9–Ma’ruza Mavzu: Gidrostatik va vibratsion zichlik o‘lchagichlar. Reja


-rasm. Tenzometrik zichlik o‘lchagich sxemasi 4.8-rasm


Download 188.46 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi188.46 Kb.
#1393974
1   2   3   4
Bog'liq
9 ma

4.7-rasm. Tenzometrik zichlik o‘lchagich sxemasi

4.8-rasm. Ximotronli zichlik o‘lchagich sxemasi

Nazorat qilinayotgan mahsulot zichligi ozgina o‘zgarishi bilan elastik element 8 ning markaziga elimlab yopishtirilgan tenzodatchik 7 ning qarshiligi o‘zgaradi. Zichlik o‘lchagichi sifatida elektron avtomatik ko‘prik 9 ko‘llanilgan bo‘lib, uning elkalarining biriga tenzodatchik 7 ulangan. Ko‘prik shkalasi zichlik birliklarida darajalangan. O‘lchashning pastki chegaralari ko‘prik shkalasini darajalashda idishlar 1 va 4 ni zichligi tekshirilayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldirishda aniqlanadi.


4.8-rasmda ximotron zichlik o‘lchagichiing sxemasi keltirilgan. Zichligi o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik idish 1 ga kirish shtutseri 2 orqali uzluksiz kiribturadi va undan to‘kish shtutseri 3 orqali chiqib ketadi. Idish 1 ning ichida eta­lon suyuqlik solingan idish 4 joylashtirilgan. Etalon suyuqlik idish 4 ga tuynuk 5 orqali beriladi va undan to‘qish trubasi 6 orqali chiqib ketadi. Etalon suyuqlikning zichligi nazorat qilinayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng qilib olinadi. Asbobning konstruksiyasi sathning o‘zgarmasligini va ballast bosimning kompensatsiyalanishini ta’minlaydi. Nazorat qilinayotgan suyuqlik kirayotgan oqimining mavjlanish ehtimolining oldini olish uchun to‘siq 7 ko‘zda tutilgan.
Plastmassa korpusli ximotron datchik 8 elektrolit bilan to‘ldirilgan. Elektrolit kaliy yodidning bir oz yod qo‘shib tayyorlangan suvdagi eritmasidir. Datchikning elastik membranasi 9 bosim ozgina o‘zgarganida ham egiladi. Datchik korpusining ichida ikkita to‘rsimon platina elektrod bor, ulardan biri ko‘shimcha katod 10 bo‘lib xizmat qiladi va tok manbai 11 ning minusi bilan birlashtirilgan, ikkinchisi anod 12 bo‘lib xizmat qiladi va ta’minlash manbaining plyusiga ulangan. To‘siqdagi parron teshikda o‘rnatilgan uchinchi elektrod anod hamda katod kameralarini ajratib turadi va asosiy ka­tod 13 hisoblanadi.
Ximotron datchikning membranasi 9 shtok 14 yordamida idish 4 ning elastik elementi 15 bilan biriktirilgan. Zichlikning ozgina o‘zgarishi elastik element 15, binobarin, ximotron dat­chikning membranasi 9 ning egilishini vujudga keltiradi.
Datchik membranasining siljishi natijasida elektrolit anod kamerasidan katod kamerasiga oqib o‘tadi, bu esa mikro­ampermetr zanjirida tokning ancha ko‘payishiga olib keladi, uning shkalasi bevosita zichlik birliklarida darajalangan bo‘ladi.

Download 188.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling