#9sinf # 30 mart # Geometriya
#9sinf#27 aprel#Geometriya
Download 20.42 Kb.
|
9-sinf geom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9sinf 30 aprel Geometriya
- 9sinf 4 mayGeometriya
- 9sinf 7 mayGeometriya
- 9sinf 11 mayGeometriya
- 9sinf 14 mayGeometriya
#9sinf#27 aprel#Geometriya
Mavzu: Aylanadagi proporsional kesmalar. O’qituvchi: Mohizabon Turg’unova. Dars aylanadagi proporsional kesmalarga oid teoremalarni isbotlash bilan boshlandi. Proporsional kesmalarga doir 2 ta teorema keltirildi va isbotlandi. Ular: AO*OB=CO*OD, PA2=PB*PC tengliklar o’rinligi haqida. Mustahkamlash uchun bir qator masalalar ishlab ko’rsatildi. Uyga vazifa: 52.1-masala, 52.2-masalaning b va c topshiriqlarini bajarish.
Mavzu: Amaliy-tatbiqiy masalalarni yechish O’qituvchi: Mohizabon Turg’unova. Dars uyga vazifani tekshirish bilan boshlandi. Oldingi darsdagi aylana kesuvchilari va vatarlarning xossalarini, ya’ni AO*OB=CO*OD, PA2=PB*PC tengliklarning xususiy xollari bilan tanishtirildi. Mavzuga oid faollashtiruvchi masalalar ishlab ko’rsatildi. Uyga vazifa: 53.1, 53.2-masalalar va 53.4-masalaning b topshirig’ini bajarish.
Mavzu: Amaliy-tatbiqiy masalalarni yechish (davomi). O’qituvchi: Mohizabon Turg’unova. Dars uyga vazifani tekshirish bilan boshlandi. AO*OB=CO*OD, PA2=PB*PC tengliklarning xususiy xollariga oid bir qator masalalar ishlab ko’rsatildi. Mavzu tushunarli bayon etildi. Uyga vazifa: 5 va 11-masala. 142-143 bet.
Mavzu: Amaliy-tatbiqiy masalalarni yechish (davomi). O’qituvchi: Mohizabon Turg’unova. Dars uyga vazifani tekshirish bilan boshlandi. Darslikning 142-betidag test topshiriqlari atroflicha ko’rib chiqildi. To’g’ri burchakli uchburchakdagi proporsional kesmalarga oid bir qator masalalar ishlab ko’rsatildi. Mavzu tushunarli bayon etildi. Uyga vazifa: 15-masala. 143 bet.
Mavzu: Aylana uzunligi. O'qituvchi: Mashkura Fayzullayeva Dars qalamdon og’zining uzunligi va diametrini o’lchab, π sonini qiymatini topishni tushuntirish bilan boshlandi. Aylanaga ta'rif berildi. Radiusi, diametri va aylana markazi haqida tushuncha berildi. π=3.14....ni qiymati keltirib chiqarish ko'rsatib o'tildi. Aylana uzunligi formulasi: Aylanaga ichki chizilgan n burchak haqidagi teorema va uning isboti keltirildi. Aylanaga ichki chizilgan uchburchakka doir masala ishlandi. Uyga vazifa: 1) Diqqat savol:Agar aylana radiusi 3 marta oshsa, uning uzunligi qanday oʻzgaradi? 3 sm ga oshsa-chi? 2) 42-darsdagi avtomabil balloni haqidagi masala
Mavzu: Aylana yoyi uzunligi. Burchakning radian o’lchovi. O'qituvchi: Mashkura Fayzullayeva Dars uyga vazifani tekshirish bilan boshlandi. O’tilgan mavzu faollashtiruvchi mashqni yechish bilan mustahkamlandi. Aylana yoyi uzunligi, burchakning radian o’lchovi misollar orqali tushuntirildi. Bir qancha misollar ishlandi. Dars tushunarli bayon etildi. Uyga vazifa: 43-dars. 43.4-43.5 masalalar (119-bet). Download 20.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling