9–Ma’ruza Mavzu: Gidrostatik va vibratsion zichlik o‘lchagichlar. Reja


Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar


Download 188.46 Kb.
bet4/4
Sana24.04.2023
Hajmi188.46 Kb.
#1393974
1   2   3   4
Bog'liq
9 ma

Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar. Radioizotopli zichlik o‘lchagichlarning ishlash prinsipi radioaktiv manba γ-nurlarining suyuqlikdan o‘tishida yutilishiga asoslangan. Bular suspenziya, pulpa, agressiv va katta bosimli suyuqliklarning zichligini o‘lchashda ishlatilishi mumkin. O‘lchash asboblari o‘lchanayotgan muhit bi­lan kontaktsiz bog‘langan. Bu esa bunday asboblarning afzalligiga kiradi.







4.9-rasm. Radioizotopli zichlik o‘lchagichning sxemasi

4.10-rasm. PJR-2 tipidagi radioizotopli kompensatsion zichlik o‘lchagich sxemasi

Radioizotopli zichlik o‘lchagich sostaviga (4.9-rasm) γ-nurlanishlar manbai 1 va priyomnigi 2 ki­radi, uning chiqish signali avtomatik potensiometr 3 ga beriladi. Priyomnik 2 qabul qiladigan nurlanish intensivligi truboprovoddan oqib o‘tadigan suyuqlikning zichligiga bog‘liq bo‘ladi: zichlik qancha katta bo‘lsa γ-nurlarning yutilishi shuncha kuchli va priyomnik 2 ning kirishida signal shuncha kucheiz bo‘ladi. Bu signalning kattaligiga truba devorlarining kalinligi, suyuqlik tarkibi va manba nurlanishini kamaytiradigan boshqa faktorlar ta’sir qiladi. Bu faktorlarning ta’siri stabil bo‘lganligi sababli asbobni darajalashda olingan tuzatmani ko‘rsatishlarga kiritish yo‘li bilan hisobga olinadi.


4.10-rasmda PJR-2 tipidagi suyuqlik zichligini o‘lchash radioizotopli asbobning blok-sxemasi keltirilgan. Suyuqlik o‘tadigan truboprovod 2 da radioaktiv nurlanish manbai 1 va nurlanish priyomnigi 3 o‘rnatilgan. Nurlatkich sifatida radio­aktiv izotoplar (So60, Cs137) ishlatilgan.
Gamma nurlar truboprovod devorlari va nazorat qilinayotgan suyuqlik qatlamidan o‘tib, nurlanish priyomnigiga keladi.
O‘lchanayotgan zichlikning funksiyasi bo‘lgan priyomnikning elektr signali blok 4 da shakllanadi va elektron o‘zgartkich 5 kirishiga uzatiladi. Manba 6 dan chiqqan nurlar kompensatsion pona 7 dan o‘tib, priyomnik 8 ga keladi va blok 9 la ishlangan elektr signali hamda yuqorida aytilgan elektron o‘zgartkich 5 ga keladi. Manba 6 priyomnik 8 va blok 9, manba 1 priyomnik 3 va blok 4 ga o‘xshash. Signallar farqi elektron o‘zgartkich orqali kuchaytiriladi va reversiv dvigatel 10 ga uzatiladi. Reversiv dvigatel kompensatsion pona 7 va ikkilamchi asbob 12 ning differensial-transformatorli datchigidagi plunjer 11 bilan bog‘liq.
Signalning kattaligi va ishorasiga qarab reversiv dviga­tel ponani signallar farqi nolga tenglashguncha siljitadi. Ko‘rsatuvchi asbob bilan bog‘langan pona siljishining qiymati suyuqlik zichligining o‘zgarishiga proporsional.
PJR-2 zichlik o‘lchagichining o‘lchash diapozoni 600 ... 2000 kg/m3 asbobning o‘lchash xatoligi ± 2%.
Sanoat radioizotopli zichlik o‘lchagichlardan PJR-2, PJR-2N, PJR-5, PR-1024 va boshqa markalarini ishlab chiqaradi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi. 2011.

  2. Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i priborы. –M.: Vыsshaya shkola. 1989.

  3. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –Toshkent: O‘qituvchi. 1997.

  4. YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat o‘lchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb–hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod–moliya, 2010.

Download 188.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling