ichki a`zolar o`z vazifasini bajara boshlaydi, kindik bog`lanib 
nafas olish natijasida kichik qon aylanish doirasining ishga tushishi 
quyidagi o`zgarishlarga sabab bo`ladi. 
1. O`pka arteriyasi va aorta orasidagi arterial nay yopilib birinchi 
8-10 kun ichida boylam arteriyasiga aylanadi. 
2. O`ng bo`lmacha va chap bo`lmachalar orasidagi oval darcha 
bola tugilgandan so`ng bekiladi. 
3. Kindik venasi jigarning yumaloq boylamiga aylanadi. 
4. Kindik arteriyasining boshlanish qismi yopilmasdan siydik 
qopchasining yuqori arteriyasiga uning davomi esa siydik qopchasini 
kindik sohasi bilan birlashtiruvchi boylamiga aylanadi. 
5. Kindik venasi bilan pastki kovak vena orasidagi nayi venoz 
boylamiga aylanadi. 

Download 140.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling