A 36 ta testlar


вторник, 21 января 2014 г


Download 46.62 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi46.62 Kb.
#242650
1   2   3   4
Bog'liq
a 36 ta testlar

вторник, 21 января 2014 г.

Testlar.uz sayti ishga tushdi!

Assalomu alaykum, saytimiz foydalanuvchilari! 

Internet imkoniyati cheksiz, undan ta’lim sohasida foydalanish esa barcha ilm izlovchilar uchun koni foydadir. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov o’z nutqlarida ta’limda internetdan foydalanish hozirgi zamon talabi ekanligini ta’kidlab o’tgan edilar. Yurtimizda hozirgi kunda ta’lim sohasiga oid saytlar kundan kunga ko’payib bormoqda, bu esa juda quvonarli hodisadir.



Testlar.uz saytida asosan abituriyentlar uchun turli fanlardan testlar jamlangan. Testlarning manbalari va mualliflari har bir mavzuda ko’rsatib boriladi. Testlar orasidan sizga kerakli mavzular bo’lmasa, aslo hafsalangiz pir bo’lmasin, saytimiz har kuni yangilanib boradi. Siz kutgan testlar va mavzular tez orada saytga yuklanadi.

Har hafta Yakshanba kuni Virtual imtihon topshirish bo’limida fanlardan 36 ta testlarni kiritib boramiz va u yerda siz o’z bilimingizni sinab borishingiz mumkin.

Rejasiz ish bo’lmaydi, shuning uchun testlar.uz saytini to’ldirishda quyidagi rejani oldimizga qo’yganmiz:


  •          Yanvar oyida Tarix, Ingliz tili, Matematika fanlaridan hamma mavzularda testlarni kiritish;

  •          Fevral oyida O’zbek tili va adabiyoti, Fizika fanlaridan hamma mavzularda testlarni kiritish;

  •          Mart oyida Kimyo va Biologiya fanlaridan hamma mavzularda testlarni kiritish

  •          Aprel oyida qolgan boshqa fanlar: Geografiya, Nemis tili, Fransuz tili fanlaridan hamma mavzulardan testlarni kiritish;

  •          Zamon talabidan kelib chiqqan holda yil davomida saytga Informatika va AT bo’yicha ham testlar kiritib borish;

Testlarni ishlashda ularning qiyinlik darajasiga ham e’tibor bering. Avval ishlagan testlaringizda faqat “oson”, “o’rtacha” testlar mavjud bo’lgan bo’lsa, keyinchalik “qiyin” va “juda qiyin” testlar shu mavzularga joylanadi.

Saytda shuningdek reja asosida har xil ta’limiga oid dasturlar, ta’limda axborot texnologiyalarnining qo’llanishiga oid maqolalarni ham berib borish niyatimiz bor. Bu sohadagi tajribamiz sizga juda asqotadi deb o’ylaymiz.

Abituruyentlarning turli ijtimoiy tarmoqdagi fanlarga bag’ishlangan guruhlardagi faolligini ko’rib, bu saytning ular uchun juda foydali bo’lishiga ishonamiz. Testlar.uz saytiga o'tish


Автор: Hamdam Atajanov на 6:58

Отправить по электронной почтеНаписать об этом в блогеОпубликовать в TwitterОпубликовать в FacebookПоделиться в Pinterest

Ярлыки: abituriyentlar uchun testlar, DTM test natijalari, english tests, imtihonga tayyorgarlik, ingliz tili testlari, tarix fanidan testlar, tekin dasturlar, test bazasi, test natijalari, testlar




Download 46.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling