A 36 ta testlar


Download 46.62 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi46.62 Kb.
#242650
1   2   3   4
Bog'liq
a 36 ta testlar

четверг, 6 июня 2013 г.

DTM uslubida tarixdan 36ta test (02.06.2013)


1. Xitoyda «sariq ro’molilar qo’zg’oloni» qachon ro’y bergan?

A) mil.avv. 206-yil B) mil.avv.220-yil C) milodiy II asrda

D) milodiy I asrda
2. Xitoyda qachondan bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tilgan?

A) ikki yarim ming yil muqaddam

B) uch ming yil muqaddam

C) ming yil muqaddam

D) ikki ming yil muqaddam
3.  Mil.avv. VII-VI asrlarda baqtriyaliklar yashagan yurt qaysi manbada Baqtrish deb nomlangan?

A) «Avesto»da

B) yunon-rim mualliflarining asarlarida

C) Behistun yozuvlarida

D) so’g’d bitiklarida
4.  O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri Qadimgi Baqtriya qachon tashkil topgan?

A) mil.avv.VIII asrda

B) mil.avv. VII asrda

C) mil.avv. VI asrda

D) mil.avv. 2-mingyillikda
5. Yevropada cherkov yig`inlari qachondan chaqirila boshlagan?

A) VI asrda   B) III asrda      C) IV asrda              D) VII asrda


6.Katolik cherkovi tomonidan tashkil etilgan Salib yurishlari Yaqin Sharqqa nechanchi yillarda bo`lib o`tgan?

A) 1227-1241 yillarda           

B) 1096-1270 yillarda               

C) 1207-1270 yillarda             

D) 1095-1241 yillarda
7. Beshinchi salib yurishi nechanchi yillarda bo`lgan?

A) 1202-1204 yillarda              

B) 1189-1192 yillarda               

C) 1217-1221 yillarda               

D) 1096-1099 yillarda
8. Saljuqiylar davlatidan dastlab qaysi hududlar ajralib chiqqan edi?

A) Eron va Xorazm

B) Kichik Osiyo va Kermon

C) Fors va  Ozarbayjon

D) Xuroson va Kermon
9. Al-Farg'oniy ilm-fanning qaysi sohalari bilan shug'ullangan edi?

1. matematika 2. geometriya 3. tarix 4. astronomiya 5. geografiya 6. huquqshunoslik

A) 1, 4, 5,  B) 1, 3, 5, C) 2,3,4 D) 1,3,4
10. 832-833 yillarda Al-Farg'oniy Suriyaning shimolidagi Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig'ida qanday ilmiy ishni amalga oshirgan edi?

A) yer meridianining bir darajasini aniqlashda

B) suv o'lchagichlarning iqlimga moslashishini aniqlashda

C) yulduzlarning joylashuv nuqtalarini aniqlashda

D) daryo oqimini belgilashni aniqlashda
11. Humoyun taxtga chiqqan paytlarida uning asosiy dushmani Sherxon Sur qaerlarda hukmronlik qilar edi?

A) Madras va Ahmadobodda 

B) Qandohorda

C) Bixar va Bengaliyada

D) Qobulda
12. 1679 yil hindlardan qaytadan “jizya” solig’ini to’lashga majbur qilgan hukmdorni aniqlang.

A) Jahongirshon  B) Farruh Siyar  C) Avrangzeb

D) Shoh Jahon
13. Huquqi cheklanmagan, zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat qanday nomlanadi?

A) oligarxik  B) despotik  C) korrupsiya D) demokratik


14. Manjur hukmdorlari tomonidan Korea vassal davlatga aylantirilgan sanani aniqlang.

A) 1662 yil B) 1637 yil  C) 1656 yil  D)1648 yil


15. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm qaysi davlat tasarrufida edi?

A)Husayn Boyqaro boshliq Xuroson  

B) Qo’ng’irotlar qabilasi boshlig’i Chin So’fi

C) Husayn Bayqaro boshliq Movarounnahr  

D) Bobur boshliq Andijon
16. Xorazmda safaviylar hukmronligiga qarshi kim yetakchiligida qarshi harakat boshlandi?

A)Vazir qozisi Umar qozi  

B) Dashti Qipchoqlik Elbarsxon  

C) Qo’ng’irotlik Chin So’fi

D) Dashti Qipchoqlik Berka Sulton
17. Xiva xonligida shayboniylar qaysi yillari hukmronlik qilgan?

A)1770-1920 yillar    B)1511-1770-yillar C) 1501-1601-yillar  

D)1601-1756-yillar
18. Elbarsxonning 1516-yilgacha hukmronligi davrida Xiva xonligiga qaysi hududlar qo’shib olindi?

1)Shimoliy Xuroson  2)Bolxon tog’lari   3)Saraxs  4)Orol  5) O’zboy  6)Dehiston 7) O’zboy 10)Mang’ishloq   11) Shimoliy Xuroson

A)1, 3, 4, 10   

B) 1, 2, 5, 6, 7, 11  

C) 1, 2, 3, 4, 5  

D) 3, 4, 5, 6


19. 19-asr охiri 20-asr bоshlarida Rоssiyada pоdshо hоkimiyatining asоsiy tayanchi … edi.

A) pоmеshchiklar va pravоslav chеrkоvi

B) pоmеshchiklar va katоlik chеrkоvi

C) pоmеshchiklar va Davlat Dumasi

D) pоmеshchiklar va bоyarlar Dumasi
20. 19-asr охiri – 20-asr bоshlarida Rоssiyada tashkil tоpgan banklar хatо bеrilgan javоbni tоping.

A) «Azоv-Dоn» banki        

B) «Rus - Оsiyo» banki                       

C) «Pеtеrburg хalqarо banki»

D) «Mоskva savdо banki»
21. Rоssiyaning mustamlakachilik siyosatining o`ziga хоs jihati bu…

A) Bоsib оlingan hududlarning bеvоsita impеriya tarkibiga qo`shib оlinishida edi

B) Bоsib оingan hududlardan faqat sоliq undirib оlish bilan chеklanganligida edi

C) Faqat Tinch оkеani hududida hukmrоnlik qilishga intilayotganligida edi

D) Bоsib оlingan hududlarning ichki ishlariga aralashmaganligida edi
22. Tarixan qoraqalpoqlarning yashagan hududlari ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.

A) Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi

B) Volgabo’yi-Ural-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi

C) Orol atrofi-Volgabo’yi-Ural-Sirdaryoning quyi oqimi

D) Sirdaryoning quyi oqimi-Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi
23. Qoraqalpoqlar qaysi sohada qo’li gul usta bo’lishgan?

A) yog’och va suyakka ishlov berish   

B) kashtachilik va suyakka ishlov berish

C) yog’och va ipak matolar to’qish    

D) me’morchilik va ganchkorlik
24. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping.

A) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi   

B) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi

C) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan   

D) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi
25. Lotin Amerikasining asriy qoloqligining tub sababi nima edi?

A) konservatorlik  B) an'anaviy jamiyat C) Latifundiyachilik

D) siyosiy beqarorlik
26. Ikkinchi Jahon Urushi yillarida va undan keyin qaysi davlatda milliy-islohotchilik harakati - peronizm amalga oshirilgan edi?

A) Argentinada  B) Braziliyada C) Meksikada

D) Kubada
27. Lotin Amerikasida XX asrning 90-yillarida qaysi davlatladan boshqa hammasida demokratik rejimlar qaror topgan edi?

A) Braziliya va Argentina

B) Kuba va Gaiti

C) Ekvador va Chili

D) Paragvay va Salvador
28. 1945-yil yozida Britaniyada bo'lib o'tgan saylovlarda g'olib chiqqan Leyboristlar kim boshchiligidagi hukumat tuzdilar?

A) A. Iden  B) M. Tetcher C) K. Ettli D) G. Vilson


29. 1949-yilda Britaniyada qabul qilingan qonun...

A) Lordlar palatasi huquqlarini chekladi

B) Hukumat huquqlarini chekladi

C) Quyi palata huquqlarini chekladi

D) Qirol huquqlarini chekladi
30. Quyidagi tamoyillardan qay biri "tetcherizm" tamoyillaridan biri emas?

A) ijtimoiy tadbirlarga ko'p mablag' ajratish

B) davlatning iqtisodga aralashuvi kam darajada bo'lishi lozim

C) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlik

D) kamomadsiz budjetga erishish
31. O`zbеkistоn SSRda yеr-suv islоhоtlarini mahalliy ahоlining manfaatlariga zid dеb оshkоra e’tirоz bildirgan davlat arbоbini aniqlang.

A) I.Хidiraliyеv                  B) Y.Охunbоbоyеv        

C) A.Ikrоmоv                        D) F.Хo`jayеv
32. … O`zbеkistоn SSR Markaziy Ijrоiya qo`mitasining Favqulоdda sеssiyasi «Yеr va suvni milliylashtirish to`g`risida» dеkrеtni qabul qildi.

A) 1925-yil sentabrda     B) 1925-yil oktabrda       

C) 1925-yil nоyabrda  D) 1925-yil dеkabrda
33. 1992-yil MDH davlatlari rahbarlarining qaysi yig'ilishida kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarining maqomi haqida bitim imzolangan edi?

A) Kiyevdagi  B) Moskvadagi C) Minskdagi D) Toshkentdagi


34. MDH doirasidagi Davlatlararo iqtisodiy qo'mitasi (DIQ) qaysi shaharda o'tkazilgan kengashda tuzilgan edi?

A) Moskvadagi   B) Toshkentdagi C) Minskdagi

D) Ashgabatdagi
35. O'zbekistondagi Pokiston firma va korxonalari to'g'ri ko'rsatilgan javoblarni aniqlang.

1. ABB Lummans Global 2. Tabani 3. Lonro 4. Merkuriy 5. Metro 6. Laksan Taraka 7. Tomen

A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 7
36. "O'zbekiston - Xitoy do'stlik jamiyati" qachon tuzilgan?

A) 1998-yilda B) 1997-yilda C) 1999-yilda D) 2000-yilda

Автор: Hamdam Atajanov на 9:30

Отправить по электронной почтеНаписать об этом в блогеОпубликовать в TwitterОпубликовать в FacebookПоделиться в Pinterest


Download 46.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling